1 8 2
shini rag‘batlantiradi, ya’ni bir vaqtning o‘zida ishlab chiqarishning
natijasi va sababchisi bo‘lib maydonga chiqadi.
Jamiyat rivoji
jarayonida ehtiyoj o‘zgarib va o‘sib boradi. Bittasi yo‘qoladi, yangisi
paydo bo‘ladi. Ehtiyojlarning iyerarxiyasi, tarkibi va miqdoriy
o‘zgarish bilan birga sifat o‘zgarishi ham yuz beradi. Ijtimoiy va
madaniy ehtiyojlar oshib boradi. Bugungi kunda bu ayniqsa,
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Inson yangi hayotiy tajriba orttira
borib, yangi ehtiyoj hosil qiladi. Amaliyot — ehtiyojlar o‘sishining
eng muhim omilidir. Iste’mol tovarlariga ehtiyoj va talab iqtisodiy,
ijtimoiy, demografik, tabiiy iqlim sharoitlari ta’sirida vujudga
keladi. Haqiqiy bozor siyosatida talabni har tomonlama o‘rganish,
uning rivojlanish xususiyatlari va qonuniyatlarini tahlil qilish,
miqdoriy va tarkibini istiqbollash zarur. Bozorda mavjud bo‘lgan
tovarlarning taklifi va unga bo‘lgan talab baho mexanizmi bilan
bog‘liqdir.
Baho — tovarning pulda ifodalangan qiymati sifatida iste’mol
bozorining to‘laligiga sezilarli ta’sir qiladi. Baholar ko‘tarilganda
tovarlarga talab qisqarishi, pasayganda talab oshishi zarur. Shu
bilan birga bahoning o‘zi ham talab va taklif ta’sirida bo‘ladi.
Bozor baholarining haqiqiy baholardan (yangi tovar qiymatidan)
chekinishi turli tovarlar uchun turlichadir. Ba’zi bir tovarlar
uchun taklifning talabga moslashishi, ularning muvozanatlanishi
boshqalarga nisbatan tez va oson ko‘chadi. Bahoning iste’mol
tovarlari bozori sig‘imiga ta’siri o‘zaro bog‘liq omillar bilan
aniqlanadi. Bular — ishlab chiqarishning miqdori va tarkibi,
iste’molchining tovarli va tovarsiz qismi nisbati, xomashyo
qiymati va boshqalardir. Ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan
omillar ham mavjud. Ularga, masalan, shu mahsulotga bo‘lgan
zaruriy talab va uning qondirilishi darajasini misol qilib keltirish
mumkin. Kundalik ehtiyoj tovarlari (asosiy
oziq-ovqat
mahsulotlari, kiyim-kechak va boshq.)ga talab — baholarning
yuqori bo‘lishiga qaramasdan, doim yuqori bo‘ladi, aksincha,
ba’zi tovarlarga bo‘lgan bugungi talab to‘la qondirilsa ham, u
bozor sig‘imining kengayishiga ta’sir qilmaydi. Baholar, bir
tarafdan zaruriy ijtimoiy xarajatlarning pulli o‘lchovidir,
ikkinchidan, ishlab chiqarish va iste’molchining keyingi rivoji
uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar to‘plamining yig‘uvchisi
(akkumulatorlari)dir. Chakana narxlarda taqsimot munosa-
batlarining ijtimoiy-iqtisodiy tomonlari, ya’ni, avvalo, jamg‘arma
va iste’molning nisbati, davlat budjeti resurslarini tashkil qilish
o‘z aksini topadi.
1 8 3
Talab, taklif va baho bozorning asosiy elementlari bo‘lib, ular
o‘zaro doimo dialektik aloqada bo‘ladi. Ularning harakati talab
va taklif iqtisodiy qonunini aks ettiradi. Bu qonunning asosiy
mohiyati — talab va taklif miqdori va tarkibining bir-biriga mos
kelishi, ya’ni ularning muvozanatidir. Bu esa ulardan ishlab
chiqarishning yuqori darajada o‘sishini hech bir to‘siqsiz
realizatsiya qilish ularning o‘zaro bir-biriga mos kelishini talab
qiladi. Talab va taklif orasidagi mutanosiblik ijtimoiy ishlab
chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalari va iste’mol
buyumlari bilan, mehnat unumdorligining o‘sishi jadalligi va
aholining daromadi nisbati bilan, baholarning umumiy darajasi
va alohida tovarlarning bahosi bilan bog‘liqdir. Bu mutanosiblikka,
ayniqsa, ehtiyojlarning o‘sib borishi qonuni katta ta’sir ko‘rsatadi.
Chunki bu qonun ta’sirida xaridorlarning bozordagi tovarlar
assortimenti va sifatiga bo‘lgan talabi kuchayadi. Talab va taklif
qonuni tovar ishlab chiqarishga asoslangan har qanday ijtimoiy-
iqtisodiy jamiyat uchun xarakterlidir. Bu qonunning amal
qilmasligi natijasida bozor elementlari butunlay yo‘q qilingan
edi. Mana shuning uchun har doim talab va taklif mavjud bo‘lgan
bozor faoliyati natijasida o‘ylab topilgan marketingga qiziqish
bugungi kunda kuchayib boryapti.
Do'stlaringiz bilan baham: