Rioya qilish xususiyatlari



Download 441,95 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana14.12.2022
Hajmi441,95 Kb.
#885404
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABDA TAʼLIM TAMOYILLARIGA RIOYA QILISH XUSUSIYATLARI

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


12 
II.BOB. Sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari 
(maktab-internatlar).
2.1. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘quv-ta’lim jarayonini tashkil 
etish va ta’lim tamoyillari. 
Sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari (maktab-
internatlar).
NIZOM 
Umumiy qoidalar 
Ushbu Nizom “Ta’lim to‘g‘risida”, “Bola huquqlarining kafolatlari 
to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston 
Respublikasi 
qonunlariga 
muvofiq 
alohida 
sharoitlarda 
davolanish 
va 
sog‘lomlashtirishga, ta’lim va tarbiya olishga muhtoj bolalar huquqlarini 
ta’minlashga yo‘naltirilgan hamda sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan davlat 
ta’lim muassasalarining (keyingi o‘rinlarda ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari 
deb ataladi) faoliyatini tartibga soladi. 
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari o‘z faoliyatida O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, boshqa qonun 
hujjatlariga, shuningdek o‘z ustaviga amal qiladi. 
Ixtisoslashtirilgan 
ta’lim 
muassasalari 
o‘quv-tarbiya, 
davolash-
sog‘lomlashtirish muassasalari hisoblanadi va davolanish, sog‘lomlashtirishga 
muhtoj bolalarga ularning bilim olish imkoniyatlariga muvofiq ravishda umumiy 
o‘rta ma’lumotga ega bo‘lish va tarbiya olishida yordam ko‘rsatish maqsadida 
tashkil etiladi. 
Quyidagilar ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining asosiy vazifalari 
hisoblanadi: 
shaxsning aqliy, hissiy va jismoniy rivojlanishiga yordam beradigan shart-
sharoitlar yaratish; 


13 
barkamol, jismonan va ma’naviy sog‘lom shaxsni voyaga yetkazish, 
o‘quvchilarda madaniy-estetik qadriyatlarni, fuqarolik va vatanparvarlik hislarini 
shakllantirish; 
davlat ta’lim standartlari asosida sifatli ta’lim olish, shu jumladan kasbga 
yo‘naltirish, bolalarning individual qobiliyatlarini rivojlantirish, iqtidorli va 
qobiliyatli bolalarni taqdirlash va qo‘llab-quvvatlash uchun zarur shart-sharoitlar 
yaratish; 
bolalarning psixofiziologik yosh xususiyati, moyilligi, qobiliyati, qiziqishi, 
hayoti va sog‘lig‘i muhofazasi talablariga muvofiq ravishda reabilitatsiya hamda 
davolash-sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazishni ta’minlash. 
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi davlat muassasasi shaklidagi yuridik 
shaxs hisoblanadi, o‘z ustaviga, g‘aznachilik bo‘limlarida shaxsiy hisob 
raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi 
yozilgan muhrga, shtamplarga, blankalarga ega bo‘ladi. 
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari akkreditatsiyasi attestatsiya asosida, 
vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi. 
II. Ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalarini tashkil etish tartibi 
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi muassislar tomonidan tashkil etiladi 
va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlarida 
davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent 
shahar hokimliklari ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari muassislari bo‘lishi 
mumkin. 
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Xalq 
ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar 
xalq ta’limi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi hamda 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash 
boshqarmalari, Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi tomonidan 
salomatligida nuqsonlari bo‘lgan, davolanish, sog‘lomlashtirish va maxsus 


14 
sharoitlarda ta’lim-tarbiya olishga muhtoj bolalar kontingentini birgalikda o‘rganib 
chiqish yakunlari bo‘yicha tashkil etiladi. 
Davolanish, sog‘lomlashtirish va maxsus sharoitlarda ta’lim-tarbiya olishga 
muhtoj bolalar kontingenti mavjud bo‘lgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi 
Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga 
ekologik qulay sharoitlar mavjud joylarda ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi 
tashkil etish to‘g‘risida asoslangan taklif bilan murojaat qiladi. 
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi tashkil etish to‘g‘risidagi taklif 
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasini tashkil etish taklif etilayotgan hududda 
keyingi 5 yilda 3 yoshdan 16 yoshgacha bolalar o‘rtasida tegishli kasalliklarning 
ko‘payganligini ko‘rsatadigan sog‘liqni saqlash organlarining rasmiy statistika 
ma’lumotlari bilan asoslangan bo‘lishi kerak. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent 
shahar hokimliklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligiga, tegishli 
viloyat va Toshkent shahar moliya boshqarmalariga, shuningdek Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, Toshkent 
shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasiga ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasini 
tashkil etish to‘g‘risidagi taklifni bir oy muddat ichida o‘rganib va ekologik qulay 
hududda mavjud obyektlardan namunaviy bino yoxud ixtisoslashtirilgan ta’lim 
muassasasini tashkil etishga qo‘yiladigan normativ talablarni hisobga olgan holda 
ishlab chiqilgan maxsus loyiha bo‘yicha yangi bino qurish uchun yer uchastkasi 
tanlash to‘g‘risida topshiriq beradi. 
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi tashkil etish to‘g‘risidagi qaror 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi 
boshqarmalari, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasining hamda 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar 
moliya boshqarmalarining ijobiy xulosalari mavjud bo‘lgan taqdirda 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar 
hokimliklari tomonidan bir hafta muddatda qabul qilinadi. 


15 
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari, ularning ixtisoslashuviga muvofiq, 
quyidagi turlarga bo‘linadi: 
skolioz bilan kasallangan bolalar uchun sanatoriy turidagi maktab-
internatlar; 
sil va nafas olish organlarining surunkali kasalliklari xavfi bo‘lgan guruh 
bolalari uchun sanatoriy turidagi maktab-internatlar. 
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning eng ko‘p soni 
250 nafardan oshmasligi kerak. 
III. O‘quvchilarni ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga qabul qilish tartibi 
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga ularning turiga muvofiq holda: 
I—IV daraja skolioz bilan kasallangan; 
sil va nafas olish organlarining surunkali kasalliklariga chalingan, alohida 
shart-sharoitlarda davolash va sog‘lomlashtirishga muhtoj bo‘lgan maktab 
yoshidagi bolalar qabul qilinadi. 
Bolalarni ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yuborish Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, Toshkent 
shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq 
ta’limi bosh boshqarmasi huzurida tashkil etilgan psixologik-tibbiy-pedagogik 
komissiya (keyingi o‘rinlarda psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya deb ataladi) 
xulosasiga ko‘ra, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar roziligi bilan 
amalga oshiriladi. 
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga bolalar 7 yoshdan boshlab qabul 
qilinadi. 
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yo‘llangan har bir bolaga ota-
onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (chin yetim bolalar va ota-
onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun — vasiylik va homiylik 
organlari) tomonidan shaxsiy hujjatlar yig‘majildi rasmiylashtiriladi va taqdim 
etiladi. 
Bolaning shaxsiy hujjatlar yig‘majildida quyidagi hujjatlar bo‘ladi: 


16 
1) ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning arizasi; 
2) psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosalarining ixtisoslashtirilgan 
ta’lim muassasasiga yo‘llangan bola bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiyaviy va 
davolash-tuzatish bo‘yicha tavsiyalari aks etgan bayoni; 
3) tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi; 
4) ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatlar; 
5) o‘qish joyidan ta’limning muddati, o‘quv fanlarini o‘zlashtirishi va xulq-
atvori, bolaga yakka tartibda ko‘mak berish borasida amalga oshirilgan chora-
tadbirlarning batafsil tahlili aks ettirilgan ma’lumotnoma va tavsifnoma; 
6) bolaning yashash joyidagi shifoxona bosh vrachi tomonidan imzolangan, 
uning rivojlanishi tarixidan mufassal ko‘chirma: 
pediatrning bolaning umumiy rivojlanishi holati to‘g‘risidagi xulosasi; 
psixonevrologning tibbiy tashxis bilan asoslangan va bolaning aqliy 
rivojlanishiga tavsifi bilan xulosasi; 
otorinolaringologning quloq, tomoq, burun va talaffuz artikulatsiyasida 
ishtirok etuvchi organlarning holatiga tavsifi bilan xulosasi; 
oftalmologning ko‘rish organiga tavsifi bilan xulosasi; 
ortoped vrachning xulosasi (tayanch-harakatlanish apparatida nuqsoni 
bo‘lgan, skoliozga chalingan bolalar uchun); 
vrach-ftiziatrning xulosasi (tuberkulez va nafas olish organlarining 
surunkali kasallanishi xavfi ostidagi bolalar guruhlari uchun); 
Ta’lim muassasalarida o‘qimagan bolalar uchun mazkur Nizomning 17-
bandi 4 va 5-kichik bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlar taqdim etilmaydi. 
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga yo‘llangan chin yetim va ota-
onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun shaxsiy hujjatlar 
yig‘majildida 17-bandda ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari yana quyidagi hujjatlar 
ham bo‘lishi kerak: 
tuman (shahar) hokimining bolaga vasiy tayinlash yoki uni ta’lim 
muassasasiga joylashtirish haqidagi qarori nusxasi; 


17 
ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar haqidagi ma’lumotlar (ota-
onalarning pasportlari nusxalari yoki ularning vafoti haqidagi guvohnoma, sudning 
hukmi yoki qarori nusxasi, ota-onasining surunkali kasalligi hamda ota-onasining 
yo‘qligi yoki ularning o‘z farzandlarini tarbiyalay olmasligi haqidagi boshqa 
hujjatlar); 
(19-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — 
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son) 
bolaning ota-onasidan qolgan mulki (agar bo‘lsa), uning qayerdaligi, uni 
saqlash uchun amalga oshirilgan choralar va bunga mas’ul shaxslar to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar ko‘rsatilgan mulk ro‘yxati; 
turar joyni bolaning nomiga o‘tkazish hujjatlari (order, uy daftarchasi, turar 
joy rejasi, tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limidan turar joy 
egasi va xususiylashtirish to‘g‘risidagi ma’lumotnoma nusxalari); 
pensiya olayotgan bolaning pensiya daftarchasi, sudning bola foydasiga 
aliment undirish haqidagi qarori yoki buyrug‘i nusxasi (yoki aliment to‘lash 
haqidagi kelishuvning notarial tasdiqlangan nusxasi), jamg‘arma daftarchasi. 
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga murakkab nuqsonli bolalar 
(rivojlanishida 2 ta va undan ko‘p yetishmovchilik bo‘lgan bolalar) qabul 
qilinmaydi. 
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga quyidagilar qabul qilinmaydi: 
a) aqli zaif bolalar; 
b) xulq-atvorida og‘ir buzilishlar, hissiy-irodaviy sohasida (organik) 
nuqsonlari bo‘lgan bolalar; 
v) yurak-qon tomiri kasalliklari bor bolalar; 
g) tayanch-harakat apparatida nuqsoni bo‘lgan, mustaqil ravishda 
harakatlana olmaydigan va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsata olmaydigan bolalar; 
d) ko‘r-kar-soqov bolalar; 


18 
e) tez-tez takrorlanadigan epileptik tutqanoqdan aziyat chekadigan 
(epileptik demensiya, kunduzgi va tungi vaqtlarda tutqanog‘i tez-tez 
takrorlanadigan) bolalar; 
j) markaziy asab tizimiga shikast yetganligi tufayli siydik va najasini 
ushlab turolmaydigan bolalar. 
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi direktori o‘quvchilarning qabul 
qilinishi uchun belgilangan tartibda shaxsan javob beradi. 
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘qitish umumiy o‘rta ta’lim o‘quv 
rejalari va ta’lim dasturlari asosida olib boriladi. 
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi umumiy o‘rta ta’lim davlat 
standartlariga muvofiq 1—9 — sinflar hajmida o‘quvchilarga majburiy umumiy 
o‘rta ta’lim beruvchi sog‘lomlashtirish ta’lim muassasasi hisoblanadi. 
Davolanish, sog‘lomlashtirish va ta’lim olishga muhtoj bolalar 
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining 1—9 — sinflariga Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyat xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent 
shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi yo‘llanmalari asosida, psixologik-tibbiy-
pedagogik komissiya xulosasiga ko‘ra, shuningdek ota-onalar yoki ularning o‘rnini 
bosuvchi shaxslar roziligi bilan qabul qilinadi. 
Bolalarni qabul qilish o‘quv yili boshlangungacha amalga oshiriladi va 
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi direktorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. 
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida bolalarning bo‘lishi muddati tibbiy 
ko‘rsatmalarga muvofiq va psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasiga 
ko‘ra, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar roziligi bilan, lekin 3 
yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga belgilanadi. 
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida sil va nafas olish organlarining 
surunkali kasalliklari rivojlanishi xavfi mavjud guruhdagi bolalar uchun sinflar va 
tarbiyalanuvchilar guruhi to‘ldirilishi kamida 25 nafarni, ixtisoslashtirilgan ta’lim 
muassasalarida 
skolioz 
bilan 
kasallangan 
bolalar 
uchun 
sinflar 
va 
tarbiyalanuvchilar guruhi to‘ldirilishi esa — kamida 20 nafarni tashkil qiladi. 


19 
O‘quv yilining boshlanishi, darslar va ta’tillarning davomiyligi, 
shuningdek yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish va ta’lim olganligi to‘g‘risida 
davlat namunasidagi hujjatlarni berish tartibi qonun hujjatlariga muvofiq 
belgilanadi. 
Ta’lim olish, ixtiyoriy ravishda ijtimoiy foydali mehnat bilan 
shug‘ullanish, davolanish va dam olishni asosli ravishda uyg‘unlashtirishni 
ta’minlaydigan kun tartibi bolalarning ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida 
bo‘lishi muddatini hisobga olgan holda tuziladi. 
Birinchi yarim yillikda I sinfda darsning davomiyligi — 35 daqiqa, 
ikkinchi yarim yillikda I sinfda va boshlang‘ich ta’lim (maktab)ning II — IV 
sinflarida-40 daqiqa, V va keyingi sinflarda — 45 daqiqa bo‘ladi. 
Bolalarning mehnat tarbiyasi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi 
pedagogik va tibbiy xodimlarining tibbiy ko‘rsatmalari hamda tavsiyalariga ko‘ra 
ta’limni egallangan mehnat ko‘nikmalari bilan uyg‘unlashtirish asosida amalga 
oshiriladi. 
Ixtisoslashtirilgan ta’lim 
muassasalarida o‘quvchilar uchun turli 
to‘garaklar, qiziqishlariga ko‘ra klublar, seksiyalar (jumladan, shifokorlar 
tavsiyalariga ko‘ra sport seksiyalari) va bolalarning intellektual hamda ijodiy 
qobiliyatlarini rivojlantirishga mo‘ljallangan studiyalar tashkil etiladi. 
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida ta’lim jarayonining psixologik 
ta’minotini muassasa shtatidagi psixolog amalga oshiradi. 
2.2.

Download 441,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish