Roman Yoshlar nashriyot uyi



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/25
Sana29.04.2022
Hajmi0,57 Mb.
#590979
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
асрга татигулик кунлар

Chingiz Aytm atov
Fantastik to ‘qimaning ahamiyatiga kelganda, o ‘z davrida 
Dostoyevskiy shunday deb yozgan edi: «Fantastika real voqe- 
lik bilan shu qadar omixtalashib ketsinki, siz unga qariyb isho- 
ning». Dostoyevskiy fantastika qonuniyatini aniq ta’riflagan. 
Haqiqatan ham, qadimgi xalqlar mifologiyasi deysizmi, Go­
gol, Bulgakov yoki M arkesning fantastik realizmi deysizmi, 
yoxud ilmiy fantastika deysizmi - bular bari qanchalik xil- 
ma-xil b o ‘lmasin, real voqelikka y o ‘g ‘irib tasvirlangani 
tufayli ishonarlidir. Fantastika real hayotning qaysidir to- 
m onlarini qabartib ko'rsatadi, « o ‘yin qoidalari»ni tayin 
etib, hayotning o ‘sha tom onlarini falsafiy um um lashtiradi 
va tanlab olingan xususiyatlarning rivojlanish potentsiyali- 
ni oxiriga qadar ochib berishga xizm at qiladi.
Fantastika - hayotni yangicha, favqulodda nazar bilan 
ko‘rishga yordam beradigan m ajoziy shakldir. A srim izda 
m ajoziy fikrlashga b o ‘lgan ehtiyoj odatdagi fantastika ola- 
m iga so ‘nggi yillar ilm iy-texnik kashfiyotlarning jad al kirib 
kelayotgani bilangina o ‘sib qolm adi, balki, to ‘g ‘riro g ‘i, 
iqtisodiy, siyosiy, g ‘oyaviy, irqiy singari m udhish ziddiyat- 
larga yem b o ‘layotgan dunyom izning o ‘zi aql bovar qilm as 
majozlarga boydir.
Shu bois ham ushbu rom anim da tasvirlangan S ario‘zak 
m ajozlari m ehnatkash insonga uning zam in im iz taqdiri 
uchun naqadar m a s’ulligini yana bir karra eslatib qo'yishini 
istar edim...
6


A srga tatigulik kun
Bui kitob jism u fig ‘onimdir mening,
Bu kalom jon-u jahonimdir mening.
Grigor Narekatsi «Musibatnoma» X asr
I
Qaqrab ketgan jarliklaru suvi qurigan soyliklarda rizq ilin- 
jida xo‘rak izlab chiqqan - tulkining joniga to ‘zim bersin. U 
yerteshar mayda jonivorlam ing u yoqdan-bu yoqqa g ‘izillab 
chopib o ‘tishini kuzatib ta ’qib qilar, goh yumronqoziq ini- 
ni shosha-pisha kovlay boshlar, goh o‘yib ketgan eski jarlik 
ichida berkinib yotgan kichkinagina q o ‘shoyoqning nihoyat 
tashqariga sakrab chiqishini poylab yotardi. M abodo chiqib 
qolguday b o ‘lsa, shu lahzadayoq tutib olib, m ijg‘ilab tash- 
lardi. O vga chiqqan och tulki tim irskilanib, asta-sekin 
tem ir y o ‘l sari yaqinlashib kela boshladi. Dashtlik b o ‘ylab 
bir tekis cho‘zilib ketgan qoram tir tem ir izlardan guldirab 
tevarak-atrofni larzaga solib, goh u tomon, goh bu tom on 
g ‘izillab o ‘tib turgan poyezdlar tulkini ham o ‘ziga chorlar, 
ayni chog‘da yuragiga g ‘uluv solardi; poyezdning ortida 
qolgan dim og‘ni achishtiruvchi dud va kuyindi hidini k o ‘p 
o ‘tm ay shamol atrofga tarqatib yuborardi.
K echga yaqin tulki y o i yoqasida turgan sim yog‘och 
ostidagi chuqurlikka kirib, u yerda qalin o ‘sib to ‘q-qizil 
rangda qiyg‘os u ru g‘lagan, lekin vaqti kelib quvrab qol­
gan otquloqlar ostiga g ‘ujanak b o ‘lib oldi va yer b ag ‘irlab 
esgan sham olning qovjiragan o ‘tlam i shildiratayotganidan 
g ‘ashi kelib, qulog‘ini ding qilgancha qorong‘ilik tushishini 
toqat qilib kutdi. Simyog‘ochlar ham nuqul g ‘uvillab turardi.



Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish