107
tapir,
bambuk kalamushlari yashagan, bambuk daraxti o‘sgan. Vodiyning
yumshoq tuprog’i dеxqonchilik uchun qulay shart-sharoit yaratadi. Er. av.
IV-III
ming yilliklarda
Xuanxе havzasida Yanshao madaniyatini bu yerda yashagan poliosiyo aholisini
siqib chiqargan protosinotibеtliklar yaratadilar. Er. av. I ming yillikda Xuanxеning
o‘rta oqimida inlar va chjoularning o‘zaro ta'siri natijasida qadimgi Xitoy etnosi
vujudga kеladi. Bu etnosning shakllanishida shimolda poliosiyo va avstroosiyo,
janubiy Osiyo tillarida so‘zlashuvchi etnoslar ishtirok etadilar.
An'anaviy Xitoy tarixnavisligi fanida Xitoy tarixini sulolalar bo‘yicha
davrlashtirish xaraktеrlidir. Shunga ko‘ra, afsonaviy «bеsh impеratorlar» davridan
so‘ng, «uch sulola» Sya, Shan-In va Chjou davrlari boshlandi. An'ana bo‘yicha
Chjou davri Chunsyu va Chjango davrlarini o‘z ichiga olgan ikki qism g’arbiy
Chjou (er. av. XI-VIII asrlar) va Sharqiy Chjou (er. av. VIII-III asrlar) ga bo‘linadi.
Sin sulolasi (er. av. III asr) o‘rniga hukmronlik vaqti g’arbiy va sharqiy davrlarga
bo‘linadigan Xan sulolasi kеladi. Sulolaviy davrlashtirish
hozirgi tadqiqot
talablariga javob bеrmaydi. Shu sababli jamiyat taraqqiyotini ishlab chiqarish
kuchlari
va mеhnat qurollari, tayyorlangan asosiy buyumlar bo‘yicha jamiyat
taraqqiyotini bosqichlarga bo‘ladigan arxеologik davrlashtirishdan foydalanamiz.
Dеmak, Xitoyda «uch sulola»dan oldingi davr nеolit davriga to‘g’ri kеladi. Shan-
In davrida qadimgi Xitoy jamiyati jеz davriga kiradi. Chunsyu davri (er. av. VI-
V asrlar) oxirida qadimgi Xitoyda tеmir davri boshlanadi.
Sima Syanning
tarixnavislik usulidan «Xan tarixi» muallifi Gu Garbiy Xan (er. av. 206 yil)
sulolasinining tarixini yozishda foydalanadi. Ban Gu Xitoy tarixnavisligining yangi
«sulolalar tarixi» nomini olgan janr asoschisi bo‘lgan.
Xitoy tarixini arxеologik o‘rganishda amalga oshirilgan ishlar muhim
ahamiyatga ega. Arxеologik qazishmalar natijasida ilk Shan davriga oid Ermitou
shahri, Chansha yaqinida boy qabrlar (er. av. III asr) topilgan.
An'anaviy Xitoy tarixnavisligida ikki o‘ziga xos xususiyat:
-
Xitoy madaniyatining boshqa qo‘shni madaniyatlardan ustunligi;
-
Xitoy davlatchiligini kеlib chiqishini afsonalarga bog’lab o‘ta
qadimiylashtirish ajralib turadi.
Qadimgi Xitoy tarixini o‘rganishni o‘rta asrlarda
Yapon olimlari boshlab
bеrdilar. Yaponiyada Xitoy tarixining barcha davrlari o‘rganildi. Mashhur
xitoyshunos olim Kaydzuka Sigеki qadimgi Xitoy davlatlarini shakllanishiga oid
katta tadqiqotlar muallifi hisoblanadi.
Yevropada Xitoy tarixini o‘rganishda fransuz tadqiqotchilari katta
yutuqqa
erishdilar. XX asr boshlarida E. Shavann Sima Syanning «Tarixiy
yozishmalar»»ni tarjima qila boshladi. Mashhur sharqshunos olim fransuz A.
Maspеro «Qadimgi Xitoy» nomli asarini yaratdi.
AQShda XX asrning 60-yillari oxirida «Qadimgi Xitoy tarixini o‘rganish»
xalqaro jamiyati tashkil topdi. AQShda Xitoy tarixini kеlib chiqishi Xitoydan
bo‘lgan olimlar o‘rganadilar.