Rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizomiy nomidаgi toshkent dаvlаt pedаgogikа universiteti



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/170
Sana19.02.2022
Hajmi2 Mb.
#457700
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   170
Bog'liq
jahon tarixi

2. Krit madaniyati. 
Krit yoki Minoy madaniyati uch davrga: Ilk Minoy (er. 
avv. 3000-2300/2100-yillar), O`rta Minoy (2300/2100-1600-yillar) va So`nggi 
Minoy (1600-1200-yillar)ga bo`linadi.
 
Kritning ilk gullab-yashnash davri va uning Egey dunyosidagi yetakchiligi 
er. avv. III-II ming yilliklarga to`g`ri keladi. Dastlab orolning janubiy-sharqiy 
qismi rivojlangan.
O`rta Minoy davrida Kritda “birinchi saroylar” davri bo`ldi. Knoss, Fest va
Malliya kabi shahar markazlari rivojlandi. Krit me’morchiligining Kiklad va
49
Worlds Together,Worlds Apart.W.W. Norton.& COMPANY.New York. London. 2011, р.76.


121
Ellada sivilizatsiyalaridan ajratib turadigan xususiyati, bu saroylarning ulug`vor 
qurilgani va saroylardagi nafis freska tasvirlarining yuksak san’at darajasida 
bo`lganidir. Freska tasviriy san’atining gullab-yashnashi “ikkinchi saroylar 
davriga” (er. avv. XVII asr) va So`nggi Minoy davriga to`g`ri keladi. O`rta 
Minoy davri Kritda taxminlarga ko`ra, yer qimirlashi natijasida halokat bilan 
tugallandi. Er. avv. XVII asrda Knoss, Fest, Malliya saroylari xarobaga aylandi.
Ellik yildan so`ng, Krit yana qayta tiklandi va bu yuksalish er. avv. 
1400yillargacha davom etdi. Bu davrda Krit dengizda cheksiz hukmronlik qildi. 
Krit Bolqon yarim oroli, Misr, Iberiyaga oliy nav vino, zaytun moyini eksport 
qildi. Misrdan rangli shisha, fayans; Kipr orolidan mis; Suriyadan otash; 
Liviyadan qimmatbaho metallar va fil suyagi olib kelindi.
Kritning Egey dengizidagi yangi yetakchiligi er. avv. 1700-yildan boshlanib, 
Knoss va Festda yangi saroylar qurilib, uning devorlari ajoyib freskalar bilan 
bezatilgan. Ingliz arxeologi Artur Evans Knoss saroyini 40 yil davomida tekshirdi 
va ajoyib san`at namunalarini topdi. Bir necha qavatli saroy Kritdagi ulug`vor 
inshoot edi. U bir necha marta qayta qurilgan bo`lib, podsho oilasi istiqomatgohi, 
rasmiy qarorgoh va xo`jalik inshootlaridan iborat edi. Saroyda ko`plab xona va 
zal devorlari did bilan bezatilgan. Devoriy tasvirlarda hashamatli kiyingan ayollar 
va erkaklar, saroy hayoti manzarasi, o`simlik va hayvonlarning hayotiy 
ko`rinishlari yuqori darajadagi badiiy usulda tasvirlangan. Krit Minoy tsvilizatsisi 
bilan Yunoniston materik qismi o‘rtasidagi aloqlar bo‘lganligini u yerdan topilgan 
moddiy arxeologik manbalar, jang aravlarini topilishi tasdiqlaydi.
Krit kulolchiligida badiiy san’atning nihoyatda yuksak darajasida 
shakllangani ko`rinadi. Sopol idishlarda tabiatning boy manzaralari mohirona 
tasvirlanadi. Bunday tasvirlar ko`za (amforalar), zaytun yog`i va vino 
saqlanadigan, bo`yi 2 m gacha bo`lgan xum (pifos)larning sirtiga chizilgan.
Krit madaniyatining yuqori darajada rivojlanganligining yana bir dalili, 
Knoss saroyidagi bizgacha yetib kelgan raqqosa tasvirining bir qismidir. 
Raqqosaning go`zal qaddi-qomatini nafis noziklikda tasvirlanganligidan hayratda 
qolgan arxeologlar uni shartli “parijlik ayol” deb nomladilar. Bu raqqosaning 
sochi o`ziga xos did bilan ma`lum bir uslubda turmaklangan. Knoss saroylaridan 
topilgan kohinalarning fayans haykalchalarida uzun yubka, yarim yalang`och 
ko`krak, nozik yelkalarga tushib turgan sochlar tasviri saroyda hukm surgan nozik 
did, go`zallik dunyosidan dalolat beradi.
Devoriy tasvir-freskalar va Krit xudolar panteonida ayol ma’budalarining 
oldingi o`ringa turgani, Krit jamiyati hayotida ayollarning mavqeini yuqori 
darajada bo`lganidan dalolat beradi. Bundan tashqari, gemma va uzuklarda 
qalqon tutgan ayol, kabutar bilan ma’buda, tog` cho`qqisidagi ma’buda va ikki 
sher o`rtasidagi ma’buda tasvirlari buning yaqqol misoli bo`ladi.
Freskalarda Krit orolining saroy va diniy hayoti tasvirlari: yosh 
yigitqizlarning yurishi, gullar orasidan yurib kelayotgan hokimning tasviri, 
qo`shiq aytib raqs tushayotgan raqqosalar, qo`lida marosim ko`zalarini ko`tarib 


122
ketayotgan o`smirlar, Kritda diniy ramz sanalgan ikki yoqlama bolta-labris 
ushlagan kohina kabi tasvirlar aks ettirilgan.
Taxminlarga ko`ra, O`rta Minoy davrida orolning shimoliy qismida (poytaxti 
Knoss) mustaqil sulola, boshqasi janubda (poytaxti Fest) hukmronlik qilgan. 
Hokim oliy kohin vazifasini ham bajargan. So`nggi Minoy davrida Kritdagi butun 
hokimiyat Knoss hokimlari qo`liga o`tadi. Siyosiy hokimiyat tuzilishi bilan Sharq 
despotiyasiga o`xshash bo`lgani ehtimoldan xoli emas. Podsho yerning oliy egasi 
bo`lib, ishlab chiqariladigan moddiy ne`matlarning katta qismini tasarruf qilgan. 
U mamlakatni o`z a`yonlari, yaqinlari yordamida boshqargan. Joylarda podsho 
noiblari boshqaruv ishlarini amalga oshirgan. Krit podsholari oliy dunyoviy 
hokimiyatdan tashqari, diniy hokimiyatga ham ega bo`lganlar. Fukididning 
ma`lumotlariga ko`ra, podsho Minos har 9 yilda Zevs tasviri turgan muqaddas 
g`orga borib, uning oldida o`z podsholik boshqaruvi to`g`risida hisobot bergan va 
o`z hukmronligining navbatdagi muddati uchun yorliq olgan.
Knoss saroyi xarobalari qazib ochilganda, podsho taxti qoldiqlari bilan taxt 
turgan inshoot topilgan. Katta zalning ikki tomonida ehtimol davlat ishlarini 
muhokama qilishga to`planadigan podsho kengashi a`zolari o`tiradigan uzun 
o`rindiqlar qo`yilgan. Devoriy tasvirlarda Krit podshosi odatdagi odamlardan 
ko`ra, bo`yi bir necha marta baland qilib tasvirlangan.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish