9.Òzbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar (fuqarolik jamiyati tushunchasi, modernizatsiya, demokratik davlat)
Ozbekiston yangi jamiyat qurishda adolat va haqiqat goyasiga asoslanmoqda. Respublikamizda odamlar oz qobiliyati va ehtiyojlarini tola namoyon qilish va amalga oshirishlari uchun zarur bolgan dastlabki teng imkoniyatlarni, shu jarayonni vujudga keltiradigan huquqiy mexanizmni yaratishga katta etibor berildi. Negaki, busiz adolatli jamiyat qurib bolmaydi. Ana shunday imkoniyatlar yaratilgandan keyingina, har bir insonning taqdiri, turmushi, jamiyatdagi orni uning oziga, salohiyatiga mehnat qilish istagi, oqil-u uddaburonligiga bogliq boladi.
1993- yil 2- sentabrda Fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari togrisida Ozbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Unga binoan, qishloq, posyolka (shaharcha)larda davlat hokimiyati vakillik organlari qishloq, posyolka sovetlari tuzilmaydigan boldi, ularning orniga ozini ozi boshqarish organlari mahalla qomitalari tuzildi. Shunday qilib, fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari mahalliy hokimiyat tizimidan ajratildi. Biroq ular bir-biridan mutlaqo ajratilgan holda faoliyat korsatmaydi, ularning bogliq tomonlari mavjud.
2017 yil 6 fevralda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Ozbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boyicha Harakatlar strategiyasining qabul qilinishi mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning yangi bosqichi boshlandi. Davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan Harakatlar strategiyasida mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi tarkibida fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning mexanizmlari belgilab berildi. Bu amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini yanada yuksaltirish, davlat va jamiyatni har tomonlama uygun va jadal taraqqiy ettirish uchun sharoitlar yaratish, barcha sohalarni modernizatsiya qilish va erkinlashtirishdek ezgu maqsadlarga xizmat qiladi.
10. 10. Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada kuchaytirish va yuqori iqtisodiy o'sish sur'atlarini ta'minlash (2017-2021 yillarga mo'ljallangan harakat strategiyasi, modernizatsiya, milliy iqtisodiyot)
Davlat mustaqilligi qo'lga kiritilgach, O'zbekiston umumbashariy, jahon sivilizatsiyasining katta yo'liga tushib oldi. O'zbekiston bozor munosabatlarini shakllantirishni, milliy an'analarga asoslangan o'z yo'lini tanlab oldi. O'zbekistonda bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo'li ishlab chiqildi. O'zbekistonda islohotlar boshlangan dastlabki paytdayoq, uning asl maqsadi insonga munosib turmush va faoliyat sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat deb belgilangan edi. Bozor munosabatlariga o'tishning ilk davridan boshlab aholini oldindan ijtimoiy himoyalash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko'rib borildi. 2017 yil 6 fevralda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Ozbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boyicha Harakatlar strategiyasining qabul qilinishi mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning yangi bosqichi boshlandi. Davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan Harakatlar strategiyasida mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi tarkibida fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning mexanizmlari belgilab berildi. Bu amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini yanada yuksaltirish, davlat va jamiyatni har tomonlama uygun va jadal taraqqiy ettirish uchun sharoitlar yaratish, barcha sohalarni modernizatsiya qilish va erkinlashtirishdek ezgu maqsadlarga xizmat qiladi.
11. Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakillanishi. O‘zbekistonda bozor munosabatlarining shakillanishi (bozor munosabatlari, ko'p ukladli iqtisodiyot, xususiy mulk, xususiylashtirish)
Mustabid tuzumdan qolgan iqtisodiy meros mustaqillik yillarida iqtisodiy hayotimizda ro'y bergan yangilanish, tub o'zgarishni yoritishga kirishar ekanmiz, avvalo, eski mustabid tuzumdan bizga qanday iqtisodiyot meros bo'lib qolganligini eslaylik. O'zbekiston qaramlik davrida o'z tabiiy boyliklarjga, yer-suv, o'rmon va boshqa resurslariga o'zi egalik qila olmasdi, iqtisodiy taraqqiyot yo'lini o'zi belgilay olmasdi. Respublika hududida qurilgan va faoliyat ko'rsatayotgan korxonalar markazga bo'ysundirilgan edi. O'zbekiston rahbariyati, xalqi o'z hududida qancha mahsulot ishlab chiqarilayotgani, ular qayerga realizatsiya qilinayotgani va qancha daromad keltirayotganidan bexabar edi. Moliya-kredit, bank siyosati yuritishda qaram edi, o'zining milliy valyiitasiga, valyuta jamg'armasiga ega emasdi.
Agrar islohotlar. Agrar islohotlarga ustuvorlik berildi. Negaki, respublika aholisining 62 foizi qishloqda yashaydi, qishloq xo'jaligida YalM ning 30 foizi, mamlakat valyuta tushumlarining 55 foizi shakllanadi. Agrar islohotlar natijasida qishloq xo'jaligidagi davlat tasarrufidagi mulk xususiylashtirildi. Bugungi kunda qishloq xo'jaligida nodavlat sektorining ulushi 100 foizni tashkil qilmoqda. Islohot yillarida odamlarga shaxsiy tomorqa uchun qo'shimcha ravishda 550 ming gektar sug'oriladigan yer ajratildi va shaxsiy tomorqa uchun berilgan yer maydoni 700 ming gektarga yetdi, 9 milliondan ortiq odam ana shu yer hosilidan foydalanmoqda.
Iqtisodiyotning barqarorlashuvi va rivojlanishi Mustaqillikning dastlabki yillarida sanoat va qishloq xo'jalik mahsulotlari ishlab chiqarish tobora pasayib bordi, xo'jalik yuritish murakkablashib qolgan edi. Buning sababi, O'zbekiston iqtisodiy jihatdan qaram bo'lib, korxonalari mustaqil xo'jalik yurita olmasdi, boshqa hududlarda joylashgan zavod, fabrikalardan keltiriladigan asbob-uskuna va butlovchi qismiarga butunlay qaram edi. Sobiq Ittifoq parchalangach, aloqalar uzildi. Natijada ko'pgina korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish keskin kamaydi, ayrimlari to'xtab qoldi. Shu boisdan, O'zbekistonda iqtisodiy tanglikdan chiqish, makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish tadbirlari ko'rildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |