Asosiy uskunalarni tanlash.
Sovun pishirish qozoni-silindrik korpus (1) dan, konussimon taglikdan va qopqoqdan tashkil topgan. Hosil bo′lgan CO2, va ishlatilgan ochiq bug′ni atmosferaga chiqarib yuborish uchun qozonning qopqog′idan so′ruvchi patrubka (5) bor. Qopqoq ostiga halqasimon purkagichlar (3 va 4) joylashtirilgan, ular orqali yog′ kislotalari, yog′lari, ishqor eritmasi tuz eritmasi, issiq suv qozonga beriladi. Ko′rish oynasi (6) sovun pishirish jarayonini kuzatish (bazan quruq tuzni solish uchun) uchun xizmat qiladi.
Tindirilgan sovun yadrosi nasosga ularni sharnirli sifon truba (7) orqali olinadi. Sharnirli truba zanjir va lebyodka (2) yordamida harakatga keltiriladi. Sovun yadrosini qizdirish uchun zmeyevik (8) o′rnatilgan. Qozonning pastki qismida sovun osti ishqori va sovun osti yelimini bo′shatish uchun shtutser (9) mavjud.
Apparatning unumdorligi 7-10t/s ni tashkil qiladi.
Vakum quritish kamerasi. Zamonaviy uskunalarda sovun asosini sovutish va quritish birlashtirilgan. Qizdirilgan sovun vakum kameraga sepilib, quritiladi va sovutiladi.
Vakuum quritish kamerasining texnik tavsifi.
Kamera diametric… 1500mm
Kamera bo′yi 4000mm
Elektrodvigatel quvvati 12,4 ayl/daq
Devor va pichoq orasidagi oraliq masofa… 0,1mm
Unumdorligi 2t/s.
Sovunni quritish uchun vacuum-quritish kamerasi va bo′yi bo′lgan silindrik apparat bo′lib, sferik qopqoqdan, konusdan va o′tish halqasidan tashkil topgan. Kamera markazidan val o′tgan bo′lib, u chervyakli reduktor orqali elektrodvigateldan harakatlanadi. Aylanish chastotasi 12,4 ayl/daq bo′lgan valga issiq sovunni purkash uchun xizmat qiladigan, ikkita forsunka va kamera ichki devoridagi, tubidagi va sovunni quritib olish uchun hizmat qiladigan uch xil shakilli po′lat ip mahkamlangan. Devor va pichoq orasidagi oraliq masofa 0,1mm dan ko′p emas. Kameraning silindrik qismida bug′ ko′ylagi bo′lib, yuqori konsentratsiyali sovun tayyorlash uchun unga harorati 60÷98˚C bo′lgan issiq suv beriladi.
Vakuumli shnek-press sovun qirindisiga mexanik ishlov berish plastifikatsiyalash, presslash va brus qilib qoliplashga mo′ljallangan.
Vakuumli shnek-press texnik tavsifi.
Shneklarning o′ramlari qadami 200 dan 140mm
Shneklarning diametri 250mm
Shneklarning uzunligi 1270mm
Panjara teshiklari diametric… 20mm
Unumdorligi 2t/s
Shnekli mashinaning asosiy qismi cho′yandan yasalgan, qarama-qarshi tomonga aylanadigan ikkita shnekdir. Shneklarning o′ramlari qadami 200 dan 140 mm gacha o′zgaruvchan, diametric 250 mm va uzunligi 1270 mm ga teng.
Shneklar staninaning ustiga o′rnatilgan presslash kamerasiga joylashtirilgan. Shnek- pressga sovun qirindisi vakum-quritish kamerasining bunkeri bilan birlashtirilgan yuklash teshigi orqali tushadi. Shneklar aylanganda sovun qirindisi shnekning konussimon bosh qismi tomoniga siljiydi. Shnek o′ramlarining qadamlari o′zgaruvchan bo′lganligi, material harakatiga panjaraning ko′rsatayotgan qarshiligi tufayli, sovun qirindisi sekin-asta zichlashadi. Zichlashgan massa teshiklarini diametric 20mm bo′lgan panjara orqali o′tkailganda ishqalanadi, so′ngra konussimon bosh qismiga o′tadi, buyerda qo′shimcha presslanadi, zichlashadi va shnek-pressdan to′rt qirrali brus ko′rinishida chiqadi. Mashina bosh qismining chiqishiga to′rtburchakli shayba o′rnatilgan, u sovunn brusiga kerakli shaklni beradi.
Sovun massasi harakatlanayotganda ortiqcha qizib ketmasligi uchun, presslash kamerasining ko′ylafi bor, unga harorati12-15˚C bo′lgan sovuq suv beriladi. Sovun brusiga silliq, yaltiroq va yoriqlarsiz tekis tus berish uchun shnekning konussimon bosh qismida issiq suv uchun ko′ylagi bor. Issiq suvning harorati 30 dan 90 C gacha o′zgarib turadi va avtomatik termorostlagich yordamida rostlanadi. Shnek-pressning unumdorligi 1t/soat.
4. Kesish apparati. Ekstruder konusidan chiqayotgan ikkita sovun stangasi unumdorligi daqiqasiga 200 sovun bo′lagi bo′lgan kesuvchi mashina bilan bo′laklarga bo′linadi.
Asosiy uskuna va juhozlarni zaruriy sonini aniqlash.
1. Sovun pishirish qozonida atir sovun asosini tayyorlanadi. Uskunaning quvvati, 7-10t/s. Uskunaning sutkasiga ishlash sonini aniqlaymiz.
|
Bu yerda: Qk- sex quvvati, Qq- uskunaning quvvati. Demak, 1ta sovun pishirish qozoni apparati kerak.
2. Sovunni quritish uchun vakum-quritgich kamerasi tanlanadi. Uskunaning quvvati 2t/s. uskunaning sutkasiga ishlash sonini aniqlaymiz.
Demak, 3ta vacuum-qurutgich kamerasi apparati kerak.
4. Kesish apparati. Unumdorligi daqiqasiga 200 sovun bo′lagi bo′lgan kesuvchi mashina.1 daqiqaga 200 sovun bo′lagi sovun kesilsa, 60 daqiqaga 12000ta sovun bo′lagi chiqadi. 1 sutkada (16soat) 192000 ta bo′lak sovun chiqadi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |