Ro`yxatga olindi: №


 Aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/215
Sana14.01.2022
Hajmi1,74 Mb.
#360012
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   215
Bog'liq
Ro`yxatga olindi ¹

10.3. Aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish
Davlat aksiyadorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini
kafolatlaydi.
Jamiyatning xo‘jalik faoliyatiga va boshqa faoliyatiga davlat organlarining
aralashuviga   yo‘l   qo‘yilmaydi.  Davlat   organlarining   qonunga   xilof   harakatlari
ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Davlat   aksiyador   sifatida   boshqa   aksiyadorlar   bilan   bir   qatorda   milliy
qonunchilikda belgilangan teng huquq va majburiyatlarga ega bo‘ladi.
Aksiyadorlarning huquqlari:
milliy   qonunchilikda   belgilangan   va   jamiyat   ustavida   nazarda   tutilgan
majburiyatlarni bajarish orqali jamiyatning boshqaruv organlari;
qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari va fond birjalari
qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining ixtiyoriy
birlashmalari;


sug‘urta tashkilotlari;
qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi;
auditorlik tashkilotlari;
huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan himoya qilinadi.
Aksiyadorlar   va   qimmatli   qog‘ozlar   bozorining   boshqa   ishtirokchilari
o‘rtasida yuzaga keladigan nizolar sud tartibida hal etiladi.
Aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish:
huquqni tan olish;
huquq   buzilguniga   qadar   mavjud   bo‘lgan   holatni   tiklash   va   huquqni
buzuvchi   yoki   huquqning   buzilishi   tahdidini   yuzaga   keltiruvchi   xatti-
harakatlarning oldini olish;
bitimni   haqiqiy   emas   deb   topish   va   uning   haqiqiy   emasligi   oqibatlarini
qo‘llash;
huquqini o‘zi himoya qilish;
majburiyatni natura holida ijro etishga qaror qilish;
zararlarning o‘rnini qoplatish;
neustoyka undirish;
ma’naviy zararni kompensatsiya qilish;
huquqiy munosabatlarni tugatish yoki o‘zgartirish orqali amalga oshiriladi.
Aksiyadorlar o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun
ixtiyoriy asosda birlashmalarga uyushishga haqlidir.
Jamiyatning   aksiyadorlariga   tegishli   bo‘lgan   dividendlar   to‘lanmagan
taqdirda   qimmatli   qog‘ozlar   bozorini   tartibga   solish   bo‘yicha   vakolatli   davlat
organi mazkur jamiyat aksiyadorining yoki minoritar aksiyadorlari qo‘mitasining
murojaati   asosida   sudga   jamiyatning   zimmasiga   ushbu   jamiyat   aksiyadorlariga
dividendlar to‘lash majburiyatini yuklatish to‘g‘risida da’vo taqdim etishga haqli.
Bunday   da’voni   taqdim   etish   va   ko‘rib   chiqish   tartibi   qonun   hujjatlarida
belgilanadi.
Aksiyadorlarning   huquqlarini   himoya   qilish   qonun   hujjatlariga   muvofiq
boshqa usullar bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
Aksiyadorlik   jamiyati   etib   o‘zgartirilayotgan   davlat   tashkiloti   mehnat
jamoasi a’zolarining aksiyalarni olishga bo‘lgan huquqlarini himoya qilish qonun
hujjatlari   bilan   kafolatlanadi.   Bunda   mehnat   jamoasining   a’zolariga   realizatsiya
qilinishi   lozim   bo‘lgan   aksiyalar   soni   har   bir   alohida   holatda   davlat   mulkini
tasarruf etishga vakolatli bo‘lgan organ tomonidan belgilanadi.
Aksiyadorlik jamiyatlarining tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi
va tugatilishi, shuningdek aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish sohasidagi
nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Aksiyadorlik   jamiyatlari   va   aksiyadorlarning   huquqlarini   himoya   qilish
to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda
javobgar bo‘ladi.
Bizga   ma’lumki,   Jahon   Banki   guruhi   har   yili   dunyo   bo‘yicha   “Biznes
yuritish” hisobotini e’lon qilib boradi. Mamlakatlarning biznes yuritish bo‘yicha
reytinglarini aniqlashda minoritar aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish holatini


ham hisobga oladi va hisobotda aks ettiradi. Mazkur amaliyot ham o‘z-o‘zidan
minoritar aksiyadorlarni himoya qilish masalasiga har bir davlatda jiddiy e’tibor
qaratishni   talab   etadi.   Chunki   minoritar   aksiyadorlar   huquqlari   ta’minlangan
holatdagini   investorlarning   aksiyadorlik   kompaniyalari   faoliyatiga   kirib   kelishi
jadallashadi.
Jahon banki guruhi tomonidan minoritar aksiyadorlar huquqlarini himoya 
qilish bo‘yicha reytingni aniqlashda qo‘yidagi ko‘rsatkichlarga e’tibor qaratiladi
40
:
- bitimlar haqida axborotlarni oshkor etish indeksi;
- direktorlarning javobgarligi indeksi;
- aksiyadorlar   tomonidan   kompaniya   rahbariyati   ustidan   sudga   murojaat
qilish uchun (aksiyadorlar huquqlarini sudda himoya qilish uchun) shart-sharoit
yaratilganligi indeksi;
- manfaatlar to‘qnashuvi (nizoli vaziyatlar)ni tartibga solish indeksi;
- aksiyadorlar huquqlari indeksi;
- boshqaruv tuzilmasini rivojlantirish indeksi;
- korporativ shaffoflik indeksi;
- aksiyadorlik boshqaruvi indeksi.
Jahon   banki   guruhi   tomonidan   mamlakatlarda   minoritar   aksiyadorlar
huquqlarini himoya qilish bo‘yicha reyting 100 ballik tizimda baholash amalga
oshirilgan   holda   tuziladi.  Unda   O‘zbekistonning   2015-2018   to‘rt   yil   bo‘yicha
natijalari quyidagicha (10.1-rasm).
10.1-rasm.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish