Ishchi chizmalar.
Ishchi chizmalar tasdiklangan loyihalash vazifasi asosida ikki bosqichli loyihalashda texnik loyihalashdan sung bajariladi.
Ishchi chizmalar ishlab chikalayotganda loyihalanayotgan korxonaning mahsuldorligini kamaytiruvchi yoki kurilish sarf xarajatini oshiruvchi biron bir uzgarish kiritish mumkin emas.
Ishchi chizmalar buyurtma berilgan uskunalarning texnik ko‘rsatkichlarini hisobga olgan xolda bajariladi. Bu chizmalar aloxida bajarilib yirikrok masshtabda (1:50) chiziladi, chunki bu ishchi chizmalar asosida kurilish montaj ishlari bajariladi. Kerak bo‘lganda reja va kesim chizmalariga detallashtirilgan chizmalar tuzilib ularda aloxida kismlarning (imorat, inshoat, turli konstruktsiyalar fundamentlar va uskunalar) aniq ulchamlari kursatilgan chizmalari beriladi. Detallashtirilgan chizmalar yanada yirikrok masshtabda bajariladi (1:20; 1:10) .
Namunali loyiha
Namunali loyiha bir turdagi korxonalarni kurish uchun ishlab chikiladi. Namunaviy loyihani ishlab chiqishda eng ilgor ‘rogressiv tizimlar, yangi zamonaviy kurilma va jihozlardan foydalaniladi. Namunaviy loyihalarni qo`llashda ularni mavjud joylardagi shart-sharoitlarga bog‘langan xolda bajariladi.
Texnologik loyihalash usullari
Texnologik jarayonlarni loyihalashda ilgor texnologik sxemalarni loyihalanayotgan korxona tizimiga kiritish nazarda tutiladi. Texnologik loyihalash usullari kuyidagi asosiy ikki yunalishdan tashkil to‘adi:
Yangi korxonalarni loyihalash;
Mavjud, ishlab turgan korxonalarni rekonstruktsiyalab loyihalash.
Yangi korxonalarni loyihalash, yukoridagi ma‟ruzalarda aytilganidek, 2 yoki 3 bosqichda bajarilib, xom ashyo zaxirasi yetarli bo‘lganda yoki aholi extiyojini kondirish maqsadida bajarilsa, korxonalarni rekonstruktsiyalab loyihalash kuyidagi maqsadlarda bajariladi:
Korxonaning unumdorligini oshirish
Loyihalashda bu ikkala vazifa ko`pchilik xollarda mujassamlanadi. Korxona unumdorligini oshirish mavjud ishlab turgan korxonaning unumdorligi yetishtirilayotgan xom ashyoni tulik qayta ishlay olmasa yoki ishlab chiqarilayotgan mahsuloti bilan shu hudud aholining extiyojlarini kondira olmasa, u vaqtda shu hududda, ba‟zan shu shaharning uzida yana bitta mavjud korxona uxshash yangi korxona kurilishi yoki mavjud korxonani unumdorligini oshirish uchun rekonstruktsiya, ya‟ni tulik yoki kisman qayta kuribkorxonaning unumdorligini oshirish lozim.
Loyihani boshlashdan oldin iqtisodiy asoslash bajarilib, bunda korxonaning unumdorligini kay darajada oshirish lozimligi aniqlanadi. Bunday iqtisodiy asoslash yangi zavod kurilishidagi iqtisodiy asoslashga uxshagan bo‘ladi.
Agar rekonstruktsiya qilinayotganda mavjud texnologik sxema saqlab kolinsa, u vaqtda rekonstruktsiya apparatlar sonini ko`’aytirish yoki ularning ulchamlarini yiriklashtirish bo‘yicha bajariladi.
Buning uchun korxonada ishlab turgan barcha uskunalar urganilib chiqilib, ularning har birining quvvati aloxida aniqlanadi. Barcha texnologik sanoat agregatlarning quvvati qayta ishlanayotgan xom ashyo yoki ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdori bilan belgilanadi. Bu ma‟lumotlar yigib bo‘lingach, kurinadiki ular bir xil emas, birining quvvati katta, ikkinchisiniki kichik. Eng kam quvvatga ega bo‘lgan uskunalar zavod unumdorligini limitlaydi. Endi rekonstruktsiyaning vazifasi mana shu «tor joylarni yamash» bo‘lib, bu tor joylar ozgina bo‘lsa korxonani qisman rekonstruktsiya qilish kerak bo‘ladi. Apparatlarning analizi har bir uskuna uchun nima qilish kerakligini bildiradi: ularning sonini ko`’aytirish kerakmi, almashtirish lozimmi, boshqa quvvati qayta yangi uskuna o`rnatish durustmi yoki ishlash tartibini uzgartirib unumdorlikni oshirish tugri bo‘ladimi. Ba’zan bunday qisman rekonstruktsiya apparatlarni o`rnini almashtirishni talab qiladi. Agar «tor joylar» nihoyatda ko`’ bo‘lsa, yoki muljallangan unumdorlik shunday kattaki, barcha agregatlarning quvvatini oshirish kerak bo‘ladi. Bunday xolda «bosh» rekonstruktsiya talab etilib, barcha apparatlarning joylashishigina kurib chikilmay, balki sexlarning ham o`zaro
mutanosibliklari kurib chikiladi. Bu vaqtda mavjud imoratda huddi yangi zavod kurilayotgandek ish yuritilib loyiha bajariladi. Agar imoratning gabaritlari yangi loyihalanayotgan zavodga mos kelmasa, odatda imorat yonida yoki ustida qo`shimcha taqab imorat solinadi. Rekonstruktsiya maqsadida asosiy sanoat apparatlarining quvvatini tekshirish bilan birga transportyorlar, nasoslar, kompressorlar, ventilyatorlar, gaz, suv, bug va sovuklik yunaltirgichlarning ham quvvatini tekshirish kerakki, bu yul bilan ularning quvvatini loyiha quvvatiga mos ekanligi yoki yukligi aniqlanadi. Bu qo`shimcha uskunalarning quvvatini oshirish mumkin bo‘lmasa ularni ham kattaroq quvvatlilisiga almashtirish uchun bajariladi.
Loyihada mavjud qurilmalar – elektr transformatorlari, bug yunaltirgichlar, sovutish va suv tag‘minoti sistemalari kay darajada muljallangan unumdorlikka to`g`ri kelishi ham tekshiriladi va lozim bo‘lsa, bu kurilmalarning ham rekonstruktsiyasi amalga oshiriladi.
Va, nihoyat zavodning barcha xizmat kurilmalari va yordamchi inshoatlari tekshirilib ularning zavod talabiga rekonstruktsiyadan so`ng mos kelish, kelmasligi aniqlanadi, masalan, bo‘larga barcha omborxonalar, xom ashyo omborlari, tayyor mahsulot omborlari qabul qilish moslamalari va xo`jaliklari va boshqalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |