«Bozor tadqiqoti va tahlili» bo`limida tanlangan bozor asoslab beriladi, xaridorlarni korxona mahsulotlariga jalb etuvchi raqobatchilik usullari hamda bozorda bahoni shakllantirish va hokazolar ko`rib chiqiladi.
Marketing rejasining asosiy vazifasi korxonaning bozordagi imkoniyatlariga baho berishdadir. Marketing rejasining asosiy elementlari sifatida tovarlarni tarqatish tizimi, bahoni shakllantirish, reklama, savdoni rag`batlantirish usullari, sotilgandan keyingi xizmat ko`rsatishni tashkil qilish, korxona (firma) va uning mahsulotlari haqida jamoatchilik fikrini shakllantirish kabilarni ko`rsatib o`tish mumkin:
mazkur korxona qanday mahsuloti bilan nom chiqargan;
korxona tovarni kimlar sotib oladi yoki uning xizmatidan kimlar
foydalanadi;
korxonaning tovar belgisi qaerlarda ma`lum;
doimiy mijozlari kimlar;
Korxona tovari yoki xizmatlarining harakati qanaqa.
«Ishlab chiqarish rejasi» potentsial xaridorlarga kerakli mahsulotlar hajmini o`z vaqtida ishlab chiqarish imkoniyatining mavjudligini ko`rsatadi. Mazkur bo`limda quyidagilar o`z aksini topadi: Yangi tashkil qilingan yoki faoliyat yuritayotgan korxonada tovar ishlab chiqarish joyi; buning uchun zarur bo`lgan ishlab chiqarish quvvatlari va ularning o`sish istiqbollari; xom ashyo va material etkazib beruvchilar; ishlab chiqarish kooperatsiyasi; ishlab chiqarish oqimlari tizimini tuzish; sifatni nazorat qilish jarayoni; foydalaniladigan standartlar; vujudga kelishi mumkin bo`lgan ishlab chiqarish xarajatlari.
«Tavakalchilik va sug`urtalashni baholash» bo`limi ikki qismga bo`linadi. Birinchi qismda tavakkalchilikning barcha turlari (yong`in, zilzila, soliqni boshqarishdagi o`zgarishlar va valyuta kursining tebranishi) oldindan hisoblab chiqiladi. Ikkinchi qismda esa tavakkalchilik xavfining oldini olish, ya`ni tavakkalchilik va zararlarni qisqartirish chora-tadbirlari ko`rsatiladi, shuningdek, tavakkalchilik xavfidan sug`urtalash dasturi amalga oshiriladi.
Moliyaviy reja biznes-rejaning yakunlovchi bo`limi bo`lib, korxona faoliyatining natijalarini tavsiflaydi. U quyidagi bo`limlarni o`z ichiga oladi:
Shuningdek, mazkur bo`limda ishlab chiqarishni tashkil qilish yoki kegaytirish uchun mablag` jalb qilish rejalari ham ifodalanadi. Bo`limda korxonaning moliviy barqarorligi yoki nochorligini aniqlash imkonini beruvchi maxsus ko`rsatkichlar hisob-kitobi ham keltiriladi.
Biznes - rejaning tahliliy qismi uning eng ijodiy bo`limlaridan biridir. Korxona bir necha yildan beri ishlab kelayotgan bo`lsa,tahlilda sotilgan mahsulot hajmi va foyda miqdori so`ngi moliya yillari davomida qay tariqa o`zgarayotganini ko`rsatish kerak.