Respublikasi xalq ta‘limi vazirligi samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash


Ahmad Donish bilim va hunar egallamay , o’zining nasl nasabi bilan maqtanib yuradigan yoshlarni nimaga o’xshatadi?



Download 1,56 Mb.
bet26/60
Sana31.12.2021
Hajmi1,56 Mb.
#258666
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   60
Bog'liq
Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi

Ahmad Donish bilim va hunar egallamay , o’zining nasl nasabi bilan maqtanib yuradigan yoshlarni nimaga o’xshatadi?


  1. ichida suv yo’q quduqqa

  2. foydasiz buyumga

  3. gullamaydigan daraxtga

*d) meva hosil qilmaydigan daraxtga

e) to’g’ri javob yo’q



  1. “Umrni zoya etma, mehnat qil, mehnatni saodatning kalti bil” deb mehnat haqida fikr bildirgan shoir kim?


  1. X.Dehlaviy

  2. Al-Beruniy

s) Zavqiy

*d) A. Navoiy

e) Sakkokiy

  1. qaysi mutafakkir mehnat haqida shunday degan edi. “Har shirin jon qilsa harakat, harakatga qarab topar barakat”


  1. A.Navoiy

  2. X,Dehlaviy

  3. Al- Kindiy

*d) Ahmad donnish

  1. mavzu: Boshlang`ich sinf mehnat ta’limi darslarida didaktik o’yin texnologiyalarining o`rni


O’quvchilarda boshlang’ich sinflar texnologiya darslarida o’quvchilarda texnologiyaga qiziqishlarini oshirishda o’yinlardan foydalanish, krossvord va boshqotirmalardan foydalanish sistemali jarayon bo’lishi, bunda o’qituvchining turli imkoniyatlardan foydalana olishi. tayyorlovchi savol va topshiriqlardan o’rinli foydalana olishini talab etadi. Bu shu bilan asoslanadiki, tushunchalar natija va qoidalarning mantiqiy asoslanishida analitik va sintetik usullarni o’zaro muvofiq holda qo’llash ularni asoslash va tekshirish, tanqidiy fikrlash usullarini qo’llash uchun muhim ahamiyatga ega.

O‘yin tarbiya vositasi. O‘yinni pedagogik jarayon strikturasida analiz qilish natijasida shu narsa aniqlandiki, o‘yin faqat psixologik hodisa bo‘lib qolmay, balki pedagogik hodisa hamdir.

Biroq o‘yindan tarbiya masalalarini hal qilish uchun ongli ravishda foydalanilgandagina u pedagogik hodisa shaklini oladi.

Pedagogik vazifa sifatida o‘yin turli vazifalarni: tarbiya vositasi, ta’lim berish, metod vazifasini, shuningdek, bolalarni o‘qitish usullari vazifasini bajaradi. Didaktik o‘yinlarning asosiy xususiyatlari shundaki, bularda to‘g‘ridan-

to‘g‘ri ta’limga aloqador masalalar o‘yin qoidalari niqobi ostida o‘tadi.

Bola o‘ynar ekan, o‘rganaman deb o‘ylamaydi, lekin o‘yin jarayonida u nimagadir o‘rganadi. Ta’lim bu yerda ataylabdan o‘tilmaydi. Didaktik o‘yinlarning qimmati shundaki, u kichkina bolalarning imkoniyatlariga javob beradi va ularning energiya sariflashlarini muozanatlashtiradi. U ma’lum darajada ta’lim mazmunini qabul qilish va o‘qitishni niqoblash kabi muhim xususiyatga egadir. Bola buni hayolga keltirmagan holda o‘rganadi. Shuni ham aytish keraki, didaktik o‘yinlarda shaxsning tormozlanishi qobilyati, diqqatini o‘sishi, kuzatuvchanlik kabi xususiyatilarining o‘sishiga qaramay, bolalarning bevosita o‘quv faoliyatini shakillantiradi.

O‘yinlarda kolektiv ish ongli intizomni tarbiyalash uchun kerak bo‘lgan do‘stona birodarlik hissiyoti, to‘g‘rilik, haqiqatgo‘ylik va boshqa hislatlar rivojlanadi. Jamoa o‘yinlarida astoydil maqsadga intiladigan va boshqalarni yetaklaydigan tashkilotchi bolalar, yo‘lboshi bolalar tarbiyalanadi.

Bolalar qanchalik yosh bo‘lsa, o‘yin ularni faoliyatida shunchalik katta ahamiyat kasb etadi. O‘quvchilarni tarbiyalashda o‘yinning ahamiyati yetarlicha baho bermaydigan o‘quvchi o‘z ishida katta yutuqlarga erisha olmaydi.

Amalda stol ustida o‘ynaladigan o‘yinchoqlar, harakatli o‘yinlar, texnik o‘yinlar, soha ko‘rinishi atraktsionli o‘yinlardan foydalaniladi.

Bola hayotida rollarga bo‘linib o‘ynaladigan o‘yinlarda katta odamlar o‘rtasida paydo bo‘ladigan munosabatlarni o‘zlari tushunadigan vaziyatlarda

qaytaradilar. Bola o‘ziga ma’lum bir ro‘lni olar ekan, tegishli qoida, vazifalarni bajaradi va bu qoidalarni o‘zlashtirib oladi, ahloqiy malaka va odatlarni egallaydi. Rollarga bo‘linib o‘ynaladigan o‘yin ko‘pchilik bilan o‘tkaziladi.

O‘yin davomida bolalar o‘rtasida kattalar orasidagi munosabatlar tarkib topadi, va asta-sekin mustahkamlanadi.

Bolaning yoshi o‘sib borishiga qarab ro‘llarga bo‘lib o‘ynaladigan o‘yinlar bilan bir qatorda didaktik va harakatli o‘yinlar ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Bola maktabga qatnay boshlaganda o‘yinning ahamiyati bir oz kamayadi. Lekin bu o‘qish o‘yinni bola hayotidan butunlay chiqarib tashlaydi, degani emas. Bu holda o‘yinning xarakteri, uning mazmuni o‘zgaradi, biroq uning bolalar tabiyasidagi muhumligicha qolaveradi.

Kichik yoshdagi o‘quvchilarning rollarga bo‘linib o‘ynaladigan o‘yinlarda ular tasvirlayotgan kishilarning xususiyatlari muhimroq bo‘lib ko‘rinadi. O‘quchilarning kuchliylik, botirlik, chaqqonliligiga sabab bo‘ladi. Bolalar to‘siqlarni yengib o‘tishga harakat qiladilar, qahramonona ishlarni bajaradilar.

Boshlang‘ich maktabda o‘qishning oxiriga borib, ong-bilim doirasining kengayishi munosabati bilan o‘quvchilar haqiqiy qiyinchiliklarni yengib boradi. O‘yin elementlarini kiritish bolalarda belgilangan ishni mumkin qadar yaxshiroq bajarish ishtiyoqini uyg‘otadi va ularda har qanday ishga ma’suliyat sezgan, holda yondoshish odatini tarkib toptiradi.

Boshlang‘ich ta’limda didaktik yoki o‘rgatuvchi o‘yinlar keng taqalgan. Ular bilishi mazmuniga ega bo‘lib, o‘quvchilarning aqliy rivojlanishiga qaratilgan.

O‘quv faoliyatining har-xil turlarida xilma-xil o‘yinlardan keng foydalaniladi.

Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘quvchilar uchun qiyin va kam tushunarli fan bo‘lib tuyuladi. Shuning uchun bolalar ko‘p hollarda qoidalarning

ma’nosiga tushunmasdan quruq yod olishiga harakat qiladilar, bu esa bilimda mavzularni o‘zlashtirishga to‘sqinlik qiladi .

O‘quvchilarning darsda olgan bilimlari ongli ravishda mustaqil fikrlash asosida egallangan bo‘lsagina, u ishonchli va mustahkam bo‘ladi. O‘qituvchi o‘qitish jarayonida o‘quchilarni fikrlariga, izlanuvchanlikka, xulosa chiqarishga va umumlashtirishga undovchi metodik usullarni qo‘llash muhim ahamiyatga egadir.

Didaktik o‘yinlar darsda ishni indivuduallashtirish har bir o‘quvchining kuchiga mos topshiriq berish, ularni qobilyatini o‘stirish imkonini beradi. “Har bir yaxshi o‘yinning mehnat kuchi – mehnatni kuchaytirish va fikrlashni o‘stirish xususiyati bo‘ladi ,” - degan buyuk pedagok A. S. Makarenko.

O‘yin jarayonida o‘quchilar dastlab faqat o‘yinga qiziqa boshlasa, keyinchalik uni tezda o‘yin bilan aloqador material qiziqtira boshlaydi. Endi unda shu mavzuni o‘rganish eslab qolish, o‘yinga qatashish istagi paydo bo‘ladi.

O‘yin o‘quvchilar diqqatini osonligicha jalb qilishga ularning eng muhim va murakkab narsalarga voqea va hodisalarga qiziqishlarini uzoq vaqt ushlab qolishga yordam beradi.



Masalan: bir xil mashg`ulotlar o‘quvchilarni toliqtiradi, o‘qishga qiziqishini yo‘qotadi. Shu mashg`ulotlarni o‘yin shaklida “Kim tez bajaradi?”, usuli bilan bajarish esa o‘quvchilarni jonlantiradi. Eni ular aniq maqsad yo‘lida, ya’ni topshiriqlarni bajarishda g‘olib chiqish, boshqalardan orqada qolmaslik, ularni bajarishiga qodir ekanini ko‘rsatishi hissi bilan harakat qiladilar.

Didaktik o‘yinlarni darsga moslashtirib tanlash va o‘quvchilarning ma’lum bir o‘yindan zerikkanlarini sezgach, uning yangi turlarini qo‘llash zarur. Tanlangan o‘yin qiziqarli, o‘quvchilarning yoshiga mos, qisqa vaqtga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak.

Didaktik o‘yinlar fanga qiziqtirishni, mavzularni ongli o‘zlashtirishiga, o‘quvchilarning fikrlash faoliyatini rivojlatirishiga, ularda kuzatuvchanlikni oshganda didaktik o‘yinlar vositachilik rolini tashkil qilishdan oldin uni

qaysi maqsadga yo‘naltirishini va didaktik asoslarini aniqlab olish va dars jarayonida unga tayanish zarur. Metodika nuqtai nazaridagi o‘yinlar, keltirilgan umumiy tarbiyaviy va o‘qitish topshiriqlaridan tashqari, o‘qituvchiga bolalarda maxsus ko‘nikmalarni hosil qilishda yordam beradi.

O‘yindan ko‘rish va eshitish zehnini mukammallashtirishidan ham foydalanish mumkin. O‘yinlar yordamida bolalar mavzuni esda saqlab qolishi qobilyatini mustahkamlash mumkin. Ko‘pgina o‘yinlar bolalarda joy tushunchasin rivojlntirishda yordam beradi. “Giometirik domino”, “Qurilishi materiallari”, “Tangram” o‘yini, kombinatorik qobilyatini rivojlatiradi (mozayka rangli domino, giometrrik jisimlarni yoymoq va b. ) va konsturuktiv qobilyatini rivojlantiradi ( konstruktorlar, uchburchakning siri va h.z.)
Quyidagi ayrim didaktik o’yinlar haqida to’xtalamiz:

Tez javob” o’yinida o’qituvchi yoki boshlovchi qator oralab yurib, o’quvchilardan birini turg’izadi va biror turga oid so’zni aytadi. O’quvchi esa o’sha so’zni izohlaydi. Javob uchgacha sanaguncha aytilishi kerak. Masalan: o’qituvchi uchburchak sozini aytsa, o’quvchi bu so’zni: “Uning uchta tomoni va uchta burchagi mavjud”, - deb izohlaydi. Oyin shu tariqa davom etadi. Javob berolmagan o’quvchi o’yindan chiqariladi.

Bu o’yin orqali o’quvchilarda hozirjavolik, mustaqil fikrlash malakalari rivojlanadi, shuningdek, ular atrof-muhitni sinchkovlik bilan kuzatishga o’rganadi, atrofda sodir bo’layotgan hodisalarga qiziqishi ortadi.

Bu o’yindan darsning mustahkamlash qismida yoki dam olish daqiqasida foydalanish mumkin.

Antiqa rassom” o’yinida ixtiyoriy 3 ta o’quvchi tanlab olinadi va ko’zlari bog’lanadi. Ular doskadan qo’llarini uzmagan holda turli shakllarni chizadilar.

“Antiqa rassom” o’yinidan istalgan darsda foydalanish mumkin. Bunda faqat o’yin sharti o’zgartiriladi. Masalan, “Qo’l uzmasdan uchburchak chizing”, “Qo’l uzmasdan to’rtburchak chizing”, “Qo’l uzmasdan aylana chizing” kabi.

Ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilarning har tamonlama rivojlanishi uchun qulay ijtimoyi-psixologik va do’stona muhitni yaratishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish ko’zlangan natijaga erishish uchun muhim omil hisoblanadi.

Qiziqarli matematika boshlang’ich sinflarda o’ziga xos va mos o’rinni olishi kerak: u idrokka hayajon (emotsiya) elementlari bilan idrok qilingan narsa esa ko’pincha kishining butun umri bo’yicha esida qoladi.

Qiziqarli matematika ziyraklikni, sezgirlikni taraqqiy etdiradi, topqirlikni o’rgatadi, bolalarning kombinatorlik qobilyatlari rivojlantiradi.

Didaktik o’yinlar metodik nuqtayi nazardan shu bilan qiymatlikka egaki, ular ilgaridan egallagan malakalarini mustahkamlaydi, texnologiya faniga qiziqishini uyg’otadi, bolalarda bundan keyin ham mehnat faniga, mashg’ulotlariga intilish paydo bo’ladi. Didaktik o’yinlar va topishmoqlar, bosh qotiradigan jumboqlar shaklidagi o’yinlar ko’pincha sinfdagi ishlarni mashg’ulotlarni jonlantirish uchun yaxshi vosita bo’lib xizmat qiladi.

Didaktik o’yinlarni o’tkazish uchun ham vaqt va o’zlariga muvofiq didaktik material kerak bo’ladi. Shuning uchun o’yinlarni ko’pincha darsdan tashqari mashg’ulotlar uchun tavsiy qilish mumkin. Mehnat darslarida esa vaqti-vaqti bilan o’quvchilarni u yoki bu o’yinning mohiyati, uning qoidalari bilan tanishtirish va o’yinning o’zini ham o’tkazish kerak.

O`yinlar o’tkazish uchun vaqt ham ko’p kerak bo’lmaydi, darsini jonlantiradi, tetik kayfiyat uyg’otadi va bundan tashqari texnologik malakalarni mustahkamlashga yordam beradi.

Bu kabi masalalardan tashqari muammoli ta'lim bolalarning bilib olish faoliyatlarini rivojlantirishning muhim omillaridan biri ekanligi tajribalardan ko'rinib turibdi. Muammoli ta'lim tufayli bolalarning fikrlashlari, xilma-xil hodisalarga olingan bilim va malakalarni mustaqil tatbiq etish faoliyatlari osha boradi. Bolalar o'qituvchi tomonidan qo'yilgan yangi muammolarni yechish natijasida, kichik bo'lsa-da «kashfiyot»lar yaratadilar. Bitta o'quvchining

«kashfiyoti» butun sinf o'quvchilarini qiziqtiradi. Ularni yangi kashflyotlar yaratishga ilhomlantiradi. Ixtiro yoki kashfiyotning katta va kichigi bo'lmaydi.

Biz yuqorida boshlang‘ich sinf mehnatni o‘qitishda qo‘llaniladigan didaktik o‘yinlar haqida gapirib o‘tdik. Didaktik o‘yinlar shu fanga qiziqtirishni rivojlantirishning samarador vositalaridan biridir . U bilan birga didaktik o‘yin bolalarning aqliy faolligini tarbiyalashning qimmatli vositasidir. U bolalarda bilish, mustaqil fikr yuritish malakasini rivojlantiradi, qiziqish o‘yg‘otadi. Bolalar uchun o‘yin eng haqiyqiy o‘qish ekanligini unutmasligimiz kerak. O‘yin vaziyatni yaratish shunga olib keladiki, o‘quvchi o‘yinga qiziqib o‘zi bilmagan holda ma’lum bilim va malakalar, ko‘nikmalarni egallaydilar . Didaktik o‘yinlar boshlang‘ich sinflarda mehnat o‘qitishda va tarbiyalashda ayniqsa zarurdir, darslarni qiziqarli, jonli chiqishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.


Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish