Rivojlanish psixologiyasi va differensial psixologiya


Kurs ishi mavzusining ishlanganlik darajasi



Download 32,96 Kb.
bet2/6
Sana28.03.2022
Hajmi32,96 Kb.
#514914
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi

Kurs ishi mavzusining ishlanganlik darajasi. Turli yosh bilan bog‘liq inqirozlar va aqliy qobiliyatning yoshga bog‘liq xolda rivojlanishi masalasi qator psixologlar tomonidan qaydetilgan. O‘smirlik davri va boshqa yosh davrlari inqiroz va aqliy qobiliyatlarning yoshga bog‘liq jihatlarini tadqiq etish bo‘yicha psixologiya juda boy tajribaga ega. Chet el psixologlaridan J.Piaje, Dj.Kelli, A.Vallon, Rus psixologlaridan L.S.Vigotskiy, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontev, L.I.Bojovich, V.A.Muxina, E.A.Golubeva, N.S.Leytes, o‘zbek psixologlaridan M.G.Davletshin E.G‘.G‘oziev, B.R.Qodirov, Z.T.Nishanova va boshqalar tafakkur va aqliy qobiliyatning yoshga bog‘liqligini turli yo‘nalishlarda o‘rganganlar. Jumladan taniqli o‘zbek psixologi E.G‘.G‘ozievning «Tafakkur psixologiyasi» nomli asarida bu boradagi tadqiqotlar keng yoritilgan.
Kurs ishining maqsadi. Ushbu kurs ishi mavzusining maqsad hamda vazifasi o’smirlik davri psixik rivojlanish xususiyatlari, o'smir inqirozning mohiyatini ochish, inqirozning namoyon bo'lishining o'ziga xos xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir.
Kurs ishining predmeti. O‘smirlik davri va uning psixologik xususiyatlari o‘smirlik inqirozlarni o‘rganishdan iboratdir.
Kurs ishining vazifalari:

  • O‘smirlikning asosiy xususiyatlarini ko'rib chiqish;

  • O‘smirlik inqirozdan chiqish usullarini tavsiflab berish;

  • Ushbu masala bo'yicha adabiyotlarni o'rganish;

Kurs ishining tuzilishi. Ushbu kurs ishi kirish, 2ta bob 4ta bo‘lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat.

I.BOB O‘SMIRLIK DAVRI PSIXIK RIVOJLANISH HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT
1.1 O‘smirlik davri va ushbu davrdagi psixik o‘zgarishlar tahlili.
O‘smirlik 10-11 yoshlardan 14-15 yoshlargacha bo‘lgan davrni tashkil etadi. Hozirgi o‘smirlar o‘tmishdoshlariga nisbatan jismoniy aqliy va siyosiy jihatdan bir muncha ustunlikka ega. Ularda jinsiy etilish, ijtimoiylashuv jarayoni, psixik o‘sish oldinroq namoyon bo‘lmoqda. Aksariyat o‘quvchilarda o‘smirlik yoshiga o‘tish, asosan, 5-sinflardan boshlanadi. «Endi o‘smir bola emas, biroq katta ham emas» — ayni shu ta’rif o‘smirlik davrining muhim xarakterini bildiradi.
O‘smirlik – bolalikdan kattalikka o‘tish davri bo‘lib, fiziologik va psixologik jihatdan o‘ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda bolalarning jismoniy va psixik taraqqiyoti juda tezlashadi, hayotdagi turli narsalarga qiziqishi, yangilikka intilish ortadi, xarakteri shakllanadi, ma’naviy dunyosi boyiydi, ziddiyatlar avj oladi. O‘smirlik balog‘atga etish davri bo‘lib, yangi hislar, sezgilar va jinsiy hayotga ta`luqli chigal masalalarning paydo bo‘lishi bilan ham xarakterlanadi Bu yoshda o‘smir rivojida keskin o‘zgarishlar ro‘y bera boshlaydi. Bu o‘zgarishlar fiziologik hamda psixologik o‘zgarishlardir. O‘smirlar o‘zlarini kattalardek tutishga harakat qiladilar. Ular o‘zlarining layoqat, qobiliyat va imkoniyatlarini ma’lum darajada o‘rtoqlari va o‘qituvchilariga ko‘rsatishga intiladilar. Bu holatni oddiy kuzatish yo‘li bilan ham osongina ko‘rish mumkin. Shu sababli o‘smirlik davri «o‘tish davri», »krizis davr», «qiyin davr» kabi nomlarni olgan psixologik ko‘rinishlari bilan xarakterlanadi.
Chunki, bu yoshdagi o‘smirlarning xatti-harakatida muqobil, yangi sharoitlarda o‘z o‘rnini topa olmaganligidan psixik portlash hollari ham kuzatiladi. O‘z davrida L.S. Vigotskiy bunday holatni “psixik rivojlanishdagi krizis» deb nomlagan. Kichik maktab davridan so‘ng bola alohida olingan shaxs sifatida o‘z-o‘ziga munosabatini shakllantirish jarayonida asosan ikki bosqichni boshidan kechiradi. Bu bosqichlar o‘smirlik yoshini ikki xil davrga — kichik o‘smirlik davri va katta o‘smirlik davrlariga to‘g‘ri keladi. Birinchi bosqichda o‘smir o‘zini ”bola”lardan ajratib, endi o‘zini kattalar olamiga mansubligini ta’kidlamoqchidek bo‘ladi. Kattalar hayotiga kirishga qiziqish o‘smirlarning asosiy xarakteristikalari hisoblanadi.
Bu davr uchun kattalarning xatti-harakatlariga taqlid qilish va o‘zining mana shu yarashmagan qiliqlariga tanqidiy baho bera olmaslik, uning katta yoshli kishilarga yaqin bo‘lishi, yordam berayotgan bir guruh tengdoshlari bilan ortiq darajada bog‘liq bo‘lib qolishi va shu singari holatlar xarakterlidir. Ikkinchi bosqichda o‘smir endi o‘zining yosh bola emasligiga shubha qilmaydi va o‘zligini aniq anglay boshlaydi, o‘z shaxsini ulug‘lab, o‘ziga xos harakatlar qila boshlaydi. O‘smirlarni o‘z shaxslari haqidagi fikrlar ko‘prok qiziqtiradi.
O‘smir o‘zining juda ko‘p istaklari, «xohlayman»larini amalga oshirishga intiladi: katta yoshli odamlar ega bo‘lgan hamma narsalardan foydalanishga, erkin, mustaqil va ozod bo‘lishga intiladi. Tevarak-atrofdagi odamlarga o‘zining ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatish uchun u kuchli, ko‘rqmas va epchil bo‘lishga intiladi. Ana shunday «xohlayman» va «kerak» o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar ba’zan oilada, maktabda, keskin ziddiyatli vaziyatlarni yuzaga keltiradi. O‘smirning yangi huquqlarga da’vosi, avvalo, kattalar bilan o‘zaro munosabatlarning butun muhitiga oid bo‘ladi. O‘smirlik davriga kimningdir xatti-harakatini imitatsiya — qilish xosdir. Ko‘pincha ular o‘zlariga tanish va yoqadigan kattalarning xatti-harakatlariga imitatsiya, taqlid qiladilar.
O‘smirlar bu davrda chekish hamda spirtli ichimliklarga qiziqib qolishlari ham mumkin.Psixik rivoji jihatidan bolalarga yaqin, lekin ehtiyojlari jihatidan kattalarga yaqin bo‘lgan o‘smirda juda ko‘p noqulay va tashvishga tushuvchi holatlar bo‘ladi va ular o‘smirda krizisni yuzaga keltirib chiqaradi. Bu krizis o‘smirning ma’naviy o‘sishi, shuningdek psixikasidagi o‘zgarishlar bilan ham bog‘liqdir. Bu davrda bolaning ijtimoiy mavqei o‘zgaradi, o‘zining yaqinlari, do‘stlari, tengdoshlari bilan yangi munosabatlar yuzaga keladi. Lekin eng katta o‘zgarish uning ichki dunyosida yuzaga keladi. Ko‘pgina o‘smirlarda o‘zidan qoniqmaslik holati kuzatiladi.
O‘smirlar haddan tashqari g‘ayratli va besaramjon bo‘ladilar, ular uchun bekorchilik juda og‘irdir, bir xil tarzdagi ishlardan tezda toliqadilarbir xildagi ish bilan qiziqmay qo‘yadilar, bu esa ularning ta’lim jarayonlari muvaffaqiyatiga kuchli ta’sir qiladi. Xulq-atvordagi og’ish muammosi markaziy psixologik va pedagogik muammolardan biridir. Axir, agar yosh avlodni tarbiyalashda hech qanday qiyinchiliklar bo‘lmaganida, jamiyatning rivojlanish va ta’lim psixologiyasiga, pedagogikaga va xususiy metodlarga bo‘lgan ehtiyoj shunchaki yo‘q bo‘lib ketar edi.
Oʻsmirlar psixologiyasi va unga turdosh boʻlgan xulq-atvor shakllari zamonaviy psixologiya fanida ustuvor tadqiqot mavzularidan biri boʻlib kelmoqda. Xorij psixologiyasida bolalar va oʻsmirlardagi xulq-atvorning kelib chiqishi, rivojlanishi, paydo boʻlish omillari va sabablarini oʻrganish borasida juda koʻp tadqiqot ishlari olib borilgan va olib borilmoqda: jumladan, o‘smirlarning kognitiv jarayonlari va agressiv deviant xulq-atvorning oʻzaro aloqasi A. Bandura vaP.Uolters, ota-ona tarbiyasining bolalardagi shaxlararo munosabatlarning paydo boʻlishiga taʼsiri O.Barnett, C.L.Miller-Perrin, shuningdek oʻsmirlardagi agressiv xulq-atvorning jamiyatda oʻz oʻrnini anglashdagi oʻrni A.Bass, ongni manipulyatsiya qilib, agressiv xulq-atvorga undashda ommaviy axborot vositalarining taʼsiri B. Kreyxi kabi olimlar tadqiqotlarida oʻz aksini topgan. Shuningdek, tadqiqot predmeti sifatida agressiya hodisasi mohiyatini K.Lorens, A.Bandura, jinoyatchi oʻsmirlarning oʻziga xos psixologik xususiyatlarini oʻrganish D.I.Feldshteyn, oʻsmirlarda agressiya va agressiv xulq-atvor shakllanishining sabablarini R. Beron, D. Richardson, Bandura A, Uolters R. Agressiya profilaktikasi va korreksiyasi masalalarini L.M. Semenyuk, G.E. Breslav tadqiq etganlar. Rus psixologlari soʻnggi davrda bolalar va oʻsmir psixologyasini oʻrganishda quyidagi muammolarga diqqat qaratayaptilar: Ye.A.Cheprakova agressiv xulq-atvor shakllanishiga oila va oilaviy munosabatlarning taʼsirini, Yu.B.Mojginskiy, A.A. Rean, L.M.Semenyuk hissiy buzilishlar, xulqi ogʻishganlik, agressiv xulq-atvorning korreksiyasi imkoniyatlarini, guruhda turli yosh va jinsdagi shaxslar agressiv xulqining oʻziga xosligini, T.P. Smirnova bolalar va oʻsmirlardagi agressiv xulq-atvorning rivojlanishiga OAVning taʼsiri, A.A.Shavыrina maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar agressiv xulqining oʻziga xosligini oʻrganganlar.
Oʻzbekistonlik psixologlardan E.Gʻ.Gʻoziyev, N.Gʻ.Kamilova, G.Q.Toʻlaganova, B.M.Umarov kabi olimlarning izlanishlarida bolalik va oʻsmirlik davridagi psixik xususiyatlarni oʻrganishga qaratilgantadqiqotlar oʻtkazilgan boʻlib, ularda asosiy eʼtibor deviant xulq-atvor, xarakter aksentuatsiyasi, bolalar va oʻsmirlar suitsidi, oʻz-oʻziga baho berishva nazorat qilish muammolariga qaratiladi.
Kuni kecha beozorgina, yuvoshgina bo`lib yurgan, qalb kechinmalari bilan o`rtoqlashgan bolaning birzumda tutoqib, asabiylashib ketishi, gapga quloq solmasligi, qo`pollik bilan javob berishining sababi nimada deb o`ylanib qoladi, gohida ota-onalar. To`g`ri, o`smirlar ba`zida muammo tug`dirishi mumkin, ammo mazkur davrdagi o`zgarishlar sizni xayratga solmasin. Axir farzandingiz, ba`zilar uchun unchalik oson bo`lmagan o`smirlik davrini boshdan kechiryapti. Bunday paytda gormonal o`zgarishlar sodir bo`lib, bolaning xatti-harakatlarida aks etadi. U o`ta ta`sirchan, asabiy bo`lib, ba`zan halovati yo`qdek ko`rinadi. O`smirlar ko`pincha javobsiz muhabbat, ota-ona yoki tengqurlari bilan kelishmovchiliklar, kelajak oldida qo`rquv hamda yolg`izlikdan aziyat chekishadi. To`g`ri, o`smirlik davrida hamma bolalarda ham bu kabi muammolar kuzatilmaydi, biroq organizmdagi o`zgarishlar vaqti-vaqti bilan o`zini namoyon etadi. Bizning vazifamiz bunday muhim damda, o`smir bolalar bilan til topishish uchun sabr-toqat kilishimizga to`g`ri keladi. Avvalambor, do`stona munosabatlarni o`rnatib, ko`proq muloqotda bo`lish nihoyatda muhim. . Shuning uchun o`z bolajoningiz uchun vaqt ajratib, ko`proq oilaviy yig`ilishlar uyushtiring. Ertalab maktabga kuzatayotganda, birgalikda nonushta qila turib, uning hayotiga qiziqishingizni bildirishingiz mumkin. Uning mashg`ulotlari, qiziqishlari, tanish-bilishlari, nizolari haqida so`rab-surishtirishingiz ayni muddaodir. Siz doimo hammasidan xabardor bo`lib turishingiz kerak.
Farzand o`stirayotgan har bir ota-ona bolaning o`smirlik davri haqida ko`plab ma`lumotlarni eshitgan bo`lsa ajab emas. Ehtimol, quloqqa chalingan har qanday voqea-hodisalar sizni xavotirga solgandir, ammo ana shu davr borasidagi aniq ma`lumotlarga ega bo`lsangiz, xavotirga aslo o`rin yo`q.

Download 32,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish