Ma’lumki, meva va sabzavotlar mavsumiy bo‘lib, yilning muayyan muddatida yetishtiriladi. Shuning uchun ham ularni qayta ishlashni va uzoq muddat saqlashni tashkil qilmasdan turib, aholini yil bo‘yi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashni hal qilib bo‘lmaydi. Meva va sabzavotlarni yetishtirish ko‘paygan sari ularni saqlash va qayta ishlash ham takomillashib bormoqda. Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashni yaxshilash hamda ularning uzluksizligiga imkoniyatlar yaratish hozirgi zamonning eng dolzarb masalasidir. Buning uchun joylarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlab konservalash ishlariga yetarli e’tibor berish talab qilinadi. Meva va sabzavotlarni yig‘ib-terib olish, tashish, saqlash va qayta ishlab konservalash ishlari ilmiy tashkil qilinsa, Respublikamiz hamda chet el texnika va texnologiyasida erishilayotgan yutuqlarga, ilg‘or tajribalarga tayanib ish olib borilsa, ularning isrofbo‘lishining oldini olgan bo‘lamiz.
Hozirgi qishloq xo‘jaligida o‘tkazilayotgan izchil iqtisodiy islohotlar aholini sifatli oziq- ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini to‘laroq qondirish va shu bilan bir paytda bugungi kunning eng katta muammolaridan biri bo‘lgan oziq-ovqat xavfsizligining oldini olish dolzarb masala hisoblanadi.
So‘nggi yillarda meva va sabzavotlarni yetishtirish, ularni saqlash va o‘z vaqtida qayta ishlash maqsadida bir qator qonunlar va farmoyishlar qabul qilinmoqda. Shu sababli, yetishtirilgan qishloq xo‘ja!igi mahsulotlarini yig‘ib olish, saqlash va qayta ishlashni to‘g‘ri tashkil etib, yangi zamonaviy omborxonalar va qayta ishlash korxonalari bunyod etilishi, qolaversa, bu boradagi fan- texnika va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish, xorij tajriba va yutuqlarini o‘rganib ishlab chiqarishga keng joriy etilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Modomiki, aholini yil davomida oziq- ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ravishda ta’minlab turish xalq xo‘jaligining muhim vazifalaridan bin bo‘lib qolaverar ekan, u holda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini katta hajmda sifatini buzmasdan saqlash va uni jahon andozalariga mos ravishda qayta ishlab, bozor talablariga mos mahsulotlarni uzluksiz yetkazib turish taqozo etiladi.
Demak, yetishtirilayotgan katta hajmdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yig‘ib olish, saqlash va qayta ishlashni to‘g‘ri tashkil etmasdan turib, aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirib bo‘lmaydi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish miqdori ortib borgan sari ularni saqlash va qayta ishlash ham to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi kerak, buning uchun yangi zamonaviy omborxonalar va qayta ishlash korxonalari bunyod etilishi, ularda fan-texnika yutuqlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish, xorijiy tajriba-yutuqlarni o‘rganib, ishlab chiqarishga keng joriy etilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Sun’iy sovuqlik ishlab chiqarish, ya’ni atrof-muhit haroratsidan pastroq harorat olish xalq xo‘jaligining ko‘p tarmoqlarida har xil texnologik jarayonlarni amalga oshirishda keng ko‘lamda qo‘llaniladi. Sovitish texnikasi inson faoliyatining aksaryat sohalaridagi zaruriy muhitga aylanib bo‘ldi.
Ma’lum bir sohalarni rivojlanishini sun’iy sovuqliksiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Sovuqlik oziq-ovqat sanoatida mahsulotlarni sifatini buzmagan holda uzoq muddat saqlash imkonini beradi. Sovuqlik yetarli darajada ishlatilmayotganligi sababli butun dunyo bo‘yicha ishlab chiqarilgan oziq- ovqat mahsulotlarining 25% yaroqsiz holga kelmoqda.
Sun’iy sovuqlikni qo‘llash bo‘yicha asosiy o‘rinni kimyo sanoati egallaydi. Kimyo sanoatida sun’iy sovuqlik yordamida suyuq va gaz aralashmalari ajratiladi va toza mahsulotlar olinadi (misol uchun neftdan olinadigan propilen, etilen, ‘ro‘an va tabiiy gaz). Undan tashqari sun’iy sovuqlik sintetik materiallar ishlab chiqarish sanoatida ham qo‘llaniladi (s’irt, kauchuq ‘lastmassa va h.k.), ammiakli va azotli o‘g‘itlar olish sanoatida, kimyoviy reaktsiyalardan issiqlikni olib chiqib ketishda ishlatiladi. Mashinasozlik sanoatida esa metallarni past haroratda toblash va o‘rnatish. Suv qatlamlari bor qurilish ishlarida gruntlar (er qatlami)ni sun’iy yo‘l bilan muzlatish yaxshi natijalarni beradi. Sun’iy sovitish katta gidrostantsiyalarni qurilish sohasida ham ishlatiladi. Sovuqlik yordamida yo‘iq binolarda yilning xohlagan vaqtida sun’iy iqlim hosil qilish mumkin (havoni konditsionerlash) va har qanday iqlimda sun’iy muz maydonlarini paydo qilish mumkin. Sun’iy sovuqlik oziq-ovqat mahsulotlarini tashish uchun mo‘ljallangan turli transport vositalarida, shu bilan birga baliq ovlash kema flotida va maishiy sohada ishlatiladi. Shunday ekan bizning hayotimiz va faoliyatimizni sun’iy sovuqliksiz tasavvur qilish mumkin emas.
Insonlar mexanik va termik sovitish tizimlarini tushunishidan oldin, oziq-ovqatlarini sovitish uchun tog‘lardan keltirilgan muzlarni ishlatganlar. O‘ziga to‘q oilalarni esa muzli omborlari bo‘lgan. Bu omborlarda chuqurlik kovlanib, muzni saqlash maqsadida chuqurliklar daraxt yog‘ochlari bilan o‘ralgan. SHunday qilib qor bilan muzlar oylab saqlangan.
XX asrning boshlarigacha sovuqlik olish uchun asosan muz ishlatilgan va ba’zi davlatlar hozirgi kunda ham ishlatadi. Muz ishlatishga imkoni bo‘lmagan odamlar oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash maqsadida ularni tuzlashgan yoki quritishgan. Suv muzi bilan sovitishda uning agregat holati o‘zgaradi – ya’ni erib ketadi. Suv muzining sovuqlik unumdorligi yoki sovuta olish qobiliyati, solishtirma erish issiqligi deb ataladi (1 kg suv muzini erish vaqtida yutgan issiqligi). U 335 kJ/kg ga teng. Muzning issiqlik sig‘imi bu 1 kg muzni 1 gradusga oshirish uchun yutilgan issiqlikdir va uning qiymati 2,1 kJ/kg 0Cga teng. Suv muzi uni tabiiy sharoitda olish oson bo‘lgan, sovuqroq o‘lkalarda mevalar, sabzavotlar, oziq-ovqat mahsulotlarni sovitish va davriy ravishda sotish maqsadida qo‘llaniladi. Suv muzi maxsus muzlatkichlarda va muz omborlarida ishlatiladi. Muz bilan sovitish quyidagi kamchiliklarga ega:
saqlash haroratsi muzni erish haroratsi bilan cheklangan (odatda muz bilan sovitiladigan omborlarda havoning haroratsi 5-80S bo‘ladi);
muzlatkichni muz bilan umumiy sovitish davriga yetadigan qilib ta’minlash kerak va zaruriyat bo‘lganda qo‘shib turish zarur;
muzni tayyorlash va saqlash katta mehnat talab qiladi;
ombor mahsulotlarni saqlash uchun ketadigan joydan muz 3 barobar ko‘proq joyni talab qiladi;
oziq ovqat mahsulotlarini saqlash va muz erishidan hosil bo‘lgan suvlarni olib chiqish uchun katta mehnat talab qilinadi.
Muz-tuzli sovitish maydalangan muz va tuz orqali amalga oshiriladi. Tuz qo‘shilishi natijasida muzning erish tezligi ortadi, buning oqibatida muzning erish haroratsi pasayadi. Bu tuz qo‘shilgandan so‘ng muzning molekulalari kuchsizlanishi va kristal panjaralarning buzilishi natijasida sodir bo‘ladi. Muz-tuz aralashmasi erishi jarayonida atrof-muhit issiqligini o‘ziga oladi, natijada uni o‘rab turgan havo soviydi, ya’ni harorati pasayadi.