Yog′ aralashmasini titri 31-41˚C bo′lishi kerak. Atir sovun asosini yog′ kislotalaridan tayyorlash jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat: karbonatli sovunlash, kaustik sovunlash, tuzlash, silliqlash, tindirish va atir sovun asosini to′kib olish.
Karbonatli sovunlash. Qozonga hisoblangan 28-30% li soda solinadi. Qaynatish davomida yog′ kilotalari beriladi. Sovunli massa ketmasligi uchun, 20% li eritma holidagi 1-2% qo′shiladi. Hamma aralashmalar berilgandan so′ng, 1,5-2 soat davomida qaynatiladi. Karbonatli sovunlanish oxirida Na2 CO3 miqdorida 0,5% kam bo′lishi lozim. Kaustik sovunlash . bunda 40-44% li NaOH eritmasi kiritiladi. Agarda nazorat qaytishdan keyin (30 daqiqa davomida) ishqor-o′zgarmas, kaustik sovunlash tugagan hisoblanadi.
Tuzlash NaCl eritmasi bilan o′tkaziladi, silliqlasj, tindirish neytral yog′lardan atir sovun tayyorlash usuli bilan bajariladi.
Atir sovun asosini bilvosita uzluksiz usul bilan tayyorlash chet mamlakatlarning uskunalaridan neytral yog′larni kaustik soda bilan sovunlash, keyin sivun osti ishqoridan glitserinni ajratib olish usuli bilan o′tkaziladi. Hozirgi vaqtda ‹sharpiess› ‹Monsavon›
‹Gofman-Konstansa› ‹Alfa-Laval› ‹Massom› va boshqa uskunalar ishlatiladi. ЭЛМ liniyasida atir sovun asosiga ishlov berishning texnologik chizmasi.
Atir sovun asosi (1) sovun yig′gichdan taminlovchi nasos (2) yordamida filtr (3) orqali taminlovchi idish (4) ga haydaladi. U yerdan meyorlovchi nasos (5) orqli issiqlik almashuv kolonkasi (6) ga yuboriladi. Bu yerda 80-85˚C dan 120-160˚C gacha isitiladi. Qizdirilgan sovun 0,5 MPa bosim ostida vakum quritish kamerasi (7) ga kelib tushib, forsunkalar orqali purkaladi. Kameradagi qoldiq bosim 15-40 mm sim. Ust. ga teng. Sovun qirindisi vakum ostida ishlaydigan ikkilamchi shnek-press (8) ga kelib tushadi. U yerda sovunli qirindi ikki marta zichlanadi, plastiklanadi, quritiladi, panjaradan siqilib chiqib, pichoqlar yordamida donalarga kesiladi. Sovunli vermishel bunker (19) ga yuboriladi. bug′ gazli aralashma birinchi siklonga borib tushadi, u yerda markazdan qochma kuch yordamidan va tezlik farqida sovunli chang ajralib, siklonning pastki qismiga o′tirib qoladi va shnek press (11) yordamida chiqarib yuboriladi. So′ngra bug′ gazli aralashma nazorat sikloni (12) ga uzatilib, u yerdan barometrik sovutgich (13) ga yuboriladi. Sovutgichda 14-16˚C li sovuq suv bilan aralashadi. Suv barometrik quvur orqali (15) qudduqqa oqib tushadi. Kondensatsiyalanmagan gazlar va havo kukun nasos (17) yordamida tomchi ajratgich (14)
va tutgich (16) orqali so′rib olinadi.
|