Rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi xalqaro menejment


Milliy kapital eksportini rag‘batlantirish



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/214
Sana03.02.2022
Hajmi3,95 Mb.
#426662
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   214
Bog'liq
150 Xalqaro menejment. Darslik. T 2018

 
Milliy kapital eksportini rag‘batlantirish 
 
Milliy kapital eksportini rag‘batlantirish masalasi davlatimiz tashqi 
iqtisodiy faoliyatidagi eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi, chunki 
“O‘zbekiston o‘zining kelajakdagi 
 
asosiy istiqbollaridan
 
biri – bu 
rivojlangan davlatlar safiga qo‘shilish, mamlakatni modernizatsiyalash, 
siyosiy, iqtisodiy islohotlarni davom ettirish va chuqurlashtirish, fuqarolik 
jamiyatini barpo etish, hamda shuning asosida o‘z fuqarolarining yuqori 
turmush tarzini ta’minlashda, deb biladi”
4
.
Iqtisodiyotda milliy kapital ortiqchaligi sezilayotgan davlatlar uning 
chet elga chiqarilishini rag‘batlantiradi. Davlatning xalqaro kompaniyalar 
eksport-investitsion faoliyatini qo‘llab-quvvatlashining asosiy shakllari: 
imtiyozli moliyalashtirish; foydaga soliq kamaytirilishi bilan bog‘liq 
yo‘qotishlarni qoplovchi maxsus kreditlash tizimi; potensial zararlarni 
sug‘urtalashning kengaytirilgan doirasi hisoblanadi. Oxirgi shakl raqobat 
erkinligi tamoyilini buzmaganligi va shu tarzda xalqaro kelishuvlar 
taqiqlash me’yorlarini ostiga tushmasligi sababli keng tarqaldi. Bundan 
tashqari turli mamlakatlarning davlat organlari o‘z eksporterlariga keng 
axborot doirasini taqdim etadi.
Xorijiy tadbirkorlik (shu jumladan, kapital) bilan shug‘ullanuvchi 
kompaniyalar o‘z davlatlari ko‘magini olishi uchun uchta asosiy shart 
bajarilgan bo‘lishi kerak: 
1. Xalqaro kompaniyalarning xorijiy filiallari foyda keltirishi, ya’ni 
ularning texnologiyasi ishonchli, ishlab chiqarishni tashkil qilishi samarali 
bo‘lishi kerak. 
4
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I. Karimovning BMT Sammitining yalpi majlisidagi nutqida
Выступление Президента Республики Узбекистан Ислама Каримова на пленарном заседании Саммита ООН 
«Цели развития тысячелетия» 20.09.2010 
www.UzA.Uz
 – Ўзбекистон миллий ахборот агентлиги расмий сайти


91 
2. Xalqaro kompaniyalarning xorijiy filiallari qabul qiluvchi 
mamlakat iqtisodiy rivojlanishiga ko‘maklashishi zarur. Ularning 
texnologiyasi 
qabul 
qiluvchi 
mamlakat 
mahalliy 
resurslaridan 
foydalanishga mo‘ljallangan mehnat sig‘imli bo‘lishi kerak. 
3. Xalqaro korporatsiyalarning xorijiy tadbirkorligi bosh kompaniya 
joylashgan mamlakat iqtisodiyotiga ishlab chiqarish, bandlik va h.k.ga 
zarar yetkazmasligi kerak. Masalan, Janubiy Koreya Moliya va iqtisodiyot 
vazirligi kapital chiqib ketishini to‘xtatish uchun ichki kapital 
qo‘yilmalarni xorijga investitsiyalar chiqarish sharti deb belgiladi. 100 
mln. AQSh dollaridan ortiq xorijiy loyihalarni moliyalashtirayotgan milliy 
kompaniyalar ichki kapital qo‘yilmalar hajmini 20 %ga ko‘paytirishni 
ta’minlashi kerak. 
Sarmoyador 
mamlakatlar 
hukumatlari 
xorijiy 
tadbirkorlikni 
rag‘batlantirib, o‘z milliy firmalariga nisbiy afzalliklarni amalga 
oshirishga ko‘maklashadi. Masalan, YеIda investitsiyalarga ko‘makla-
shish dasturi (European Community Investment Partners Program) amalga 
oshiriladi. 
90-yillarda 
uning 
asosida 
YеIga 
a’zo mamlakatlar 
kompaniyalarini ularning O‘rta yer dengizi, Osiyo va Lotin Amerikasi 
davlatlaridagi faoliyatida qo‘llab-quvvatlash amalga oshirildi. YеIga a’zo 
mamlakatlarning 1000 dan ortiq kompaniyalari qabul qiluvchi 
mamlakatlar firmalari bilan qo‘shma korxonalar faoliyatida va uzoq 
muddatli litsenzion kelishuvlarda ushbu dastur ko‘magida foydalandilar. 
Dastur 
qabul 
qiluvchi 
mamlakatlarda 
YеI 
a’zo mamlakatlari 
kompaniyalari loyihalarining barcha bosqichlarini moliyalashtirishga 
yordam beradiki, unga texnik-iqtisodiy asoslarni tayyorlashga grantlar, 
qabul qiluvchi mamlakatda qo‘shma korxonalar tashkil qilish sharoitlarini 
oldindan o‘rganishga, personal o‘qitishga va ITTKIga foizsiz qarzlar 
kiradi.
AQShda Amerikalik investorlarning xorijda xususiy xorijiy kapital 
qo‘yilmalarini moliyalashtirish bo‘yicha davlat korporatsiyasi – OPIK 
moliyalashtiradi. U Amerika kompaniyalarining bevosita xorijiy 
investitsiyalarini siyosiy tavakkalchilikdan sug‘urtalaydi va ularning 
samarali xorijiy faoliyati uchun yana qator xizmatlar ko‘rsatadi. Lotin 
Amerikasi va Karib havzasi mamlakatlarining iqtisodiy o‘sishini 
ta’minlash uchun maxsus rivojlanish dasturlari alohida ajralib turadi.
OPIK yordami quyidagi shartlarga rioya qilinganda beriladi:
a) Amerika kompaniyalarining bevosita xorijiy investitsiyalari 
AQShda bandlik darajasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kerak;


92 
b) ular moliyaviy jihatdan oqlangan bo‘lishi va yuqori foyda keltirishi 
kerak;
v) ular qabul qiluvchi mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga 
munosib hissa qo‘shishi lozim.
Yaponiya Eksport-import banki Yapon firmalarining bevosita xorijiy 
investitsiyalarini moliyalashtiradi va Yapon firmalari bilan qo‘shma 
korxonalar tashkil qilish uchun xorij hukumatlari va xususiy 
kompaniyalarga qarzlar beradi. Bu bank, shuningdek, xorijda ijtimoiy 
infratuzilma loyihalarini sarmoyalovchi Yapon firmalariga kafolatlar 
beradi. Bundan tashqari Yaponiyada rivojlanayotgan davlatlarni 
investitsiyalashga budjetga soliq ajratmalarni kamaytirish ko‘rinishidagi 
imtiyozlar mavjud.
TMK, odatda, bosh kompaniyalar joylashgan mamlakatlar va qabul 
qiluvchi 
mamlakatlar hokimiyat tuzilmalarida 
o‘z manfaatlarini 
himoyalashni tashkil etadi. Bunda iqtisodiyotni muvofiqlashtirish davlat 
organlari xalqaro kompaniyalar istaklarini har doim ham va darhol 
bajarmaydilar. Bu istaklar ba’zan milliy firmalar, ishchi va xodimlar 
manfaatlariga, muayyan mintaqa ekologiyasiga va budjet imkoniyatlariga 
zid keladi.
Shu bilan birga, davlat iqtisodiyot tarmoqlarini va mintaqalarni 
cho‘zilib ketgan inqirozdan chiqarish maqsadida ustuvor rivojlantirishdan, 
jadal fan-texnika taraqqiyoti sharoitlarini yaratishdan, tarmoqlar va 
mintaqalar ichki va butun xalq xo‘jaligida ilg‘or tarkibiy o‘zgarishlarni 
amalga oshirish uchun sharoitlar yaratishdan manfaatdor bo‘lganda, u 
xalqaro kompaniyalarga moliyaviy stimul va davlat kapital qo‘yilmalari 
yo‘li bilan rag‘batlantiruvchi ta’sir etadi. 90-yillarda ko‘p davlatlar 
siyosatida ichki bozorlar hajmini kengayishi, iqtisodiyotni tartibga 
solishda davlat rolini cheklash, korxonalarni xususiylashtirish, erkin savdo 
zonalarini tashkil qilish kabi xalqaro kompaniyalar uchun jozibali 
tendensiyalar namoyon bo‘ldi. 
Global menejer xalqaro kompaniya xorijiy filiali tashabbuslariga 
qabul qiluvchi mamlakat ma’muriy organlarining munosabatini oldindan 
ko‘ra olishi muhim. Turli vaziyatlarda xalqaro tashkilotlarning qabul 
qiluvchi davlatlar hukumatlari bilan ko‘p yillik munosabatlari tajribasi 
xalqaro iqtisodiy hamkorlikning uchta asosiy komponentini (tovarlar va 
xizmatlar, texnologiyalar, bevosita xorijiy investitsiyalar) mamlakatga 
kiritish va chiqarishga qarab qabul qiluvchi mamlakat siyosatidagi 
yo‘nalishlarni turkumlash imkoniyatini beradi (3-jadval). 

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish