Variant -2
Korxona faoliyati turlar: operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyat.
Mahsulot assortimentini boshqarish.
Mahsulot assortimentini boshqarish va ishlab chiqarish maromiyligi tahlili
Korxonalar faoliyatida bir turdagi mahsulotni ishlab chiqarish hollarini juda kam xollardagina uchratish mumkin. Xattoki bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarda ham ularning turli assortimentlari tarkiblanadi.
Mahsulotlarning turlari buyicha reja bajarilishining tahlili bilan bir qatorda assortimenti tahlilini ham amalga oshirish zarur.
Mahsulot, ish va xizmatlarning turi va assortimenti tahlilida ularning segmentlar bo‘yicha taqqoslanadigan va taqqoslanmaydigan, profildagi va profilda bo‘lmagan turlari, asosiy va qo‘shimcha mahsulotlar turlari bo‘yicha turkumlanishi o‘rganiladi. Ular bo‘yicha reja topshiriqlarining bajarilishi, umumiy reja topshiriqlarining bajarilishida ularning ta’siri, mahsulotlar tuzilishidagi tarkibiy o‘zgarishlarga baho beriladi.
Mahsulotlar nomenkulaturasi – deb, miqdor holida tovarlar guruhlari, kichik guruhlari va pozitsiyalarini belgilashda hamda hisobga olishda qabul qilingan ro‘yxatidir.
Tovar (ish, xizmat)lar assortimenti - deb esa, mahsulotlarning ma’lum bir belgilariga qarab, ya’ni, uning turlari, navi, o‘lchami, markasi, artikullariga qarab ajratiladigan mahsulotlar xilidir.
Tovarlar nomenklaturasi va assortimentini o‘rganishda o‘rtacha assortiment rejasining bajarilishi tahlil etiladi.
Korxonada mahsulot ishlab chiqarish rejasi ortig‘i bilan, ya’ni 103 foizga bajarilgan. Ammo ayrim tur mahsulotlar bo‘yicha reja bajarilishi buzilgan. Buning natijasida assortiment rejasi bor yo‘g‘i 81.6 foizga bajarilgan. Bunga “S” va “D” mahsulotlar turi bo‘yicha rejada belgilangan ko‘rsatkichlarning bajarilmasligi sabab bo‘lgan. Ahamiyatli jihati shundaki, assortiment bo‘yicha reja bajarilishida ayrim tur mahsulotlar bo‘yicha rejaning ortig‘i bilan bajarilishi boshqa tur mahsulotlar bo‘yicha reja topshiriqlarini bajarilmasligini qoplamaydi.
Mahsulot turlari bo‘yicha rejaning bajarilishi har xil darajada bo‘lishi strukturani o‘zgarishidan dalolat beradi. Struktura bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishi uchun haqiqiy ishlab chiqarilgan mahsulotning barcha xillari rejalashtirilgan mahsulot tarkibi va tuzilishiga teng kelishi kerak. Ishlab chiqarilgan mahsulot strukturasining o‘zgarishi firmaning barcha iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ta’sir etadi. Mahsulot ishlab chiqarish tarkibida qimmatbaho mahsulot turlari ulushini ortishi tufayli mahsulot qiymat shaklida ortadi va buning aksicha bo‘lsa, qiymat shaklida mahsulot kamayadi. Xuddi shunday yuqori rentabellikka ega bo‘lgan mahsulot turlarini ortishi, rentabelligi past turlarini pasayishi tufayli umumiy foyda miqdori ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |