Rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi xalqaro menejment


Investitsiyalarni kafolatlash bo‘yicha ko‘p tomonlama agentlik



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/214
Sana03.02.2022
Hajmi3,95 Mb.
#426662
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   214
Bog'liq
150 Xalqaro menejment. Darslik. T 2018

Investitsiyalarni kafolatlash bo‘yicha ko‘p tomonlama agentlik 
(IKKA) - Investitsiyalarni kafolatlash bo‘yicha ko‘p tomonlama agentlik 
(ing. Multilateral Investment Guarantee Agensy) - Jahon banki guruhiga 
kiruvchi mustaqil xalqaro tashkilotdir. IKKAning asosiy maqsadi bo‘lib, 
rivojlanayotgan mamlakatlarga xorijiy to‘g‘ri investitsiyalarni yo‘nalti-
rishga ko‘maklashish, shuningdek, axborot va konsultatsiya xizmatlarini 
ko‘rsatish hisoblanadi. Shu bilan birga, IKKA siyosiy risklardan 
sug‘urtalashni yoki rivojlanayotgan mamlakatlarga xorijiy to‘g‘ri 
investitsiyalarni rag‘batlantirish maqsadida kafolat berishni amalga 
oshiradi.
 
IKKA 1988-yildaa’zo mamlakatlarning badallari evaziga tashkil 
topgan. Hozirgi kunda 2010-yil holatiga ko‘ra IKKAga 175 mamlakat 
a’zolikka qabul qilingan
64
. IKKA xalqaro tashkiloti to‘g‘risidagi 
konvensiya 
1985-yil 
11-oktyabrda 
Vashingtonda 
imzolangan. 
Shuningdek, shtab-kvartirasi ham Vashingtonda joylashgan. 
IKKA kafolati investorlarni, shartnoma shartlarini buzishdagi, harbiy 
va fuqarolar g‘alayonidagi, musodara qilishdagi hamda mablag‘larni 
o‘tkazishdagi cheklovlarda yuzaga keladigan risklardan himoya qiladi. 
Ammo tijorat risklarini sug‘urtalash, masalan, bankrotlik riski amalga 
oshirilmaydi. IKKA rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasida bo‘ladigan 
investitsiya munosabatlarini ham sug‘urtalashni amalga oshiradi. 
IKKA kafolatiga mamlakatda ro‘yxatdan o‘tmagan faoliyati 
investitsiya bilan bog‘liq bo‘lgan xususiy firma va fuqarolar ham 
davogarlik qilishi mumkin. Kafolat 3 yildan tortib, 15-20 yil muddatgacha 
amalga oshiriladi. Jahon banki kafolatidan farqli tomoni shundaki, 
investitsiyalash uchun mamlakat hukumatidan qarshi kafolat talab 
qilinmaydi. 
Shu bilan birgalikda IKKA kreditlar bermaydi hamda mustaqil 
investor bo‘lib hisoblanmaydi. Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab 
chiqarish hamda qimor o‘yinlarini tashkil etish uchun qilingan 
investitsiyalarga kafolat berilmaydi. Hozirgi paytda kafolatlashning 
maksimal miqdori bitta investitsion loyiha uchun 110 mln. AQSh dollarini 
hamda bitta mamlakat uchun 440 mln. AQSh dollarini tashkil qiladi. 
64
www.mfino.ru 


254 
Qayta sug‘urtalash va birgalashib sug‘urtalashda ushbu chegara sezilarli 
darajada ortiq bo‘lishi mumkin
65

Shuningdek, rivojlanayotgan mamlakatlarda yuzaga kelishi mumkin 
bo‘lgan notijorat risklar quyidagilar bo‘lishi mumkin:

milliy valyutaning erkin ayirboshlashni to‘xtatish va bu bilan 
bog‘liq investor mamlakatiga daromadlarni o‘tkazish bilan bo‘ladigan 
muammolar; 

investor mulkining barbod bo‘lishi;

harbiy harakatlar; 

to‘ntarishlar va ijtimoiy-siyosiy vaziyatning o‘zgarishi; 

hukumat qarori natijasida shartnomaning bajarilmay qolishi. 
O‘z oldiga qo‘ygan maqsadni amalga oshirish uchun IKKA yuqorida 
keltirilgan notijorat risklarga kafolatlarnigina emas, balki rivojlanayotgan 
a’zo mamlakatlarning hukumat organlariga siyosatni ishlab chiqish va 
amalga oshirishga nisbatan dastur va tartib yuzasidan maslahatlar beradi 
hamda xorij investorlarini qo‘llab-quvvatlaydi. 

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish