Qirqquloqtoifa o`simliklar (Polypodiophyta) - Qirqquloqtoifa o`simliklar (Polypodiophyta)
-
- Qirqquloqlar hozirgi vaqtda keng tarqalgan yuksak sporali o`simliklar guruhi bo`lib, 10 000 gacha yaqin turni o`z ichiga oladi. Nam tropik o`lkalarda daraxtsimon va o`tsimon shakillari uchraydi.
- Qirqquloqlarning sporofiti yaxshi rivojlangan, ko`p yillik va yirik bargli (makrofilliya). Barglari patsimon, ayrim hollardagina butun bo`lishi mumkin. Boshqa o`simlik barglaridan farqi shuki, ularning barglari har doim uchidan o`sadi. Ularning barglari «vayya» deyiladi. Bo`lim vakillarining ko`pchiligi teng sporali, har xil sporali turlar ozchilikni tashkil etadi.
- Barglarning pastki tomonida sporangiylar to`plami, ya’ni jigarrang soruslarni hosil qiladi. Soruslar alohida parda bilan qoplangan. Sporalar yetilishi natijasida sporangiylar yorilib, sporalar shamol yordamida tarqaladi. Qulay sharoitda ulardan o`simta rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |