11.2. Oltin aksiya amaliyoti va uning O‘zbekistonda qo‘llanilish
xususiyatlari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korporativ tuzilmalar va davlat o‘rtasidagi
munosabatlarni tashkil etishning biro bir ideal modeli mavjud emas. Shuning
uchun ham rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega davlatlarda ham davlat
tomonidan tartibga solish amal qilib kelmoqda. Bunda davlat ulushi bilan birga
mahalliy hokimiyatlar ulushini ham strategik ahamiyatga ega yirik korporativ
tuzilmalar ustav kapitaliga kiritish orqali davlat ishtirokini ta’minlash amaliyoti
xorijiy mamlakatlarda keng qo‘llaniladi va bu jihat korporativ boshqaruvda
42
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 22 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasidan.
http://prezident.uz/uz/lists/view/1371
muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Korporativda davlat ishtiroki oltin aksiya
amaliyotini qo‘llash orqali ham amalga oshiriladi.
Oltin aksiya ochiq aksiyadorlik jamiyatlarida davlat boshqaruvini saqlab
qolish vositasi bo‘lib, davlat vakilining alohida huquqlarga ega bo‘lishini
ta’minlaydi. Oltin aksiya davlat tomonidan kompaniyalarni moliyalashtirish va
daromad olish vositasi hisoblanmaydi. Bu jihat o‘z-o‘zidan oltin aksiyaning
sotilmasligini ifodalaydi. Bunda kompaniya aksiyalarining ma’lum paketiga ega
sifatida davlat vakili aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida, kuzatuv kengashida hal
qiluvchi ovozga ega bo‘ladi. Mazkur jihat o‘z navbatida mamlakat iqtisodiyoti va
jamiyat manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi. Oltin aksiya amaliyoti
xorijiy mamlakatlar amaliyotida keng qo‘llanilmoqda va bu amaliyot o‘zining
ijobiy samarasini berib kelmoqda.
Oltin aksiya amaliyotini qo‘llash nazariy jihatdan davlat vakilining
korporativ tuzilmada strategik muhim qarorlarni ishlab chiqishda va qabul
qilishda ishtirok etish, tashkilot faoliyatini, uning rentabellik ko‘rsatkichlarini va
o‘sish sur’atlarini nazorat qilib borish kabilarni nazarda tutadi.
Oltin aksiyaning xorijiy davlatlarda qo‘llanilishi korxonalarni
rivojlantirishni boshqarib borishda ishonchli vosita sifatida yuzaga chiqdi. Bu
amaliyot o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarida keng qo‘llanilib kelinayotganligiga
qaramasdan, Evropa mamlakatlarida ham kuzatilishini alohida ta’kidlash lozim.
Umuman oltin aksiya amaliyotining asoschisi Margaret Tetcher hisoblanadi va u
XX asrning 80-yillarida Buyuk Britaniyada xususiylashtirilgan korporativ
tuzilmalarni boshqarishda mazkur amaliyotni birinchi faol tarzda qo‘llagan.
Margaret Tetcherning bu islohoti nihoyatda muvaffaqiyatli amalga oshirilgach,
bir necha yil o‘tib butun Evropani qamrab oladi. Shuni qayd etish kerakki,
Britaniyada oltin aksiya amaliyoti tashkiliy masalalarda aralashuvdan tashqari
kapitalni boshqarishda, foydani taqsimlashda ham davlatning bevosita ishtirokini
nazarda tutgan.
Oltin aksiyaning qo‘llanilishi yangi tashkil etilgan kompaniyalar
rivojlanishiga davlat aralashuvining salbiy ta’sir ko‘rsatishi, korporativ
huquqning buzilishiga olib kelishi tufayli 2008 yilda Evropa arbitraj sudi mazkur
amaliyotni bekor qilish bo‘yicha qaror qabul qildi. Chunki Evropaning
rivojlangan davlatlaridagi kompaniyalar aksiyadorlari tomonidan ilgari surilgan
har tomonlama asosli ko‘plab qarorlar qabul qilinishi davlat vakili tomonidan
to‘xtatib qo‘yilishi aksiyadorlarning keskin noroziligiga olib kelgan edi. Aynan
keltirilgan jihat sabab Evropa ittifoqiga a’zo davlatlarda bu amaliyot bekor
qilindi. Ayni paytda mazkur amaliyot Evropa ittifoqi mamlakatlari, Rossiya,
Qozog‘iston va boshqa davlatlarda eng muhim strategik kompaniyalardagina
qo‘llanilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 20 iyuldagi PF-3897-sonli
«Iqtisodiyotning strategik tarmoqlari korxonalarini xususiylashtirish jarayonlarini
chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» Farmoni ijrosini
ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 24 iyuldagi 151-sonli
“Davlat tomonidan aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda ishtirok etish maxsus
huquqi («oltin aksiya»)dan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan.
Aynan keltirilgan qaror bilan “Davlat tomonidan aksiyadorlik jamiyatlarini
boshqarishda ishtirok etish maxsus huquqi («oltin aksiya»)dan foydalanish tartibi
to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik
jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni va
“Davlat tomonidan aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda ishtirok etish maxsus
huquqi («oltin aksiya»)dan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom
mamlakatimizda aksiyadorlik jamiyatlarida oltin aksiya qo‘llanilish tartibini
belgilaydi.
«Oltin aksiya» davlatning ayrim jamiyatlarni boshqarishda ishtirok etishiga
doir maxsus huquqi bo‘lib, u strategik ahamiyatga ega bo‘lgan davlat korxonalari
xususiylashtirilayotganda yoki jamiyatlarning davlat aksiya paketlari xususiy mulk
etib realizatsiya qilinayotganda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qaroriga asosan joriy etiladi va mamlakatning iqtisodiy manfaatlari himoya
qilinishini ta’minlaydi.
«Oltin aksiya» qiymatga ega bo‘lmaydi, boshqa shaxsga o‘tkazilmaydi
hamda garovga berilmaydi, jamiyat ustav kapitalining miqdorini belgilashda va
dividendlarni hisoblashda inobatga olinmaydi.
«Oltin aksiya» jamiyatning ustav kapitalida davlat ulushi mavjud bo‘lmagan
yoki bu ulush jamiyat ustav kapitalining yigirma besh foizdan oshmaydigan
jamiyatlarda joriy etilishi mumkin. Davlatning «oltin aksiya»dan foydalanish
tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Davlat tomonidan jamiyatni boshqarishda ishtirok etishga bo‘lgan maxsus
huquq («oltin aksiya») joriy etilayotgan jamiyat ustavida davlatning mazkur
maxsus huquqdan foydalanishi to‘g‘risidagi qoidalar ko‘rsatiladi. Bunda «oltin
aksiya» joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan aksiyadorlik jamiyati
jamiyatning ustaviga tegishli ma’lumotlarni kiritgan holda uni qayta ro‘yxatdan
o‘tkazadi, «oltin aksiya»dan foydalanishni to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul
qilinganda esa jamiyat ustavidan ushbu ma’lumotlarni chiqarib tashlaydi.
Shuningdek ilgari jamiyat ustavida belgilangan kuzatuv kengashi tarkibi a’zolari
soniga o‘zgartirishlar kiritadi.
«Oltin aksiya» jamiyatning kuzatuv kengashi tarkibiga davlat vakilini
tayinlash vositasida realizatsiya qilinadi.
Agar jamiyatga nisbatan «oltin aksiya»ni joriy etish to‘g‘risida qaror qabul
qilingan bo‘lsa, jamiyat aksiyadorlarining reestriga davlat vakili ham kiritiladi.
Umuman, davlat ayni bir paytda «oltin aksiya»ga hamda aksiyadorlik jamiyatining
25 foizdan ortiq bo‘lmagan oddiy aksiyalariga egalik qilgan taqdirda davlat vakili
«oltin aksiya» egasi bo‘lgan davlat vakolatlarini amalga oshirish bilan bir qatorda
davlat aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi vakolatlarini ham bajaradi.
Bunda davlat vakili aksiyadorlar reestriga ikki marta — «oltin aksiya»dan
foydalanish bo‘yicha davlat vakili hamda tegishli davlat aktivlarining ishonchli
boshqaruvchisi sifatida kiritiladi.
Davlat vakili davlat aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi vakolatlarini
davlat aktivlarini ishonchli boshqarish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq
bajaradi.
Davlat vakili Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar
davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi
tomonidan tayinlanadi.
