Rioya qilish xususiyatlari


O‘quvchilarni ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga qabul qilish tartibi



Download 441,95 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana14.12.2022
Hajmi441,95 Kb.
#885404
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABDA TAʼLIM TAMOYILLARIGA RIOYA QILISH XUSUSIYATLARI

1.3.O‘quvchilarni ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga qabul qilish tartibi 
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga jismoniy yoki psixik rivojlanishida 
nuqsonlari bo‘lgan maktab yoshidagi, tayyorlov guruhlariga esa — 
ixtisoslashtirilgan 
maktabgacha 
ta’lim muassasalariga qatnamagan 
— 
maktabgacha yoshdagi bolalar qabul qilinadi. 
Bolalarni 
ixtisoslashtirilgan 
ta’lim 
muassasalariga 
yuborish 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi 
boshqarmalari, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi tomonidan, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi 
boshqarmalari, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi huzurida tashkil 



etilgan psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya (keyingi o‘rinlarda psixologik-
tibbiy- pedagogik komissiya deb ataladi) xulosasiga ko‘ra, ota-onalar yoki ularning 
o‘rnini bosuvchi shaxslar roziligi bilan amalga oshiriladi. 
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga bolalar 7 yoshdan boshlab, 
tayyorlov guruhlariga esa — 5—7 yoshdagilar qabul qilinadi. 
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalarning ta’lim 
olish huquqini ta’minlash maqsadida umumta’lim maktablari uchun belgilangan 
yosh me’yoridan ikki yilga oshgan bolalarni qabul qilishga ruxsat etiladi. 
Bolalarni qabul qilish o‘quv yili boshlangungacha amalga oshiriladi va 
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi direktorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. 
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yo‘llangan har bir bolaga ota-
onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (chin yetim bolalar va ota-
onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun – vasiylik va homiylik 
organlari) tomonidan shaxsiy hujjatlar yig‘majildi rasmiylashtiriladi va taqdim 
etiladi. 
Bolaning shaxsiy hujjatlar yig‘majildida quyidagi hujjatlar bo‘ladi: 
1) ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning arizasi; 
2) psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosalarining ixtisoslashtirilgan 
ta’lim muassasasiga yo‘llangan bola bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiyaviy va 
davolash-tuzatish bo‘yicha tavsiyalari aks etgan bayoni; 
3) tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi; 
4) ta’lim olganligi to‘g‘risidagi hujjatlar; 
5) o‘qish joyidan ta’limning muddati, o‘quv fanlarini o‘zlashtirishi va xulq-
atvori, bolaga yakka tartibda ko‘mak berish borasida amalga oshirilgan chora-
tadbirlarning batafsil tahlili aks ettirilgan ma’lumotnoma va tavsifnoma; 
6) bolaning yashash joyidagi shifoxona bosh vrachi tomonidan imzolangan, 
uning rivojlanishi tarixidan mufassal ko‘chirma: 
pediatrning bolaning umumiy rivojlanishi holati to‘g‘risidagi xulosasi; 
psixonevrologning tibbiy tashxisi va bolaning aqliy rivojlanishiga tavsifi; 



otorinolaringologning quloq, tomoq, burun va talaffuz artikulatsiyasida 
ishtirok etuvchi organlarning holatiga tavsifi (eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar 
uchun — so‘zlashuv nutq va shivirlab aytilgan so‘zlarni idrok etish holati 
to‘g‘risidagi ma’lumotlari, audiogramma ma’lumotlari); 
oftalmologning ko‘rish organiga tavsifi (ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar 
uchun- batafsil tashxisi); 
ortoped vrachning xulosasi (tayanch-harakatlanish apparatida nuqsoni 
bo‘lgan bolalar uchun); 
(20-bandning 
7-kichik 
bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2018-yil 3-oktabrdagi 789-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — 
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 09/18/789/1993-son) 
21. Ta’lim muassasalarida o‘qimagan bolalar uchun mazkur Nizomning 20-
bandi 4 va 5-kichik bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlar taqdim etilmaydi. 
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yo‘llangan chin yetim va ota-
onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun shaxsiy hujjatlar 
yig‘majildida mazkur Nizomning 20-bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari 
yana quyidagi hujjatlar ham bo‘lishi kerak: 
tuman (shahar) hokimining bolaga vasiy tayinlash yoki uni ta’lim 
muassasasiga joylashtirish haqidagi qarori nusxasi; 
ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar haqidagi ma’lumotlar (ota-
onalarning pasportlari nusxalari yoki ularning vafoti haqidagi guvohnoma, sudning 
hukmi yoki qarori nusxasi, ota-onasining surunkali kasalligi hamda ota-onasining 
yo‘qligi yoki ularning o‘z farzandlarini tarbiyalay olmasligi haqidagi boshqa 
hujjatlar); 
(22-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — 
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son) 
bolaning ota-onasidan qolgan mulki (agar bo‘lsa), uning qayerdaligi, uni 
saqlash uchun amalga oshirilgan choralar va bunga mas’ul shaxslar to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar ko‘rsatilgan mulk ro‘yxati; 


10 
turar joyni bolaning nomiga o‘tkazish hujjatlari (order, uy daftarchasi, turar 
joy rejasi, tuman (shahar) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent 
shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman 
(shahar)dagi filialidan turar joy egasi va xususiylashtirish to‘g‘risidagi 
ma’lumotnoma nusxalari); 
Pensiya olayotgan bolaning pensiya daftarchasi, sudning bola foydasiga 
aliment undirish haqidagi qarori yoki buyrug‘i nusxasi (yoki aliment to‘lash 
haqidagi kelishuvning notarial tasdiqlangan nusxasi), jamg‘arma daftarchasi. 
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga maktabgacha yoshdagi va maktab 
yoshidagi quyidagi toifadagi bolalar qabul qilinadi: 
eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar (karlar, zaif eshituvchilar, keyinchalik 
kar bo‘lgan bolalar); 
ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar (ko‘rlar, zaif ko‘ruvchilar, keyinchalik 
ko‘r bo‘lgan bolalar); 
nutqida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar (alaliya, dislaliya, afaziya, 
rinolaliya, dizartriya, psixik-nutqiy rivojidagi sustlik, duduqlanish); 
tayanch-harakat apparatida nuqsoni bo‘lgan bolalar (bolalar tserebral falaji, 
skolioz, poliomiyelit, miopatiya, osteomiyelit, amputatsiya, bo‘y o‘sishining 
yetishmovchiligi — pakanalik); 
psixik rivojlanishi sust bolalar; 
aqli zaif bolalar; 
murakkab nuqsonli bolalar (rivojlanishida 2 ta va undan ko‘p 
yetishmovchilik bo‘lgan bolalar). 
Murakkab nuqsonli bolalarni (agar hamroh nuqsonlardan biri aqliy zaiflik 
bo‘lgan hollarda) qabul qilish psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning xulosasi 
asosida, ota-onalari yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslarning roziligi bilan, 
o‘quv-tarbiya jarayonida bolalar bilan bir yildan kam bo‘lmagan muddat davomida 
uning o‘zlashtirmasligi oligrofreniya darajasidagi aqli zaiflik bilan bog‘liqligi 
aniqlangan holda amalga oshiriladi. 
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga quyidagilar qabul qilinmaydi: 


11 
a) aqli o‘ta zaif bolalar (imbitsil, idiotiya darajasidagi oligofreniya); 
b) xulq-atvorida og‘ir buzilishlar, hissiy-irodaviy sohasida (organik) 
nuqsonlari bo‘lgan bolalar; 
v) tayanch-harakat apparatida nuqsoni bo‘lgan, mustaqil ravishda 
harakatlana olmaydigan va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsata olmaydigan bolalar; 
g) ko‘r-kar-soqov bolalar; 
d) tez-tez takrorlanadigan epileptik tutqanoqdan aziyat chekadigan 
(epileptik demensiya, kunduzgi va tungi vaqtlarda tutqanog‘i tez-tez 
takrorlanadigan) bolalar; 
e) markaziy asab tizimiga shikast yetganligi tufayli siydik va najasini 
ushlab turolmaydigan bolalar. 
Ushbu toifadagi bolalar belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi 
Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli muassasalariga yo‘llanadi yoki ularga 
yakka tartibda uyida o‘qitish tashkil etiladi. 
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi direktori o‘quvchilarning qabul qilinishi 
uchun belgilangan tartibda shaxsan javob beradi. 

Download 441,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish