Rossiyada tabiiy ishsizlik darajasi 5% dan 7% gacha. Hozirgi vaqtda ishsizlik darajasi 6-6,4% ni tashkil qiladi.
Xulosa
Ishsizlik ko’pchilik odamlarga to’g’ridan-to’g’ri va qattiq ta’sir qiladigan
makroiqtisodiy muammo hisoblanadi. Ko’pchilik uchun ishdan ajralish bu yashash
standartlarining pasayishi va psixologik tushkunlik degani. Ajablanarli emaski,
ishsizlik siyosiy debatlarning tez tez takrorlanib turadigan mavzulari va o’sha
siyosatchilar o’zlarining maqsadli siyosatlari ish yaratishga yordam berishini
takidlashadi. Iqtisodchilar ishsizlikni uning sabablarini bilib olish va ishsizlikka
tasir qiladigan jamiyat siyosatlarini rivojlantirishga yordam berish uchun
o’rganishadi. Shunday siyosatlardan bazilari masalan job-training dasturlari
odamlarga ish topishda yordam beradi. Boshqalari, ishsizlikdan sug’urtalash bazi
bir zarurat, ehtiyoj, yo’qchiliklarni yengillashtiradi. Yuqori minimal ish haqi
qonunlari misol uchun, ishchi kuchining eng kam layoqatli va tajribali a’zolari
orasida ishsizlik darajasini ko’tarib yuboradi deb o’ylashadi. Bizning ishchi kuchi
bozori to’g’risidagi muzokaralarimiz haligacha ishsizlikni inkor qilib kelmoqda.
Ayniqsa, milliy daromad modeli iqtisodiyot har doim to’liq bandlikda bo’ladi
degan faraz bilan qurilgan. Haqiqatda, ishchi kuchi tarkibidagi har bir shaxsda
ish mavjud emas. Barcha ochiq bozor iqtisodiyotida, har qanday vaqtda bazi
odamlar ishsiz bo’lib kelishgan.
Iqtisodiyotning beqaror rivojlanishi oqibatida, iqtisodiy pasayish davrida ishlab
chiqarish resurslari to’liq foydalanilmay qoladi.
YaIMni yaratishda qatnashadigan iqtisodiy resurslarning eng asosiylaridan
biri bo’lgan mehnat resurslaridan to’liq foydalanilmaslik ishsizlikda namoyon
bo’ladi.
Makroiqisodiy tahlilda mehnat resurslari emas balki ishchi kuchi
kategoriyasidan ko’proq foydalaniladi.
Ishchi kuchi yoki iqtisodiy faol aholi deganda mehnatga layoqatli
yoshdagi ishlayotgan va ishsiz yurgan aholining umumiy soni tushuniladi.
Mehnat bozorida boshqa resurslar bozori singari talab va taklif qonuni amal
qiladi. Ishchi kuchining bahosi hisoblangan real ish haqi hajmi oshsa ishchi
kuchiga bo’lgan talab qisqaradi, agar real ish haqi hajmi kamaysa ishchi kuchiga
bo’lgan talab ortadi, ishchi kuchi taklifi esa kamayadi. Ishchi kuchiga bo’lgan talab
miqdorining ishchi kuchi taklifi miqdoridan kam bo’lishi ishsizlikni keltirib
chiqaradi.
Ishsizlar – bu, ishchi kuchining bir qismi bo’lib, ijtimoiy ishlab chiqarishda band
bo’lmagan, lekin ishlashni xohlovchi va faol ish qidirayotgan aholidir.
Ishsizlik darajasi deb ishsizlarni ishchi kuchi soniga nisbatiga (% hisobida)
aytiladi va uni quyidagi formula bilan aniqlash mumkin:
Ishsizlik darajasi = (ishsizlar soni / ishchi kuchi soni)x100
Do'stlaringiz bilan baham: |