Davlat vakilini tayinlash uchun nomzodlar bo‘yicha taklif Vazirlar
Mahkamasining tegishli kompleksi bilan kelishgan holda O‘zbekiston
Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni
rivojlantirishsh, davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi
tomonidan kiritiladi.
Davlat vakili uch yil muddatga tayinlanadi.
Davlat vakili jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishida va kuzatuv
kengashi majlislarida ma’lum doiradagi masalalar bo‘yicha veto qo‘yish huquqi
bilan majburiy tartibda ishtirok etadi. Bunda davlat vakiliga aksiyadorlik jamiyati
ustavida belgilangan tartib-qoidaga muvofiq aksiyadorlar umumiy yig‘ilishlari va
kuzatuv kengashi majlislari o‘tkazilishi to‘g‘risida yozma xabarnoma, ularda
ko‘rib chiqish uchun kiritilayotgan materiallar nusxalari, aksiyadorlik jamiyati
faoliyati to‘g‘risidagi boshqa axborotlar, shu jumladan aksiyadorlik jamiyatining
tijorat siri bo‘lgan axborotlar majburiy tartibda taqdim etiladi.
Davlat vakili quyidagi masalalar bo‘yicha «veto» qo‘yish huquqi bilan,
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida va kuzatuv kengashi majlislarida majburiy
tartibda ishtirok etadi:
- aksiyadorlik jamiyati ustaviga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yoki
aksiyadorlik jamiyatining yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlash;
- aksiyadorlik jamiyatini qayta tashkil etish;
- aksiyadorlik jamiyati faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini o‘zgartirish;
- aksiyadorlik jamiyatini tugatish, tugatish komissiyasini tayinlash hamda
oraliq va yakuniy tugatish balanslarini tasdiqlash;
- aksiyadorlik jamiyati ustav kapitali miqdorini oshirish yoki kamaytirish;
- aksiyadorlik jamiyati tomonidan yirik bitimlar tuzish yoki affillangan
shaxslar bilan bitimlar tuzish;
- aksiyadorlik jamiyatining tijorat va notijorat tashkilotlarida ishtirok etishi;
- aksiyalarni joylashtirish narxini belgilash;
- korporativ obligatsiyalarchiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
- qimmatli qog‘ozlarning hosilalarini chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
- korporativ obligatsiyalarini qaytarib sotib olish to‘g‘risida qaror qabul
qilish;
- ijroiya organni tuzish, uning rahbarini saylash (tayinlash), rahbarning
vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
- ijroiya organiga to‘lanadigan haq va kompensatsiyalarning miqdorlarini
belgilash;
- jamiyatning yillik biznes-rejasini tasdiqlash.
Yuqorida keltirilgan masalalar bo‘yicha qabul qilingan qarorlarga veto
qo‘yish ushbu qarorlar qabul qilingan kuni yozma shaklda amalga oshiriladi.
Aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi va kuzatuv kengashining
davlat vakili ishtirokisiz qabul qilingan qarorlari, shuningdek davlat vakili
tomonidan veto qo‘yilgan qarorlari ijro etilmaydi. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi
va kuzatuv kengashi tomonidan mazkur yuqorida ko‘rsatilganlardan tashqari
boshqa masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilinishida davlat vakili ovoz berishda
qatnashmaydi. Lekin davlat vakili ayni bir vaqtda aksiyadorlik jamiyatining oddiy
aksiyalari davlat paketini boshqargan hollarda esa ovoz berishda ishtirok etishini
ham qayd etish shart.
Davlat vakili o‘z vakolatlarini Xususiylashtirilgan korxonalarga
ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat
aktivlarini boshqarish markazining Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi
takliflari hisobga olingan holda tayyorlangan yozma ko‘rsatmalari asosida amalga
oshiradi.
Davlat vakili kuzatuv kengashi majlisi yoki aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi
o‘tkazilishi sanasigacha kamida 15 kundan kechikmay Xususiylashtirilgan
korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi
Davlat aktivlarini boshqarish markaziga kuzatuv kengashi majlisi va aksiyadorlar
umumiy yig‘ilishi kun tartibi to‘g‘risidagi axborotni, shu jumladan zarurat
bo‘lganda «veto» qo‘yish huquqidan foydalanishga doir taklifni yuboradi. Bunda
axborotga ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha davlat vakilining nuqtai nazari
asosli bayon qilingan tushuntirish xati ilova qilinadi.
Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish
davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi davlat vakilidan
tegishli hujjatlar olingan sanadan boshlab ikki kun muddatda Iqtisodiyot vazirligi
va Moliya vazirligining «veto» qo‘yish huquqidan foydalanishning maqsadga
muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasini so‘raydi.
Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi Xususiylashtirilgan korxonalarga
ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat
aktivlarini boshqarish markazidan tegishli hujjatlar olingan sanadan boshlab 3 kun
mobaynida Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni
rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markaziga
«veto» qo‘yish huquqidan foydalanishning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha
o‘zining aniq nuqtai nazarini yozma shaklda taqdim etadi.
«Veto» qo‘yish huquqidan foydalanishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan
Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat
qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi, Iqtisodiyot vazirligi
yoki Moliya vazirligi o‘rtasida kelishmovchiliklar mavjud bo‘lgan taqdirda
Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat
qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi kelishilgan qaror qabul
qilinishi uchun ko‘rsatib o‘tilgan vazirliklarning vakillari va davlat vakili
ishtirokida kelishuv kengashi o‘tkazadi.
Agar kelishuv qarori ishlab chiqilmagan bo‘lsa Xususiylashtirilgan
korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi
Davlat aktivlarini boshqarish markazi zarur materiallarni, shu jumladan
kelishmovchiliklar ro‘yxati va tomonlarning nuqtai nazarlari asosnomasi bilan
birgalikda kelishuv kengashi protokolini Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati
samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish
bo‘yicha komissiyaga taqdim etadi. Komissiya belgilangan tartibda uzil-kesil qaror
qabul qiladi.
Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish
davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi davlat vakilidan
tegishli hujjatlar olingan sanadan boshlab 15 kundan kechikmay qabul qilingan
qaror to‘g‘risida davlat vakiliga «veto» qo‘yish huquqidan foydalanishga nisbatan
aniq yozma ko‘rsatmalarni yuboradi.
Davlat vakili o‘z faoliyati davomida quyidagilarga majbur:
- o‘z vakolatlarini Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni
rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazidan
olingan ko‘rsatmalarga qat’iy muvofiq ravishda amalga oshirish;
- o‘ziga yuklangan vakolatlarni amalga oshirish paytida o‘ziga ma’lum
bo‘lgan ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor qilmaslik va ulardan davlatning,
aksiyadorlik jamiyatining va uning aksiyadorlarining manfaatlariga zid bo‘lgan
maqsadlarda foydalanmaslik;
- O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish
va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini
boshqarish markaziga o‘z vakolatlarini amalga oshirish bo‘yicha o‘zi olgan har bir
ko‘rsatmaning bajarilishi natijalari to‘g‘risida yozma axborot taqdim etish.
Davlat aktivlarini ishonchli boshqarish vakolatlari ayni bir vaqtda bajarilgan
taqdirda davlat vakili O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan
korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi
Davlat aktivlarini boshqarish markaziga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
ushbu vakolatlarning bajarilishi to‘g‘risida alohida hisobotlar taqdim etadi.
Davlat vakili O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va
Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat
qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq davlat mablag‘lari hisobiga
har yillik taqdirlash puli oladi. Davlat vakili aksiyadorlik jamiyatidan qo‘shimcha
taqdirlash puli olishga haqli emas, davlat aktivlarini ishonchli boshqarish
vakolatlari ayni bir vaqtda bajarilgan holat bundan mustasno.
Davlat vakili faoliyatini nazorat qilish Xususiylashtirilgan korxonalarga
ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat
aktivlarini boshqarish markazi, shuningdek iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari
bo‘yicha Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni
rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi
tomonidan tayyorlangan umumlashtiruvchi materiallar asosida Vazirlar
Mahkamasining tegishli Kompleksi tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat vakili o‘ziga yuklangan vakolatlardan O‘zbekiston Respublikasining
Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat
qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazining Vazirlar
Mahkamasining tegishli Kompleksi bilan kelishilgan taklifi bo‘yicha Aksiyadorlik
birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali
foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi tomonidan o‘z
vazifalarini bajarmaganda yoki zarur tarzda bajarmaganda;
-
uzoq vaqt kasal
bo‘lish, yashash joyining o‘zgarishi yoki boshqa sabablar natijasida u o‘z
vazifalarini bundan keyin bajarishi mumkin bo‘lmaganda ozod qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |