Rioya qilish xususiyatlari



Download 441,95 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana14.12.2022
Hajmi441,95 Kb.
#885404
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABDA TAʼLIM TAMOYILLARIGA RIOYA QILISH XUSUSIYATLARI

Kurs ishining ob`yekti
. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasi va rivojlanishda 
nuqsoni bo’lgan bolalar kurs ishining ob`yekti bo`lib hisoblanadi. 
Kurs ishining predmeti
. Ijtimoiy pedagogik faoliyatda rivojlanishda nuqsoni 
bo’lgan bolalar va pedagoglar kurs ishining predmeti bo`lib hisoblanadi. 
Kurs ishining tuzilishi
. Kurs ishi kirish, 2 bob, 5 ta paragraf, xulosa, 
foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat. 



I.BOB. IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI VA 
ULARDA TA’LIM TARBIYANI TASHKIL ETISH. 
1.1. Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun 
ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar) 
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari o‘z faoliyatida O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, boshqa qonun 
hujjatlariga hamda o‘z ustaviga amal qiladi. 
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari ta’lim-tarbiya berish, korreksiyalash 
va davolash-sog‘lomlashtirish muassasalari hisoblanadi hamda jismoniy yoki 
psixik rivojlanishida turli nuqsonlari bo‘lgan bolalarning umumiy o‘rta ta’lim 
olishda va ularni bilish imkoniyatlariga muvofiq tarbiyalashda, ularning jamiyatga 
moslashuvi va integratsiyalashuvida ko‘maklashish, shuningdek ijtimoiy yordamga 
muhtoj oilalarga farzandlarini tarbiyalash va ularga ta’lim berishda yordam 
ko‘rsatish maqsadida tashkil etiladi. 
Quyidagilar ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining asosiy vazifalari 
hisoblanadi: 
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan 
umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari hamda ular asosida ishlab 
chiqilgan (aqli zaif bolalar uchun) maxsus ta’lim talablariga muvofiq bilim 
olishlarini ta’minlash; 
shaxsga yo‘naltirilgan, ijtimoiy yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida 
o‘quvchilarning eng maqbul rivojlanishini ta’minlash maqsadida tabaqalashtirilgan 
va individual ta’limni tashkil etish; 
shaxsiy, oilaviy, ijtimoiy hayotida va mehnat faoliyatida xulq-atvorning 
eng maqbul modelini shakllantirish orqali shaxsni tarbiyalash; 
o‘quvchilarni umumta’lim muassasalarida inklyuziv (uyg‘unlashgan) ta’lim 
sharoitida o‘qishga tayyorlash; 



o‘quvchilarning ijtimoiy-hissiy rivojlanishlari, hayotiy qobiliyatlarining 
shakllanishi uchun zarur korreksion (tuzatuvchi) — rivojlantiruvchi ta’lim muhitini 
yaratish; 
o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish jarayonida ularning psixik funksiyalari 
va salomatligi tizimli tarzda kuzatilishini tashkil etish. 
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi davlat muassasasi shaklidagi yuridik 
shaxs hisoblanadi, o‘z ustaviga, g‘aznachilik bo‘limlarida shaxsiy hisob 
raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi 
yozilgan muhrga, shtamplarga, blankalarga ega bo‘ladi. 
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari akkreditatsiyasi attestatsiya asosida, 
vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi. 

Download 441,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish