"Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari "
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev asarlarining “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” deb nomlangan to‘rtinchi jildi o‘zbek va rus tillarida “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyida nashrdan chiqdi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb – sayti ma’lumot tarqatdi.Ushbu ma’lumotga ko‘ra kitob to‘rt bo‘limdan iborat bo‘lib, uning birinchi bo‘limi “Xalqimizning hayot darajasi va sifatini yangi bosqichga ko‘tarish – eng muhim vazifamiz” deb nomlangan. Unga davlat rahbarining O‘zbekistonning siyosiy - ijtimoiy hayotidagi eng muhim voqealar munosabati bilan so‘zlagan nutq va ma’ruzalari kiritilgan.
“El-yurtimizning mustahkam irodasi va matonatiga tayanib, sinovlardan munosib o‘tamiz” deb nomlangan ikkinchi bo‘limdan esa koronavirusga qarshi kurashga bag‘ishlangan ma’ruza, nutq va murojaatlar joy olgan.Kitobning “Do‘stona amaliy hamkorlik – barqaror rivojlanish kafolati” deb nomlangan uchinchi bo‘limining xorijiy davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashuvlardagi nutq va ma’ruzalardan iboratligi qayd etilgan. Kitobning to‘rtinchi – “Tabrik va qutlovlar” bo‘limiga esa O‘zbekistonda keng nishonlanib kelayotgan umumxalq bayramlari, tarixiy sanalar, turli xalqaro anjumanlar, tadbir va marosimlar munosabati bilan yo‘llangan tabrik va qutlovlar kiritilgan.Eslatib o‘tamiz:
Bugungacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 3 jiltlik shu jumladan “Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz”, “Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir”, “Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi farovon bo‘ladi” asari yana o‘zbek va rus tillarida “O‘zbekiston” nashriyot - matbaa ijodiy uyida nashrdan chiqqandi.Mana shu 3 jiltdan va Prezidentning rasmiy veb - saytidan tanlab olingan nutq va ma’ruzalari asosida shu yilning fevral oyida Turkiyada, turk tilida, Turkiya Respublikasining Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan 1000 nusxada, “Yeni Özbekistan Geleceği Büyük Devlet” (Yangi O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat) degan nom ostida kitob chop etilgandi. Ushbu kitob nashr etilgunga qadar Turkiyada O‘zbekistondagi ko‘p qirrali, keng qamrovli va tez suratdagi o‘zgarish va rivojlanish haqida yozilgan hech qanday asar yo‘q edi.Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi, Kutubxonalar va nashriyotlar Bosh boshqarmasi va Turkiya Respublikasining Toshkentdagi elchixonasining Madaniyat va Targ‘ibot boshqarmasining tashabbusi bilan professor doktor Firat Purtash boshchiligidagi guruh shu jumladan matnlarni o‘zbek tilidan turk tiliga professor doktor Firat Purtash bilan doktorantura (Phd) talabasi Saida Burkhanidinova o‘girar ekan tahrir qilish ishlarini dotsent doktor O‘g‘uzhan Aydin o‘z zimmasiga olgan kitob, eng avvalo Turkiya Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xalq kutubxonasi ochilish marosimida (20 – fevral 2020) yagona faxrli mehmon sifatida ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Prezident Erdo‘g‘an tomonidan sovg‘a qilingandi.
Taqdimot kitobga Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy tomonidan so‘z boshi yozilar ekan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdo‘g‘an tomonidan taqriz yozilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |