VII bob. KORPORATIV NIZOLARNING OLDINI OLISH VA
MANFЕDRASIAATLAR TO‘QNASHUVINI SAMARALI BOSHQARISH
7.1. Korporativ nizolar, ularning yuzaga kelish sabablari va
tasniflanishi
Milliy va xalqaro tajribaning ko‘rsatishicha, korporativ munosabatlarda
nizoli vaziyatlarning yuzaga kelishi ko‘p kuzatiladigan holatlardan biridir. Shu
boisdan korporativ boshqaruv ishtirokchilarining korporativ nizolar mohiyati,
yuzaga kelish sabablari va keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan oqibatlari, bunday
vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha ichki va tashqi imkoniyatlar, davlat tomonidan
tartibga solish mexanizmlari kabilarni bilishlari va amalda qo‘llay olishlari shart
hisoblanadi. Bunda manfaatlar to‘qnashuvini samarali boshqarish masalasi birinchi
navbatdagi masala hisolanadi. Keltirilayotgan jihatlarni chuqurroq o‘rganish
maqsadida quyida korporativ nizolarning mohiyati, yuzaga kelish sabablari va
oqibatlariga batafsil to‘xtalib o‘tamiz.
Korporativ munosabatlar sub’ektlari o‘rtasidagi manfaatlar qarama-
qarshiligi korporativ nizolarning asosi hisoblanadi. Aksiyadorlik jamiyatlari
faoliyati va korporativ boshqaruv amaliyotiga doir masalalar bo‘yicha jarayon
ishtirokchilari o‘rtasida o‘zaro kelishuvga erishilmasligi natijasida yuzaga
keladigan nizolar korporativ nizolarni anglatadi. Bunda korporativ munosabatlar
ishtirokchilari korporativ nizolarning sub’ektlari sifatida namoyon bo‘lsa,
tomonlarning manfaatlari korporativ nizolarning ob’ekti sifatida ko‘zga tashlanadi.
Korporativ tuzilmalarda korporativ munosabatlar sub’ektlari o‘rtasidagi
ziddiyatlar quyidagi oqibatlardan biri natijasida yuzaga kelishi mumkin:
- aksiyador yoki aksiyadorlar guruhi huquqlari, aksiyadorlik jamiyati ustavi
yoki boshqa ichki hujjatlar, umumiy olganda amaldagi qonunchilik me’yorlari
buzilishi;
- korporativ
tuzilmalarda axborot yopiqligi;
- foydani taqsimlash bilan bog‘liq munosabatlar va
aksiyadorlar noroziligi;
- qabul qilingan qarorlar mohiyati asosida aksiyadorlik jamiyatiga, uning
boshqaruv organlariga nisbatan da’volar qo‘zg‘atilishi;
- boshqaruv organlari vakolatlarining
muddatidan oldin tugatilishi;
- ijroiya organi a’zolari bilan mehnat shartnomasining muddatidan oldin
bekor qilinishi;
- aksiyadorlarning aksiyadorlik jamiyati bo‘yicha nazoratni qo‘lga olishga
intilishi;
- aksiyadorlar tarkibidagi jiddiy o‘zgarishlar (g‘arazli aksiyadorlarning
aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga kirib kelishi).
Shuningdek, yuqoridagilarga qo‘shimcha ravishda boshqaruvchilarni
javobgarlikka tortish bo‘yicha samarali mexanizmlarning mavjud emasligi,
korporativ tuzilma faoliyati ustidan ichki nazoratning sustligi, korporativ
tortishuvlarga nisbatan sud amaliyotining sustligi kabilar ham korporativ nizolarga
sabab bo‘lishi mumkin.
Rivojlangan mamlakatlar amaliyotida top-menejerlarga nisbatan ham
javobgarlik choralari qat’iy belgilab qo‘yilganligi asosida mamlakatimizda ham
bunday amaliyotga o‘tish ahamiyatga ega.
Ichki nazorat tizimida ichki audit xizmati va taftish komissiyasining samarali
faoliyat yuritishi aksiyadorlar uchun muhim sanaladi. Lekin bunda ichki nazorat
tizimining mustaqilligini ta’minlash muhim sanaladi. Aks holda ichki nazoratning
zaifligi kuzatuv kengashi va boshqaruv a’lozarining noqonuniy xatti-harakatlari
yuzaga kelishiga va korporativ nizolarga olib keladi. Shundan kelib chiqqan holda
mamlakatimizdagi aksiyadorlik jamiyatlarida ham ichki audit xizmati va taftish
komissiyasi faoliyatini samarali tashkil etish nuqtai nazaridan tegishli me’yoriy
hujjatlar qabul qilingan.
Korporativ tortishuvlarga nisbatan sud nazoratining etarli darajada
ixtisoslashmaganligi ham korporativ nizolarga sabab bo‘lmoqda. Korporativ
nizolarga doir muammolarni to‘liq hal qilish uchun korporativ tortishuvlarning
alohida jihatlarini chuqur o‘rgangan holda samarali sud tizimi amal qilishini
ta’minlash muhim. Mamlakatimizda bu boradagi masalalarni hal qilish maqsadida
2006 yil 16 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasining “Hakamlik sudlari
to‘g‘risida”gi Qonuni ham qabul qilingan va hakamlik (arbitraj) sudlari faoliyati
yo‘lga qo‘yilgan.
Korporativ nizolarni turli yondashuvlar asosida quyidagi mezonlar bo‘yicha
tasniflash mumkin (7.1-jadval):
7.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: