Rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi xalqaro menejment


partiyalari yoki cheklangan nomenklaturadagi mahsulotlarning yirik



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/214
Sana03.02.2022
Hajmi3,95 Mb.
#426662
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   214
Bog'liq
150 Xalqaro menejment. Darslik. T 2018


partiyalari yoki cheklangan nomenklaturadagi mahsulotlarning yirik 
partiyalarini sotish bilan shug‘ullanishni afzal ko‘radilar. Bu firmalar, 
odatda, bozorning konkret sektoriga ixtisoslashadi va shu sababli maxsus 
tovarlar sotish uchun kerakli bilimlar va keng aloqalarga ega bo‘ladi. 
Bunday 
kompaniyalar 
bilan 
qo‘shma 
faoliyat 
qaltisliklariga 
hamkorlikning ma’lum bosqichida ularning TMK xorijiy filiali mahsuloti 
bilan raqobatlashayotgan tovarni afzal ko‘rish imkoniyati, TMK xorijiy 
filiali 
mahsulotini 
sotish 
uchun 
ularda 
malakali 
xodimlarning 
yetishmasligi va hamkorlikka intilishlari ularning real imkoniyatlariga 
mos kelmasligi kiradi.
Bir necha kompaniyalarni tanishtiruvchi mahalliy agentlar bilan 
birgalikda ishlash TMK xorijiy filiali mahsulotining shu agent xizmatidan 
foydalanuvchi boshqa firmalar tovarlari va xizmatlari bilan shu 
kompaniyalar doirasida yashirin raqobat qilishi xavfini o‘z ichiga oladi. 
Biron-bir agentni xorijiy sherik sifatida tanlashdan oldin uning sof 
vijdonligi, umumiy bilimi, harakatchanligi va muayyan tovarlar va 
xizmatlar assortimenti bilan ishlash tajribasining mavjudligiga ishonch 
hosil qilish lozim.
Potensial sheriklarni to‘g‘ri baholash uchun ularning qaysilari 
ko‘proq mahalliy ma’muriyat va hukumat doiralarining ko‘magi va 
hurmatiga egaligi, shuningdek, ular xalqaro kompaniyaning qabul qiluvchi 
mamlakatdagi strategiyasini tushuna oladimi, qabul qiluvchi mamlakat 
bozoriga xalqaro kompaniya chiqarayotgan tovarlar va xizmatlar 
assortimentiga rozi bo‘la oladimi, xalqaro kompaniya xorijiy filialiga 
mahalliy bozorda ishonchli ishga doir aloqalarni ta’minlay oladimi, O‘z 
sotish tizimini taklif qila oladimi degan masalalarni aniqlab olish zarur. 
Muloqotga yaxshi kirishuvchan sherik bilan hamkorlik qilish 
maqsadga muvofiq, bu yangi bozorni o‘zlashtirish bilan bog‘liq 
asabiyliklarni yumshatadi. Biroq muloqotga kirishuvchanlik asosiy narsa 
emas. Ba’zan ko‘proq rasmiy muloqot qiluvchi mahalliy kompaniya 
mahalliy bozor bilan mustahkam aloqalarga ega bo‘lishi, samaraliroq va 
malakali ish yuritishi hamda xalqaro kompaniya talablariga ko‘proq mos 
kelishi mumkin.
Qabul qiluvchi mamlakatlik sheriklar, odatda, xalqaro kompaniya 
bilan qo‘shma faoliyatini ehtiyotkorlik bilan, ya’ni mahalliy bozorga 
birinchi ikki yil davomida pastroq baholarda kam turdagi mahsulotni 
chiqarish bilan boshlashni ma’qul topadi. Bu davr mobaynida shunday 


83 
muammolar vujudga kelishi mumkinki, ularning ta’siri natijasida xalqaro 
kompaniya bilan hamkorlik amalga oshmasligi mumkin. 
Shu bilan birga, xalqaro kompaniya mahalliy bozorni yaxshi 
biladigan sheriklarning takliflariga e’tibor bilan qarashi kerak. Xususan, 
mahalliy sherik qabul qiluvchi mamlakat bozoriga chiqarilayotgan 
tovarlar assortimentini o‘zgartirishni yoki qadoqlashni bezash va o‘ramda 
tovarlar birligi miqdorini mahalliy iste’molchilar didiga mos holda 
o‘zgartirishni asossiz bo‘lmagan tarzda taklif qilishi mumkin. 
Xalqaro kompaniya rahbariyati o‘tish davridagi mamlakatlarda bozor 
xo‘jaligi tizimi sharoitlarida faoliyat yuritishda katta tajribaga ega 
bo‘lmagan sheriklarni tanlash xususiyatlarini o‘rganishga alohida e’tibor 
beradi. Sheriklarni (xususan, MDH mamlakatlarida) tanlash bo‘yicha chop 
etilgan tavsiyanomalarning obzori sobiq Ittifoq respublikalarida sherik 
tanlayotgan xalqaro kompaniyalarning “9 qoida”sini ajratishga imkon 
beradi: 
1. Sherik haqidagi tasavvurga asoslanmasdan uni tekshirish va biznes-
rejasini o‘rganish. 
2. Sobiq Ittifoq korxonalari xodimlarining psixologiyasi va mahalliy 
an’analarini hurmat qilish. 
3. Hamkorlikni minimal hajmli bitimlardan boshlash. 
4. 
Kelishuvni 
imzolashdan 
avval, 
sherik 
bilan 
ishonchli 
telekommunikatsiya aloqasi o‘rnatilganligini aniqlash. 
5. Sherik firmalar javobgar xodimlarining familiyalari va real 
vakolatlarini aniq bilish. 
6. MDH mamlakatlarida tashqi savdo va xorijiy investitsiyalar 
haqidagi qonunchilikni chuqur o‘rganish. 
7. Ichki baholar qanday shakllanishini va ularni boshqa 
mamlakatlardan raqobatchi firmalar bergan takliflar bilan solishtirishni 
bilish. 
8. Mahsulot sifatini aniqlovchi standartlarning me’yorlarini bilish, 
chunki MDH mamlakatlari firmalarining xodimlari shu me’yorlarni
ma’qul ko‘radi. 
9. Soat farqlanishlarini hisobga olish. 


84 

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish