Ro’yxatga olindi: №2021 yil “ ”


DUNYO AYRIM XALQLARINING ETNIK QARTA



Download 7,46 Mb.
bet138/215
Sana15.06.2022
Hajmi7,46 Mb.
#673216
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   215
Bog'liq
etno psixologiya

DUNYO AYRIM XALQLARINING ETNIK QARTA
BO`YICHA ETNOLOGIK XARAKTER VA XUSUSIYATLARI.



  1. Etnik tillar guruhi.

  2. Etnosferaning tafsiflanishi.

  3. Etnik qartada etnik udumlarning o`ziga xos ko`rinishi.

XIV asrning oxirlari va XIX asrning ikkinchi yarmigacha bo`lgan davrdagi adabiy til eski o`zbek tili termini bilan yuritiladi.
Etnik til – kishilarning tarixan tashkil topgan barqaror birligi – millatning yoki elatning umumiy tili, ularning fikr almashinish va muloqot vositasi, muhim rivojlanish omili.
Odatda «etnik til» iborasi millatlarning tiliga nisbatan (masalan, ingliz etnik tili, gro`zin etnik tili, o`zbek etnik tili va x.k) va elatlarning tiliga nisbatan ham (masalan, chukcha etnik tili, rushanlar etnik tili va x.k) ishlatiladi. Etnik til millat yoki elatning tarixan tashkil topish jarayonida shakllanadi.
Etnik til millat yoki elat bilan birgalikda usib, o`zgarib boradi va ma’lum vaqt o`tgandan so`ng yangi avlodga bir necha asr avvalgi etnik til tushunarli bo`lmay qoladi. Shu boisdan har bir etnik tilda eng qadimiy, qadimiy va yangi zamon shakllari mavjud bo`ladi.
Har bir muayyan etnik til odatda xududiy shevalardan, dialektalardan iborat bo`ladi. Shevalar orasidagi farq – tafoautlar turli darajada bo`ladi: ba’zida bu farqlar ju’ziy tafovutlardan iborat (masalan, Marqaziy Osiyo turkiy millatlar tillarida), ba’zida esa turli shevalar yoki dialektalarda so`zlashuvchilar bir – birlarini tushunmaydilar (masalan, xitoy tili va olmon tilida so`zlashuvchilar). Shu sababdan har bir milliy davlat umumiy yagona tilini yaratadi.
Etnik til vaziyatga ko`ra, millatlararo til, Hatto jaxon tili yoki xalqaro til vazifasini ham bajarishi mumkin. Masalan, o`zbek tili O`zbekistonda istikomat qiluvchi turkiyzabon fukorolar uchun millatlararo til bo`lib xazmat qilmokda.
Hozirgi davrda jaxonda mutaxasislarning fikriga ko`ra uch mingdan besh yarim mingacha etnik va qabilaviy tillar mavjud.
Insoniyat XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab o`zil kesil ravishda demokratiya va xukukiy davlat koidalariga asoslanib, millatlararo, davlatlararo va mintakalararo munosabatlarni tashkil etishi natijasida, texnika, texnologiya va fan yutuklarining hayotga keng joriy qilinishi tufayli etnik tillarning jamiyatdagi ahamiyati yanada oshib bormokda. Shu bilan bir qatorda etnik tillar, yangi sharoit va yangi talablar ta’sirida tabakalanib, ularning ayniqsa, xalqaro tillarning (birinchi navbatda ingliz, fransuz, ispan, nemis va rus tillari) amaliy ahamiyati yanada oshib bormokda.
Odatda bir xil til va etnosga mansublik bir – biriga mos tushadi, bu esa etnoslarni bir – biridan farqlash va ta’riflashda, xalqlarning kelib chiqshini (ularning etnogenezini) o`rganishda lingvistik tavsiflashning muhim ahamiyatiga ega ekanligidan dalolat beradi. Jaxon xalqlarining tillari, til oilalari va tarmoklari (shajaralari) bo`yicha tavsif qilinadi, bunda kiyosiy – tarixiy tilpsixologiyasi metodlariga va tillar o`rtasidagi genetik qarindoshlikni ham anglash mumkin, biroq ayrim tilshunoslarning fikricha, xalq o`z hayoti davomida tilini bir necha marotaba o`zgartirishi mumkin, bu esa etnogenetik muammolarning xal etishda lingvistik ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini cheklaydi.
Kiyosiy tilpsixologiyasi fonetika, grammatika va so`z tarkibi (leksika) ni tahlil qilishga asoslanib, tillar o`rtasida qarindoshlikning mavjudligi yoki mavjud emasligini Aniqlaydi. Bu esa tillarni til oilasiga birlashtirish imoknini beradi. Til oilalari tillarning kelib chiqishiga ko`ra qarindoshligini tavsiflashga lingvistik yondashuvining asosiy birligi hisoblanadi. Bunday turdagi til oilalari asos tilining tarixi davomida rivojlanadi. Biroq til – zamonda tarixan rivojlanuvchi va o`zgaruvchi hodisadir, shu boisdan ham kelib chiqishiga ko`ra qarindosh bo`lgan tillar bizning davrimizga kelib bir – biridan keskin farqlanibgina qolmay, ularni til oilasi sifatida tavsiflaydigan ko`p belgilarga ega bo`lmasligi ham mumkin. Buning oqibati tillar ularning bugungi holatiga qarab emas, balki tarixiy genetik qarindoshlik prinsipiga ko`ra tasnif qilinadi. Masalan, o`zining kelib chiqishiga ko`ra qarindosh bo`lgan rus, ingliz, fors va boshqa tillar bitta Xindevropa oilasiga mansubdir, chunki ular umumiy asos tilidan kelib chiqqanlar. Biroq ularningtarixiy rivojlanish mutloq turlicha yo`ldan bordi va bugungi kunda bu tilda so`zlashuvchi kishilar bir-birlarini tushuna olmaydilar. Vaqtlar utishi bilan til ichida dialekt (sheva)lar rivojlandi, ular mustaqil qil bo`lib qolishi ham mumkin. Katta etnik birlik uchun aloqa vositasi bo`lib xizmat qiladigan tildan farqli ravishda diialektlik ichidagi mintakaviy variantdir., undan xududga, ba’zan esa sotsial birlikka mansub bo`lgan, cheklangan kishilar guruhi foydalanadilar.
Til ijtimoiy hodisadir, u faqat jamiyatdagina mavjud bo`lishi mumkin. Sotsial informasiyani berish vositasi sifatida jamiyat va tilning vujudga kelishi mehnat jarayonlashishi bilan o`zviy bog`liq bo`ladi. Tillar turlicha o`zgarishlarga duch keladi: spontan, shuningdek umumiy so`zlarning mavjudligi tillarning albatta qarindosh ekanligidan guvoxlik bermaydi; xudi etnik birliklarda bo`lgani kabi tillar ham urakkab tarixiy rivojlanish yo`lini bosib o`tadi. Etnos va tillar ko`pincha bir-biriga mos tushgani uchun lingvistik tavsif etnik birliklarni ajratish va ularni kelib chiqishini Aniqlash asoslaridan biri bo`lib xizmat qiladi.
Olimlar asos tilidan boshlanuvchi tillar o`rtasidagi aloqalarni topishga harakat qilmokdalar. Chunonchi, bugungi kunda ma’lum bo`lgan ayrim til oilalari juda qadim zamonlarda «nastrategik» tillarning yagona oilasiga birlashganlar, degan taxmin ilgari surilgan. Bu taxminiy marosimlar Yevrosiyo va Afrika tillarini o`z ichiga olgan. Bo`lar: Xinevropa, qartvel, semit-hamit, ural, turk, mugul, Tunis-manchjur, koreys, dravid va boshqalar.
Tillar oilasi, ayniqsa, ularning guruhlari (til shaobchalari), tillar va ularda so`zlashuvchi xalqlarning soni nixoyatda ko`p, shu tufayli biz etnologik va etnik psixologiya uchun muhim bo`lgan asosiy oila va guruhlarni shuningdek, til oilalari va tillarni sanab utish bilan kifoyalanamiz.
Tillarning xindevropa oilasi.
Hozirgi davrda bu oila barcha kit’alarda mavjud bo`lib, qator ulik , qadimgi yozuv tillari uchun ham maqo`li edi. Olimlar tillarni xindevropa oilasining qaror topishi davrini bronza davri bilan va Hatto undan ham ilgarirokka bog`laydilar. Keyinchalik til guruhlarining ajralishi ro`y berdi, xindevropa tillarida so`zlashuvchi xalqlarning birlamchi shakllanishi ro`y bergan mintakalar Hozirgacha Aniq beliglanmagan, shu boisdan ham bu masalada qator ilmiy taxminlar mavjud.
Xindevropa oilasiga til guruhlari kiradi, quyida sanalgan xalqlar ana shu tilda so`zlashadilar: Shaxsiy Yevropa kichiq guruhi. Rus, ukrain, belarus xalqlari.
Garbiy slovyan kichiq guruhi. Slovyanlar, xo`rvatlar, chernogoriyaliklar, makedoniyaliklar, bolgarlar.
German guruhi. Xalqlar: nemislar, avstraliyaliklar, flomadlar, gollandlar, frizlar, afrikanlar, Yevropa va Amerika yaxudiylari, inglizlari, shotlandlar, shotland – irlandlar, anglo-afrikaneslar, anglo-avstraliyaliklar, anglo-yangizelandiyaliklar, anglo-kanadaliklar, barbadoslar, trinadatlar, geyanlar-kreollar, surinamlar-kreollar, shvedlar, norvegiyaliklar, ispanlar, fererliklar, dinyaliklar.
Roman guruhi. Xalqlar: italyanlar, sardinlar, sanmarinliklar, italyan-shvesarlar, korsikaliklar, retoromanlar, fransuzlar, monegaslar (monaqlar), normandlar, franko-shveysarlar, vallonlar, franko-kanadalar, gvadeluplar, martiniklar, gvianlar, gaitiylar, reyunonlar-kreolar, mavrikiylar-kreollar, seytellar, ispanlar, gibraltarliklar, meksikanlar.
Etnik qartaning janubiy q`ismida joylashgan davlatlardan Xindiston davlatining «Sati» udumi haqida.
Kuxna Xindistonning falsafasi, madaniyati, qadriyatlari negizi juda uzoq davrlarga borib takaladi. Eramizning oldingi 3001 yildan boshlab ma’naviyat olami shakllana borgan. «Vedak darvi» ana shu an’analarning tamal toshini qo`yib, xind tarixining mukaddimasidan urin egalladi. Ana shu davrda xind oriylari, zadagonlari, ok suyaqlari tomonidan yangicha bir udum kabo`l qilindi.
Agar xind adabiyotini, an’analarini, ma’naviyat durdonalarini qizikib ko`zdan kechirsangiz, sati degan tushunchani uchratasiz, bu so`zning lugaviy ma’nosini esa sanskrit tilidan topish mumkin. Ya’ni, bu ashtanob, sadokatli, iffatli ayol deganidir.
Mantikiy ma’nosi esa Sati (Parvati), Savitri, va Sitaga o`xshash o`zini eriga to`la bahshida etish kasb etadi.
Sati tushunchasi diniy, ruhiy; olam ahamyatidagi narcha bo`lganligi sababli kishi fikrini, tuyg`ularini o`ziga tamon tortadi.
Sati asosan uchta muqaddas ayol nomi bilan bog`lanib keladi. Bo`lardan biri Shixa xudosining xotini Parvati timsolida aks etsa, 2-si Satining eng yuqori andozasi bo`lgan Sitadir. Staning 3 – timsoli Savitri.
Sati udumining ideali ayol iffati xotindan to`la ma’nodagi axloqiy va ruhiy jasorat talab etgan. Shundan keyingina uni ulgan Eri bilan birga qo`ydirishgan. Sati idealini ayollik dunyosining umumiy ideali sifatida emas, faqatgina Sita, Savitri andozasi sifatida kabo`l qilish kerak.
Bevalarni tiriklayin utda qo`ydirishning tarixiy ramzlarini, belgisini izlaydigan bo`lsak, bu narsa VI asrga borib takaladi 510 yilga taalukli bir qadimiy bitikda yozilishicha, Marqaziy Xindistonning Yeron degan joyida Gaprata ismli bir zadogon janglarning birida xalok bo`ladi va uning beva q`olgan xotinlari, kanizlari o`zi bilan birga utda quyidiriladi. Shuningdek, Sati haqida qadimiy bitiklar Ratastxon va Nepalda VII-VIII asrlarda yaralgan. U bitiklarda yozilishicha, kirginbarot janglarda ko`pgina kishilar xalok bo`ladi va ularning beva q`olgan xotinlari ham xalok qilingan.
Abu Rayxon Beruniy Xindlar orasidagi sati udumini yaxshilab ko`zatgan. Yozadiki, «Xind ayollari nafaqat erlariga sadokat ramzi sifatida, balki o`zi uchun ham o`zini ko`rbon etadi».
Chunki bevalar o`zlarini utda qo`ydirmasalar, ularga zolimlarcha muomalada bo`lishgan. Aniqrogi, bevaga aylangan yashashga haqi yo`q edi.
Xind xalqining doxiysi, ulug yo`lboshchisi, millat otasi Moxatma Gandi xind ayollarini Sita, Savitri, Parvati kabi sof, pok, iffatli bo`lishiga Draupadi va Damyanti kabi irodali bo`lishiga chakirdi. Diniy va ijtimoiy isloxatchi Vivekakandaning ham Sita va Savitraga xirmati baland ekanligini, ayniqsa erlariga bo`lgan sadokat, hurmatini yuqori baholaydi.
Sati ideallarining erlariga bo`lgan oliyjanobligi, ezguligi negizida Dxo`rma yuzaga kelgan. Bu ta’limot Satini konun-koidalarini ma’lum bir qolipga solib turadi. Beva ayollarning ko`pchiligi shunga asoslangan xolda sati udumini amalga oshiradi.
Ko`pgina olimlar, yozuvchilar, tarixchilarning e’tirof etishicha XIV-XVI asrlarda beva ayollarni utda qo`ydirish Jannat Xindistonning Vitanayagar shtatida xaddan ziyod oshib ketgan. Shu sababdan sati yodgorliklarining ko`pchiligi ham Vatanayanagar shoxlari tomonidan tiklatilgan. Bu shtatning xoqimlari yodgorliklari nainki Vatayanagarda balki boshqa joylarda ham ko`rdirishgan. M. Krishnapurda Uddana Virobxadda ibodatxonasini ochishgan. XVII asrda esa Bangliyaning Qo`lin degan joyida sati udumi necha minglab beva ayollarning yostigini ko`rtgan. Qo`lin erkaqlarini bir emas bir necha xotinlari bo`lgan. Sati udumi qachondan boshlab ijtimoiy hayotga kuchli ta’sir ko`rsatgan? – degan savolga olimlar juda qiziqishgan. Masalan: doktor Rajendra Mitraning «Xind oriylari» kitobida yozishicha, sati udumi Makedonskiy Xindistonga hujum qilgan vaqtlarda ham juda rivojlangan.
Ingliz olimi Joun Kambrel Oman o`zining «Xindistonning madaniyati, urf-odatlari va irimlari manbai» nomli kitobida ham satining tarixiy negizlarini izlashga harakat qiladi.
Eduard Tampson va unga o`xshash olimlar bevalarini utda qo`ydirishni Kali xudosiga siginish, e`tiqod va unga bo`lgan burchlardan deb hisoblaydilar.
Ammo o`z-o`zidan ma’lumki, bu tushuncha sati udumi va uni noto`g`ri talqin qilishdan kelib chiqqan.
Garchand sati udumi xind ma’naviyatida ancha yillar davomida shakllanib kelgan bo`lsada, bu udum majburiyatini hamma birday kabo`l qilmagan.
Satiga nisbatan qarshiliklar uchrab to`rgan. Chunki xind ayollarining ayrimlari o`z erlariga bo`lgan sadokat, sodiklikni o`zini ko`rbon qilish yo`li bilan emas, balki boshqa yo`llar bilan ham isbotlashga harakat qilganlar. Hatto Xindistonning sharkiy q`ismlarida va Bangaliyada «Dayabxaga» tizimi ostida beva ayollar yashashi mumkin bo`lgan. Ammo xind ojizalari rasman mavjud bo`lgan satiga ochiq – oydin qarshilik qilishga botina olmasdilar. Shuning uchun bu udumga ko`prok ziyolilar qarshilik ko`rsatib kelishgan. Shuningdek VII asrda yashagan mashhur sanskrit olimi Bona Bxat sati udumini inkor qilishga intiladi. Ya’ni bu narsani dinga bo`lgan e`tiqoddan emas, balki, bir guruh oksuyaqlarning, xind oriylarining aqidaparastligidan izlashga harakat qiladi. Odamzod tugilgandan boshlab bu kuxna Dune sirlarini izlaydi. Sati udumi ham o`ziga xos sirli dunyosiga ega. Chunki, inson hayotiga evaziga amalga oshiriladigan bu udum bir qarashda ijtimoiy hayot uchun ham zararli ham zaharli kasallikday to`yo`ladi. Lekin satiga e`tiqod xano`z mavjud ekan, bu milliy qadriyat haqida bunaka xulosa chiqarib bo`lmaydi. Qolaversa, ancha taqiqlanishlarga qaramasdan bugungi kunda Rojastxon itoatida sati udumini amalga oshirish uchrab turadi. Etnik qartaning sharkiy q`ismida joylashgan yapon xalqi axoli jihatidan zich joylashgan bo`lib, axolisi 130 mln kishini tashkil etadi. Yaponiya bugungi kunda dunyoning rivojlangan davlatlaridan hisoblanadi, bu yerda asriy an’analar va urf-odatlar yaxshi saqlanib q`olgan.

Download 7,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish