Резервная копия Монография Адилбекова cdr


A’zolar va to‘qimalarning guruh mansubligini aniqlash



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/71
Sana11.04.2023
Hajmi1,2 Mb.
#927263
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   71
Bog'liq
F.N.Lochinov, I.I.Baxriyev

A’zolar va to‘qimalarning guruh mansubligini aniqlash.
ABO izoserologik 
tizimi antigenlari odamning a’zo va to‘qimalarida birinchi marta 1927 yili 
topilgan. Keyinchalik guruhli antigenlarni deyarli barcha a’zo va to‘qimalarda 


103 
borligi aniqlangan. Boshqa tizim antigenlarining topilishi to‘g‘risidagi har xil 
tadqiqotchilarning ma’lumotlari qarama-qarshidir. Biroq qonsizlanmagan a’zo va 
to‘qimalarning bo‘laklarida ko‘pgina izoserologik va zardob tizimi guruh 
faktorlarini aniqlash mumkin. 
Hozirgi davrda a’zo va to‘qimalarda asosan ABO tizimi antigenlari 
aniqlanadi. Buning uchun miqdoriy absorbtsiya reaksiyasidan foydalaniladi. Biroq 
bunda kuchsiz antigenlarni aniqlash imkoniyati bo‘lmagani uchun har doim aniq 
natijalarga erishilmadi. Ancha sezuvchan reaksiya absorbtsiya-elyutsiya reaksiyasi 
hisoblanadi. 
ABO izoserologik sistemasi guruhini mushak, suyak va a’zolarning 
bo‘lakchalarida absorbtsiya-elyutsiya usuli bilan α va β izozardoblari, a-H (o‘tli 
buzina ekstrakti) yordamida aniqlash.
Tajriba o‘tkazish uchun dastlab 
tekshiriluvchi mushak va ma’lum guruhli mushak namunalaridan o‘lchami 0,2x0,2 
sm bo‘lgan bo‘lakchalar kesib olinadi. Tekshiriluvchi suyak egov yordamida qipiq 
holiga keltirilib, yopishqoq lentaga yopishtiriladi va o‘lchami 0,4x0,4 sm qipiqli 
yopishqoq lenta bo‘laklari yoki o‘rtacha o‘lchami 0,2x0,2 sm bo‘lgan alohida 
suyak bo‘lakchalari reaksiyaga kiritiladi. Planshet o‘yiqchalari belgilanadi: “ob.№ 
…, A, B, AB, O”. Tekshiriluvchi ob’ektlar va ma’lum guruhli namunalar 
belgilangan tarzda o‘yiqchalarga joylashtirilib, ustiga 1 soat etil spirti (metil va 
butil spirti bilan - fiksatsiya vaqti 20 daqiqa) botadigan qilib quyiladi. 
Tekshiriluvchi ob’ektlar filtr qog‘ozga chiqarib olinadi va quritiladi. 
Agglyutinatsion probirkalar belgilanadi: β izogemagglyutinatsiyalovchi zardob 
uchun “ob.№...(β), A(β), B(β), AB(β), O(β)”; α izogemagglyutinatsiyalovchi 
zardob uchun “ob.№...(α), A(α), B(α), AB(α), O(α)”; a-H (o‘tli buzina) ekstrakti 
uchun “ob.№…(a-H), A(a-H), B(a-H), AB(a-H), O(a-H)”. Har bir fiksatsiyalangan 
ob’ektlar 3 qismga bo‘linadi va har bir bo‘lakcha belgilangan tarzda probirkalarga 
solinadi. Mushak bo‘lakchalari bo‘lgan barcha probirkalarga 2 tomchidan 
fiziologik eritma tomiziladi va termostatga +56
0
C ga 30 daqiqa qo‘yiladi. 30 
daqiqadan so‘ng bo‘lakchalar probirkalardan olinib, tegishli tarzda belgilangan 
toza probirkalarga o‘tkaziladi. Mushak bo‘lakchalari chiqarilgan fiziologik eritmali 


104 
probirkalarga: “β” bilan belgilanganga 1 tomchidan Bα(ІІІ) guruhli 1% eritrotsitlar 
tomiziladi; “α” bilan belgilanganga 1 tomchidan Aβ(ІІ) guruhli 1% eritrotsitlar 
tomiziladi; “a-H” bilan belgilanganga 1 tomchidan Oαβ(І) guruhli 1% eritrotsitlar 
tomiziladi. Probirkalar 4 daqiqa 1500 ayl/daq.da tsentrifugalanadi. Silkitiladi. Har 
bir probirkadan 1 tomchidan predmet oynasiga o‘tkazilib ustiga qoplovchi oyna 
yopiladi 
mikroskopda ko‘riladi. 
Agglyutinatsiya bo‘lmasligi o‘tkazilgan 
fiksatsiyaning yetarli ekanligidan dalolat beradi. “β” bilan belgilangan probirkalar 
qatoriga 2 tomchidan titri 1:128 bo‘lgan β izogemagglyutinatsiyalovchi zardobi 
tomiziladi. “α” belgilangan probirkalar qatoriga 2 tomchidan titri 1:128 bo‘lgan α 
izogemagglyutinatsiyalovchi zardobi tomiziladi. “a-H” bilan belgilangan 
probirkalar qatoriga 2 tomchidan titri 1:64 bo‘lgan o‘tli buzina (a-H) ekstrakti 
tomiziladi. Probirkali shtativ +4-6
0
C sovutkichga 20-24 soatga absorbtsiya uchun 
qo‘yiladi. Zardobli probirkalardan ob’ektlar uchi berk pipetka yordamida filtr 
qog‘ozga chiqariladi. Muzli maxsus idishga chuqur o‘yiqchali planshet va 
sovutilgan fiziologik eritma quyiladi. Har bir ob’ekt uchun zardobni titriga qarab, 
o‘yiqchalarning 3-5 qatori sovutilgan fiziologik eritma bilan 
2
/

qismi to‘ldirib 
chiqiladi. Tekshiriluvchi ob’ektlar ingichka uchli pintset yordamida olinib, 2 
daqiqa taymer nazorati ostida birinchi o‘yiqchalar qatoriga joylashtiriladi. 2 
daqiqadan so‘ng ob’ekt pintset yordamida ikkinchi o‘yiqchaga o‘tkaziladi. Yuvish 
tugagandan so‘ng ob’ektlar toza filtr qog‘ozga olinadi va quritiladi. Toza 
probirkalar absorbtsiya uchun belgilangan probirkalar kabi belgilanadi va ularga 
pintset bilan quritilgan ob’ektlar solib chiqiladi. Har bir probirkaga 2 tomchidan 
fiziologik eritma tomizilib chiqiladi. Probirkali shtativ +56
0
C termostatga 30 
daqiqaga qo‘yiladi. Probirkalardagi bo‘lakchalar uchi berk pipetkalar yordamida 
filtrli qog‘ozga chiqariladi. “β” belgilangan probirkalarga 1 tomchidan Bα(ІІІ) 
guruhli 1% eritrotsitlar tomiziladi, “α” belgilangan probirkalarga 1 tomchidan 
Aβ(ІІ) guruhli 1% eritrotsitlar tomiziladi, “a-H” belgilangan probirkalarga 1 
tomchidan Oαβ(І) guruhli 1% eritrotsitlar tomiziladi. Probirkalar 1500 ayl/daq 4 
daqiqa sentrifuga qilinadi. Silkitiladi. Har bir probirkadan 1 tomchidan predmet 
oynasiga o‘tkazilib, uning ustiga qoplovchi oynacha yopiladi va mikroskopda 


105 
ko‘riladi. Tekshiriluvchi ob’ektlarning probirkalarida agglyutinatsiya kuzatilmasa, 
qayta absorbtsiya-elyutsiya reaksiyasi absorbtsiya fazasidan boshlab, o‘tkazilishi 
kerak. Absorbtsiya fazasi bir necha marotaba o‘tkaziladi (ketma-ket absorbtsiya): 
ob’ektlarning ipchalari 2 soatga zardoblar bilan qo‘yiladi, pipetka yordamida 
zardoblar olib tashlanadi, qaytadan zardoblar bilan yana 2 soatga qo‘yiladi. Bir 
necha marotaba bu manipulyatsiya o‘tkazilgandan so‘ng, zardobning oxirgi 
portsiyasi bilan 20-24 soat davomida to‘liq absorbtsiya reaksiyasi o‘tkaziladi. “β” 
bilan belgilangan probirkalar qatorida agglyutinatsiya kuzatilsa B antigeni 
aniqlanganidan dalolat beradi, “α” bilan belgilangan probirkalar qatorida 
agglyutinatsiya kuzatilsa, A antigeni aniqlanganidan dalolat beradi. “a-H” bilan 
belgilangan 
probirkalar 
qatorida 
agglyutinatsiya 
kuzatilsa, 

antigeni 
aniqlanganidan dalolat beradi. Barcha o‘tkazilgan manipulyatsiyalardan so‘ng 
manfiy natija olinsa, mushak va suyaklarning guruhiy mansubligini haqida 
aytishning imkoniyati bo‘lmaydi. Agar ma’lum guruhli mushak, suyak yoki 
a’zolarning bo‘lakchalari solingan probirkalarda mos keluvchi eritrotsitlar bilan 
agglyutinatsiya kuzatilsa (β va B, AB hamda α va A, AB shuningdek a-H va O 
orasida), reaksiya tegishli tarzda o‘tkazilgan va tekshiriluvchi ob’ektlarning 
guruhiy mansubligi aniqlangan hisoblanadi. 
Chirib o‘zgargan to‘qimalarni guruhlarga aloqadorligini aniqlashda 
anchagina qiyinchiliklar tug‘iladi. Bunda antigenlarni kuchsizlanishi yoki 
yemirilishi kuzatilib, mikrofloralar tufayli spetsifik bo‘lmagan xavf tug‘iladi. ABH 
guruhli antigenlarni gistologik va sitologik preparatlarda, shuningdek hujayra 
elementlarini topishda aralash agglyutinin reaksiyasi yaxshi natijalarni ta’minlaydi. 
Ajratilgan 
hujayralarni 
guruhlarga 
aloqadorligini 
aniqlash 
uchun 
immunoflyurestsiya usulini qo‘llashga harakat qilinmoqda. 

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish