Резервная копия Монография Адилбекова cdr


Tekshirilayotgan ob’ektda qon mavjudligini aniqlash



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/71
Sana11.04.2023
Hajmi1,2 Mb.
#927263
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   71
Bog'liq
F.N.Lochinov, I.I.Baxriyev

Tekshirilayotgan ob’ektda qon mavjudligini aniqlash. 
Qon mavjudligini 
aniqlash alohida hollarda juda mushkul muammolardan biridir. Chunki juda ko‘p 
moddalar (har xil meva sharbatlari, bo‘yoqlar va x.k.) turli xil buyumlarning sirtiga 
tushgach yoki to‘kilgach tashqi ko‘rinishidan qon dog‘lariga o‘xshab ketishi 
mumkin yoki aksincha, ba’zida qon izlari tashqi ko‘rinishidan umuman qonga 
o‘xshamasligi mumkin. 
Izlardagi qonni aniqlashga yo‘naltirilgan barcha tajribalar 
taxminiy 
(dastlabki) va aniq (ishonchli)
dalil bo‘la oladigan tekshirish usullaridan iboratdir. 
Taxminiy tekshirish usullari. 
Ashyoviy dalillarda joylashgan dog‘lar hamma 
vaqt ham tashqi ko‘rinishidan qonga o‘xshamasligi mumkin. Ba’zida esa o‘zida 
qon dog‘i mavjud bo‘lgan buyumning o‘ziga xos xususiyatlariga qarab, ayniqsa, 
izlar qoramtir, to‘q rangli materiallarda, narsalarda joylashgan bo‘lsa, qon 
mavjudligiga shubha tug‘dirgan izlarini aniqlash juda qiyinlashadi.
Shuning uchun, bunday hollarda yoki bo‘lmasa, voqea sodir bo‘lgan joyini 
tekshirayotganda qon topilishi ehtimoli bo‘lgan narsaning atrofdagi buyumlardan 
farqlashda, ayniqsa, oddiy ko‘z bilan izlarning mavjudligini ilg‘ab olish qiyin 
bo‘lsa yoki ashyoviy dalillardagi qon dog‘lari ongli ravishda yo‘qotilgan bo‘lsa 
(kiyimlar yuvilgan yoki dog‘ ustiga turli meva sharbatlari, bo‘yoqlar tukilganda va 
boshqa holatlarda) dastlabki sinov tajribalarini ko‘llash kerak. Ulardan hodisa 
joyini ko‘zdan kechirishda foydalanish mumkin. Bundan tashqari qon borligini 
aniqlashga oid taxminiiy usullar sud-tibbiy tekshiruvning dastlabki bosqichida qon 
borligi ehtimoli katta bo‘lgan dog‘larni aniqlash hamda tekshiruvni maqsadliroq 
o‘tkazish uchun qo‘llaniladi. Bu sinov usullari dastlabki qadamlardir, chunki 
dog‘da qonni bor yoki yo‘qligini hamda natijalarning musbat va manfiy ekanligini 
taxminiy tajribalar natijasi aniq ko‘rsata olmaydi. Shu bilan birga bu sinovlar 
ashyoviy dalillarni taxminan aniqlashda yordam berishi mumkin.
Qon izlariga shubha qilinganda qon, temir moddasi va qon fermentlarini 
aniqlash uchun bir qancha dastlabki sinov usullari qo‘llaniladi. Ularga vodorod 
peroksid, benzidin, lyuminol, fenolftalein sinamalari hamda ultrabinafsha nurlarda 


52 
tekshirish kiradi.
Vodorod peroksid, benzidin, fenolftalein eritmalari bilan ishlov berish asosida 
ishlab chiqilgan dastlabki kimyoviy sinov tajribalari qon fermentlari bo‘lmish 
katalaza va peroksidazani mavjudligini aniqlashga asoslangan.
Vodorod peroksid sinamasi.
Buning uchun qon mavjudligiga gumon 
qilinayotgan dog‘ ustiga 2-3 tomchi 3% vodorod peroksid eritmasi tomiziladi. 
Agarda dog‘da qon mavjud bo‘lsa, dog‘ ustiga tomizilgan eritmani o‘ziga xos 
“qaynashi” kuzatiladi. Chunki qon tarkibidagi katalaza va peroksidaza fermentlari 
ta’sirida vodorod peroksid moddasi parchalanib erkin holatda kislorod ajralib 
chiqadi va suyuqlik yuzasida pufakchalar hosil qiladi.
Benzidin sinamasi.
Buning uchun qon mavjudligiga gumon qilinayotgan dog‘ 
ustiga benzidin va vodorod peroksid eritmalaridan bir tomchidan tomizilganda, 
qon borligida vodorod peroksidning parchalanishidan hosil bo‘lgan kislorod 
hisobiga benzidin oksidlanib, ko‘k rang paydo bo‘ladi.
Fenolftalein sinamasi.
Buning uchun qon mavjudligiga gumon kilinayotgan 
dog‘ ustiga maxsus tayyorlangan fenolftalein va 3% vodorod peroksid eritmasidan 
bir tomchidan tomiziladi. 10-15 soniya mobaynida qizg‘ish rangning paydo 
bo‘lishi musbat natija hisoblanadi. Ayni shunday rangning bir daqiqadan so‘ng 
paydo bo‘lishi inobatga olinmaydi, chunki bu holatda oksidlanish havoda yoki nur 
ta’sirida ham sodir bo‘lishi mumkin. 
Inson organizmiga tegishli boshqa suyuqliklar tarkibida ham katalaza va 
peroksidaza fermentlarini bo‘lishligi ushbu tajribalarni ishonchli sinov usullari 
qatoriga kirishiga to‘sqinlik qiladi.
Lyuminol sinamasi.
Ushbu sinama qorong‘i, yaxshi yoritilmagan joylarni 
ko‘zdan kechirishda qo‘llaniladi. Dog‘ga lyuminol eritmasi purkalganda yoki bir 
necha tomchi tomizilganda, qon mavjuligida bir minutgacha davom etadigan 
yorqin havo rang nurlanish vujudga keladi. 
Ultrabinafsha nurlari ostida tekshirish.
Qon borligi shubha qilingan 
dog‘larga ultrabinafsha nurlar bilan ta’sir qilganda, qon dog‘i lyuminestsentsiya 
bermaydi va to‘q jigar rang baxmalsimon ko‘rinishda bo‘ladi. Bunda dog‘ atrofi 


53 
sohalari ma’lum bir darajada flyuorestsentsiya beradi. Eski qon dog‘larida 
gematoporfirin hosil bo‘lishi hisobiga dog‘ sohasida olov rang flyuorestsentsniya 
kuzatiladi. Ultrabinafsha nurlar bilan sinama qorong‘i sharoitda o‘tkaziladi. 
Ammo, zang va boshka narsalar ultrabinafsha nurlar yordamida tekshirilganda qon 
dog‘lari bilan bir-biriga juda o‘xshab ketadi. 
Taxminiy sinamalarning barchasi nospetsifik bo‘lib, ba’zan boshqa modda 
saqlagan dog‘larda soxta musbat natija berishi mumkin. Shu sababli ushbu usullar 
bilan dog‘larda qon borligini qat’iy tarzda aniqlab bo‘lmaydi, ular faqat dog‘da 
qon borligini gumon qilish imkoniyatini beradi. 

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish