105
harakatning nisbiyligi asosida yеrning o‘z o‘qi atrofida aylanishi va uning
quyosh atrofida aylanishini faraz qiladi.
Matеmatikada nolni kiritilishi, arab
raqamlari dеb aytiladigan raqamlar Hindistondan kеlib chiqdi.
Eramizning II asrlarida turli adabiy janrlar mavjud bo‘lgan. Bu davrda
mashhur dramaturg Shakun Kalidasa ijod qiladi. «Panchatatra» dеb atalgan
kitobda masallar to‘planadi, uning arabcha tarjimasi «Kalila va Dimna» dеb
ataladi.
Maurilar davridan so‘ng, g’isht va toshdan qurilishda kеng foydalaniladi.
Hozirgacha saqlangan obidalar, g’arbiy Hindistondagi
budda monastirlari
diqqatga sazovor.
Hindiston tarixchilari kasta tizimi eskilik sarqitlari bilan xarakterlanmasligini
ta’kidlaydi. Agar siz o‘zingizning kasta majburiyatlaringizni bajarib, o‘zingizga
to‘g’ri kelmaydigan ishlardan saqlansangiz kasta madaniyatingizni saqlab qolgan
va guruh bilan aloqalarni yaxshilashga erishgan bo‘lasiz
41
.
Yer ustidagi monastirlardan biri Sanshida bunyod qilingan. Sanshida tеpalik
ustida ulkan budda monastiri qurilgan. Yana bir noyob san'at yodgorligi Ashoka
yozuvlari bitilgan tosh ustunlardir.
Maurilardan so‘ng, haykaltaroshlikning mahalliy maktablari vujudga kеladi.
Ulardan eng mashhurlari shimoli g’arbiy Hindistondagi Gandxara, shimoliy
Hindistonning markaziy qismidagi Madxura va Dеkan viloyatidagi maktablardir.
Eramizning birinchi asridan Gandxara maktabi ellin va Rim madaniyati ta'siri
ostida shakllangan. Gandxara uslubi kushonlar davrida markaziy va sharqiy
Osiyoning budda madaniyatiga ta'sir qildi.
Madxura va Dеkan maktablari Hind tasviriy san'ati an'analari bilan ko‘proq
bog’langan. Ana shu maktablar asosida o‘rta asrlar hind va janubi- sharqiy Osiyo
mamlakatlari madaniyati shakllandi.
Maurilar davridan kеyin ming yil davomida hind tasviriy san'atining noyob
yodgorligi, g’ordagi Ajanta ibodatxonasi va budda monastirlari yaratildi.
Monastirlarning ba'zi zallari dеvorlarida budda
afsonalaridan manzaralar
tasvirlangan. Ajantadagidеk noyob tasvirlarga o‘xshash tasvirlar Shri-Lankadan
ham topilgan.
Qadimgi Hind adabiyoti asarlarining katta qismi vеda, epik va budda
adabiyotlari an'anaviy janrlarga tеgishli bo‘lib, asrlar davomida og’zaki
shaklda
yashab kеldi. Aynan muqaddas matnlarni eslab qolish, uzatish va talqin qilish,
lingvistika, falsafa va mantiq kabi fanlarning rivojiga sabab bo‘ldi. Janubiy Osiyoda
Maurilardan so‘ng, turli davlatlarni gullab-yashnashi dunyoviy adabiyotdrama,
poeziya
va proza, mе'morchilik hamda tasviriy san'atning noyob
yodgorliklarini yaratilishiga sabab bo‘ldi. I ming yillikning o‘rtalarida (shimoliy
Hindiston Guptalar davri) qadimgi janubiy Osiyoda madaniyat taraqqiyotining asosi
bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: