OʻZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI
MUMTOZ SHARQ FILOLOGIYASI FAKULTETI
DIN PSIXOLOGIYASI VA PEDAGOGIKA KAFEDRASI
DIN SOTSIOPSIXOLOGIYASI BAKALAVR YO‘NALISHI
“RIVOJLANISH PSIXOLOGIYASI VA DIFFERENSIAL PSIXOLOGIYA” FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu: “O‘smirlik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari”.
Bajardi: Psixologiya (din sotsiopsixologiyasi) yo’nalishi
2-kurs talabasi Yunusova Xadicha
Ilmiy rahbar: Din psixologiyasi va pedagogika kafedrasi katta o‘qituvchisi N.T. Rasulova
TOSHKENT - 2022
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………..…3
I.BOB O‘SMIRLIK DAVRI PSIXIK RIVOJLANISH HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT………………………………………………………..5
1.1 O‘smirlik davri va ushbu davrdagi psixik o‘zgarishlar tahlili………….5
1.2 O‘smirlik davrining boshqa yosh davrlaridan tubdan farq qilishi ………9
II.BOB O‘SMIRLIK DAVRIDAGI QIYINCHILIKLAR VA O‘SMIRLIK DAVRI INQIROZI…………………………………………….14
2.1 O‘smirlik davridagi inqirozning kelib chiqish omillari………………14
2.2 O‘smirlik davridagi inqirozdan samarali chiqish uchun bir qator psixologik tavsiyalar…………………………………………………………….17
XULOSA……………………………………………………………………20
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI……………………22
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi. Hozirgi zamon psixologiyasi milliy istiqlol g'oyalaridan kelib chiqib milliy, etnik va xalq psixologiyasiga oid ajdodlarimizning psixologik qarashlarini, ular tomonidan bayon etilib o'z aksini topgan tarixiy, ma'naviy, madaniy, ma'rifiy manbalarni hozirgi kun talablari nuqtayi–nazaridan talqin etib barkamol shaxsni har tomonlama rivojlanishini ta'minlashda uning o'ziga xos shakllarini, yo'l va usullarini ishlab chiqishdan iboratdir. Shaxsning kamol topishi murakkab jarayon ekanligini unda yosh o‘sishi bilan bog‘liq xolda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar va yangilanishlarning xilma-xilligi hamda o‘ziga xosligida ko‘rish mumkin. Ma’lumki O‘smir o‘sishi bilan bola faqat miqdor jihatdar emas, balki sifat jihatdan ham o‘sib boradi. Demak bolaning biologik jihatdan o‘sishi uning psixikasida ham o‘sish va o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Ammo biologik o‘sish bilan psixik o‘zgarishlar har doim ham mutanosiblikka ega bo‘lavermaydi. Chunki psixik o‘sish bir tomondan individuallik xarakteriga ega bo‘lsa, ikkinchi tomondan u ma’lum ijtimoiy va psixik shart-sharoitlarga ham bog‘liq bo‘ladi.
Juda k o‘plab psixologik manbalar bo’lishiga qarmasdan bugungi kunda hayot yo'lining ushbu bosqichida inson psixikasini rivojlantirishga doir juda kam ma’lumotlar bor. O'smirlik davridagi o’smirning qanday o'tayotgan hayoti o’smir odamning o'ziga va umuman dunyoga bo'lgan munosabatiga bog'liqdir. O'smirlik davriva ushbu davrda sodir bo‘ladigan inqiroz zamonaviy dunyodagi eng dolzarb muammolaridan biridir. Buning sababi, ularga ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar yuzaga kelganda ularga zamonaviy yangi talablarning paydo bo'lishi hisoblanadi. So'nggi o’ttiz yilda davlatimizda amalga oshirilayotgan jarayonlar ijtimoiy-iqtisodiy sohada va sog'liqni saqlash sohasidagi sog'liqni saqlash aholi salomatligi holatida, ayniqsa bolalar salomatligining holatiga ham ko’p e’tibor qarati;ayotgani ushbu mavzuning nechog’li dolzarb ekanligidan darak bermoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |