Yaponcha to`y. Yapon to`ylarini o`tqazish nixoyatda mustahkam koidalar doirasida tashkil etilgan. Nikoh to`ylarini o`tqazish va belgilash hammaga taaluklidir. Eng muhimi, ajdodlar udumiga itoat etgan xolda yaponiyaliklar to`ylarni oilaning moddiy axvoli, ota-onalar va turmush ko`rayotgan ikki yoshning istaqlari asosida ko`rkam va ixcham tarzda o`tqazishga intiladilar. Bizdagi kabi kunchiqar mamlakatda ham to`y yoshlarning o`zaro tanishuvidan boshlanadi. Yigit va qizning uchrashishi qadimgi urf-odatlar asnosida kechadi. Bo`lgusi kuyovning ota-onasi o`zlariga ma’qo`l oiladan kelin olish maqsadida qizning uyiga «nakado san» ya’ni, sovchi yuboradilar. «Yuinou» tadbiri o`zbekchasiga «non sindirish» marosimiga to`g`ri keladi. Bu marosim ikkala tomon uchun ham muhim. Ba’zi bir yaponlar bu voqeani to`yni xal qiluvchi q`ism sifatida baholashadi. Aynan «Yuinou» marosimida azaliy urf – odatlar va udumlarga kat’iy rioya qilishadi. Shu kuni kuyovning ota-onasi va qarindoshlari sovchi boshchiligida kelinning oilasiga tashrif buyurishadi. An’anaga ko`ra ular kelin xonadoniga tukqiz xildagi sovga, qalin puli va kelinning olmos o`zugini olib keladi. Sovgalar dastlab kelinga, keyin esa uning ota-onasiga va kprindoshlariga ko`rsatiladi. Odatga ko`ra qizning ota-onasi kuyov tomonidan keltirilgan qalin pulining 50% qaytarishi lozim. Ammo ba’zi xollarda tomonlar kelishib, qalinning faqat yarmisi olib kelinadi. Qalin puli yosh kelin – kuyovning yangi oilasini barpo etishga sarflanadi. Lekin bugungi kunda 42% xolda qalin puli va 30% xolda olmos o`zuk berilmaydi. Ana shu marosimda ikki kuda o`rtasida ularning kelib chiqishi, ajdodlar shajarasi va qarindoshlarning qayerda yashashlari va qaysi lavozimda ishlashlari haqidagi ma’lumotlar yozma tarzda almashiladi hamda barcha oila a’zolarining sogligi to`g`risida tibbiy ma’lumotnoma ham ikki tomonga beriladi. «Sarpo» marosimi ham jiddiy tayyorgarlikni talab qiladi. Bunda «Yuinou»ning aksi o`laroq, asosan kelin tomonning harakati ko`zga tashlanadi. Qizning ota-onasi xo`jflik uchun zarur bo`lgan uy ro`zgor anjomlarini sovga sifatida kuyovning oilasiga junatadi. Bu marosim nikoh to`yidan 3-4 oy oldin o`tqaziladi. «Non sindirish» marosimidagi kabi barcha sovgalar ro`yxatga olinib topshiriladi. Nikoh to`yida bor-yugi 40-80 kishi ishtirok etadi. Yaponiyada to`yni tashkillash, o`tqazishga ixtisoslashgan maxsus kompaniyalar bor. Ular nikoh to`yini tashkil etish va uni o`tqazish, kelin – kuyovlar uchun liboslar ijarasi, sartarosh, pardozchilar xiщmati, nikoh uqilish marosimi, to`y dasturxoni, sozandalar, transport xizmati va barcha ishlarni o`z zimmasiga olishadi. Tokioliklar to`y o`tqazish an’analariga unchalik jiddiy e’tibor berishmaydilar. Shu tufayli bu yerda nikoh to`ylari bilan bog`liq marosimlariga sarflanadigan harajatlar bir necha bor kisqartirilgan.
Prifekturalar (viloyatlar) axolisi to`ylarni milliy an’analarga sodik q`olgan xolda o`tqazishadi.
ADABIYOTLAR
1. Karimov I.A. XXI asr busagasida T., 1997y.
2. Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. T. “Shark“, 1999.
3. Karimov I.A. Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman. T. 2000 y.
4. Andreyeva G.M. Sotsialnaya psixologiya. M., 1987.
5. Arutyunyan Yu.V. Etnosotsialogiya. M. 1984.
6. Bromley Yu.V. Etnos i etnografiya. M. 1983 g.
7. Dashdamirov A.F. Nasiya i lichnost. Baku, 1988 g.
8.Sarsenbayev N.S. Obыchai, tradisii i obщyestvennaya jizn. A.Ata, 1984 g.
9. Stefanenko T.G. Etnopsixologiya. M. 1999 g.
10. Alimov X. Milliylik va ijtimoiy ruhiyat. T. 1992 y.
11.Mamatov M. Milliy psixologik qiyofa va uning xususiyatlari. T. 1980 y.
12. Xudoyberdiyev I. Islom, shaxs va milliy psixologiya. T. 1994 y
Mustaqillik izoxli ilmiy – ommabop lugat – Abdulxafiz Jalolov va Kuchkor Xonnazarov. Toshkent 2000 y.
Seminar mashg’ulotlari (54 soat)
Do'stlaringiz bilan baham: |