Rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi xalqaro menejment



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/214
Sana03.02.2022
Hajmi3,95 Mb.
#426662
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   214
Bog'liq
150 Xalqaro menejment. Darslik. T 2018

Xalqaro huquqiy tartibga solish
davlatlararo kelishuvlardan iborat. 
U ikki tomonlama va ko‘p tomonlama asosda amalga oshiriladi. Xorijiy 
investitsiyalarni rag‘batlantirish va himoya qilish haqidagi ikki tomonlama 
xalqaro shartnomalar xorijiy investitsiyalar statusini aniqlaydi va bir-
birining sarmoyalari uchun qabul qiluvchi mamlakatning milliy rejimini 
o‘zaro taqdim qiladi. Bu shartnomalar investitsiyalarni siyosiy 
tavakkalchiliklardan himoyalash to‘g‘risidagi nizomlar va bahslarni hal 
qilish tartibini o‘z ichiga oladi. Ko‘pgina kapital eksport qiluvchi davlatlar 
xalqaro ikki tomonlama kelishuvlarga qo‘shimcha ravishda kapital 
chiqarishni rag‘batlantirish uchun o‘z fuqarolari va huquqiy shaxslar 
xorijiy investitsiyalarini sug‘urtalashning davlat tizimlarini tashkil etishdi.


86 
Ko‘p tomonlama xalqaro-huquqiy tartibga solish ko‘p tomonlama 
universal shartnoma-kelishuvlar asosida amalga oshiriladi. Unda BMT 
tizimi muassasalari va integratsion birlashmalar (YeI, NAFTA, ASEAN 
va b.) ishtirok etadi. Xorijiy tadbirkorlik masalalari bo‘yicha eng mashhur 
ko‘ptomonlama universal konvensiyalarga 1965-yil “Qabul qiluvchi 
mamlakatlar va xorijiy xususiy sarmoyadorlar o‘rtasida investitsion 
bahslarni hal qilish haqida”gi Vashington konvensiyasi kiradi.
Bu konvensiyaga binoan unga qo‘shilgan davlatlar va investorlar 
bahslarni hal qilish uchun Xalqaro ta’mirlash va taraqqiyot banki (XTTB) 
qoshida investitsion bahslarni muvofiqlashtirish bo‘yicha Xalqaro 
markazga murojaat qilishi mumkin. Ko‘rsatilgan muassasaga murojaat 
etishning shart-sharoiti bo‘lib, ularning bahsni kelishtiruvchi tadbir yoki 
arbitraj sudi yordamida hal qilishga yozma roziligi hisoblanadi. 
1985-yil Seul konvensiyasi asosida XTTB qoshida xorijiy xususiy 
investitsiyalarni sug‘urtalash bo‘yicha Xalqaro agentlik (XXISXA) tashkil 
etilgan. Bu tizim bo‘yicha sug‘urtachi (XXISXA) sug‘urtalanuvchi 
(xorijiy investor) bilan imzolangan shartnomaga muvofiq siyosiy xavflar 
vujudga kelgan taqdirda sug‘urtalanuvchining sug‘urta shartnomasida 
ko‘rsatilgan miqdorni to‘lash majburiyatini oladi. Sug‘urtalanuvchi o‘z 
navbatida sug‘urtachiga har yili sug‘urta to‘lovini to‘lash majburiyatini 
oladi.
90-yillar oxirida Butunjahon savdo tashkiloti (BST) doirasida savdo 
bilan bog‘liq xorijiy investitsiyalarni tartibga soluvchi tizim – TRIMS 
(Trade Related Investment Matters) shaklida xorijiy investitsiyalarni 
ko‘ptomonlama xalqaro-huquqiy tartibga solish keng tarqaldi. TRIMS 
doirasida milliy hukumatlar faoliyatining muhim jihatlari qatorida 
quyidagilarni muvofiqlashtirish amalga oshiriladi:

xorijiy 
investorlar 
bilan 
qo‘shma 
korxonalarda 
ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotlarda milliy korxonalar mahsuloti ulushi (bu 
ushbu mahsulotlarni bojxona to‘lovlaridan ozod qilish sharti sifatida 
qaraladi); 

xorijiy investor korxonasining u bilan qo‘shma milliy korxona 
uchun mahsulotida import komponentlar ulushi ko‘rsatilgan korxona 
mahsulotining eksport hajmiga teng bo‘lishi haqidagi talab; 

xorijiy investor tashkil qilgan korxonalarda eksport hajmini 
cheklash. 
BST doirasida xalqaro kompaniyalar va milliy hukumatlar 
sarmoyaviy faoliyatini tartibga solishning yana bir yo‘nalishi bo‘lib 
Xizmatlar bo‘yicha bosh kelishuv (GATS) hisoblanadi. Bunday maxsus 


87 
kelishuvni qo‘llash zarurati tez o‘sib boruvchi xizmatlar sohasi va ishlab 
chiqarish eksporti ko‘pincha telekommunikatsiya va aloqa sohasida 
buxgalterlik va auditorlik faoliyat turlarida, axborot ma’lumotlarini qayta 
ishlash va dastur ta’minoti sohalarida xalqaro kompaniyalarning xorijda 
maxsus ishlab chiqarish filiallarini tashkil qilishini ko‘zda tutishi sababli 
vujudga keldi. 

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish