Yashil yo`sinkabilar yoki Briumkabilar ajdodchasi (Bryidae) - Yashil yo`sinkabilar yoki Briumkabilar ajdodchasi (Bryidae)
- Yashil yo`sinkabilarga 14 000ga yaqin tur kiradi. Ularning vakillari o`rmonlarda, o`tloqlarda, botqoqlarda, toshlarda , buta va daraxtlarda epifit holatida o`sadi. Markaziy Osiyoda keng tarqalgan vakillaridan funariya, brium, minum kabi yo`sinlarni ko`rsatish mumkin. Poyasi monopodial yoki simpodial shoxlangan. Ularning to`qimalari bir muncha shakllangan bo`lsa-da, haqiqiy floema, ksilema elementlari taraqqiy etmagan. O`rta Osiyo sharoitida sernam joylarda funariya turkumining turlari, cho`l zonasida erta bahorda qumlarda tortula turkumi turlari va tog`li tumanlarda esa kakku zig`iri turkumining ayrim turlari o`sadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |