Rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi xalqaro menejment



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/214
Sana03.02.2022
Hajmi3,95 Mb.
#426662
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   214
Bog'liq
150 Xalqaro menejment. Darslik. T 2018

Qisqacha xulosalar 
 
1. Raqobatchi firmaning tuzilishi va strategiyasi aspekti. Bunda 
mahalliy raqobatchi-firmalar qanday strategiya tanlashini, raqobatli 
kurashda ulardan o‘zish imkoniyati darajasini, xalqaro kompaniyaning 
mo‘ljallanayotgan faoliyat sohasi qabul qiluvchi mamlakat millati 
psixologiyasiga javob berishini aniqlab olish zarur. 
2. Xizmatlarning ishlab chiqarish va ko‘rsatish sharoitlari aspekti. Bu 
yo‘nalishdagi tahlil predmeti sifatida quyidagi omillar xizmat qiladi: 
iqtisodiyotning qaysi tarmoqlarida qabul qiluvchi mamlakatning nisbiy 
afzalliklari 
yaqqolroq 
namoyon 
bo‘ladi, 
xalqaro 
kompaniyani 
qiziqtiruvchi iqtisodiyot sohalarida ITTKI uchun asos mavjudligi va 
nihoyat, qabul qiluvchi mamlakat xalq xo‘jaligidagi zaif tomonlarning 
(kapitalning yetishmasligi, fan–texnika sohada orqada qolish va h.k.) 
xorijiy sarmoyadorlarning faoliyati bilan to‘ldirilishi mumkinligi. 
3. Sotish sharoitlari. Ular milliy iste’molchilar tomonidan talablarning 
murakkablik darajasi va xususiyatlari, shuningdek, qabul qiluvchi 
mamlakatda sotish kanallarining jahon bozorida qabul qilingan 
kanallardan farqlanishi bilan aniqlanadi. 
4. Qardosh tarmoqlar va yetkazib beruvchilar. Bu holatda xalqaro 
kompaniyani qabul qiluvchi mamlakatda uning mahsulotini yirik 


101 
iste’molchilari mavjudligi haqidagi axborot qiziqtiradi. Ishlab chiqarish 
xarajatlarini pasaytirish uchun u yerda loyihalashtirilayotgan firmani 
xomashyo va materiallar bilan ta’minlovchi tarmoqlarni rivojlantirish 
muhim ahamiyat kasb etadi. TMK xorijiy filiali faoliyat sohasini 
tanlashda keyingi muhim omil bo‘lib, mahalliy firmalar – potensial 
yetkazib beruvchilarning texnik darajasi (sifatli yig‘ma detallarni yetkazib 
berish imkoniyatiga egaligi) hisoblanadi.
 
5. Bosh kompaniya xorijiy tadbirkorlik uchun mamlakat tanlashga 
katta e’tibor qaratadi. Biror mamlakatda xorijiy filialni tashkil qilish 
haqida qaror qabul qilishdan avval potensial qabul qiluvchi mamlakatlar 
sharoitlarini to‘rtta asosiy aspektda, ya’ni bozor, iqtisodiy, mahalliy 
sharoitlar xususiyatlari va raqobatbardoshlik aspektlarida o‘rganib 
chiqiladi. 
6. Davlat xorijiy xalqaro kompaniyalar bilan o‘z munosabatlari 
vakolatga ega davlat muassasalari va jamoat tashkilotlarining xalqaro 
kompaniyalar faoliyatini barqarorlashtirishga qaratilgan qonunchilik, 
ijroiy va nazorat xarakteridagi tadbirlar tizimi yordamida tashkil qiladi.
7. Xalqaro kompaniyalar investitsion faoliyatini davlat tomonidan 
tartibga solishning keng tarqalgan vositalariga milliy firmalar hissadorlik 
kapitalida xorijiy investor ulushini cheklash; ishlab chiqarishni 
boshqarishdagi cheklashlar foydani taqsimlashda maksimal ulushni 
aniqlash; litsenziyalar patentlar berish shartlari; buxgalterlik hisobotini 
tekshirish kiradi. 
8. Xalqaro kompaniyalarning qabul qiluvchi mamlakatda o‘z xorijiy 
filiallarini tashkil etish maqsadlari: 

sotish bozorlarini kengaytirish; 

eksport hajmini ko‘paytirish; 

xomashyo materiallari bilan ta’minlash; 

antiqa texnologiyalarni xarid qilish; 

faoliyat samaradorligini oshirish. 
9. Qabul qiluvchi mamlakat xalqaro kompaniyalarni quyidagi 
tadbirlar yordamida o‘z iqtisodiyotiga jalb qiladi: tartibli tadbirlar, soliq 
imtiyozlari, imtiyozli shartlarda subsidiyalar va qarzlar berish, savdo 
imtiyozlari, xorijiy firmalar tadbirkorlik faoliyatiga ko‘maklashish. 
10. Qabul qiluvchi mamlakatda xalqaro kompaniyalar faoliyati ikki 
usulda – milliy-huquqiy va xalqaro-huquqiy yo‘llar bilan tartibga 
solinadi. 
11. O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini 
rivojlantirish uchun TMKlarni va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish 


102 
siyosati mavjud mablag‘lardan vaqt va imkoniyatdan samarali 
foydalanishga, amaldagi shart-sharoitlardan kelib chiqib, boyliklarni 
samarali joylashtirish va shu yo‘l bilan respublika iqtisodiyotini 
yuksaltirish, uning jahon iqtisodiy tizimiga qo‘shilishiga rag‘batlantirish 
yo‘li bilan investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga jalb 
qilishga hamda ulardan samarali foydalanishga qaratilgan. 

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish