Jigarsimon yo`sinlar ajdodi (Marchantiopsida) - Jigarsimon yo`sinlar ajdodi (Marchantiopsida)
- Jigarsimon yo`sinlar gametofitining xilma-xil bo`lishi va sporofitining deyarli o`xshash bo`lishi bilan xarakterlanadi. Bu ajdodga 300 ga yaqin turkum va 6000 dan ortiq tur kiradi. Ularning ko`pchiligi tropikada tarqalgan bo`lib, asosan sernam tuproqda, ayrimlari esa suvda uchraydi. Epifit vakillari ham mavjud. Jigarsimon yo`sinlar ajdodi yuksak o`simliklar orasida juda sodda tuzilishga ega bo`lgan o`simliklar guruhidir. Tiniq vakili sifatida marshantsiya (Marchantia polimorpha)ni ko`rsatish mumkin. Uning tanasi yashil plastinkasimon bo`lib, dorzoventral, dixotomik shoxlangan bo`ladi.
- Marshantsiya polimorfa (Marchantia polimorpha ): 1-urg`ochi qattana, 2- erkak qattana, 3-spora.
Do'stlaringiz bilan baham: |