Korxona biznes-rejasining mohiyati, tuzilishi va vazifalari
Rejalarning har bir turi kabi, biznes-reja ham, bo`lim va ko`rsatkichlardan iborat bo`ladi. O`ntagacha bo`limni o`z ichiga oluvchi biznes-reja mazmuni va tuzilishiga ko`ra, eng maqbul hisoblanadi. Mavjud adabiyotlarda quyidagi bo`limlarni o`z ichiga oluvchi biznes-rejalar taklif qilinadi:
1. Tanlangan biznes kontseptsiyasi.
2. Hozirgi paytdagi holat (maqsad, vazifa va niyatlar).
3. Tashkil qilinayotgan korxona va uning mahsulot hamda xizmatlari tavsifnomasi.
4. Boshqaruv (menejment).
5. Bozor tadqiqoti va tahlili.
6. Marketing harakatlari rejasi.
7. Ishlab chiqarish rejasi.
8. Tavakkalchilikni baholash.
9. Moliyaviy reja.
10. Biznes-loyihaning samaradorligi.
Tanlangan biznes yo`nalishining kontseptsiyasini tuzishda uning raqobatbardoshligi (sifat, narx, iste`molchiga etkazib berish shakli, tayyorlash texnologiyasi va hokazo); mablag`larga bo`lgan ehtiyojlar; o`ziga jalb qilishning asoslanganligi (taklif qilinayotgan mahsulotning boshqa mahsulotlardan afzalliklari, mahsulot ishlab chiqarishning qaysi bosqichda ekanligi va hokazo)ga katta e`tibor qaratish lozim.
Kontseptsiyada tanlangan tovar bozoridagi ahvol; korxonaning tanlangan biznes sohasidagi kuchli va kuchsiz tomonlari; boshqa bozorga chiqish imkoniyatlari; bozorga ta`sir o`tkazuvchi qonunchilik, siyosat, demografik holat kabi omillar aks ettiriladi. Bundan tashqari kontseptsiya bahoning o`zgarishi, inflyatsiyaning o`sishi, kapital olib chiqish yoki mahsulot olib kirishni cheklovchi qonun hujjatlarini qabul qilinishi kabi sharoitlarda, mahsulotni sotishni ko`paytirish uchun zarur bo`lgan chora-tadbirlarni ham o`z ichiga oladi. Ushbu bo`lim tanlangan biznes yo`nalishi maqsadlari va niyatlarining shakllanishi bilan yakunlanadi.
Korxona, uning mahsulot va xizmatlari tavsifnomasi bo`limida korxonaning joylashgan manzili, bozorga chiqish shakli, bozordagi ulushi, asosiy raqobatchilari va ularning kuchli tomonlari, texnologiya darajasi va xarajatlar tahlili aks ettiriladi. Masalan:
Korxona tashkil topgan va kengaytirilgan vaqt (korxonaning qachon, kaerda va kim tomonidan ro`yxatga olingani, qaerda joylashgani.
Mulkchilik shakli, xodimlarning malakasi, tashqi muhit bilan munosabatlar «Boshqaruv» bo`limida ko`rsatiladi:
Korxonaning tashkiliy — huquqiy shakli;
Korxona sarmoyasining strukturasi (chiqarishga ruxsat etilgan aktsiyalarining soni, chiqarilgan va muomilada yurgan aktsiyalarning soni, ularning dominal qiymati va birja baxosi);
Korxonaning hisob raqami ochilgan asosiy bank;
Korxona rahbariyati - raisi, bosh direktori;
Korxonaning buxgalteri;
Korxonaning yuristi;
- Asosiy menejerlari, ularning malakasi, ma`lumoti, ish staji.
Do'stlaringiz bilan baham: |