Asosiy vositalarning buxgalteriya hisobiga qabul qilingan qiymati O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida va 5-BHMSda belgilangan holatlardan tashqari hollarda o’zgartirilmaydi.
Asosiy vositalarning buxgalteriya hisobiga qabul qilingan boshlang’ich qiymatini o’zgartirishga tegishli asosiy vositalar qurib bitkazilgan, qo’shimcha jihozlangan, rekonstruktsiya qilingan, zamonaviylashtirilgan, texnik qayda qurollantirilgan, qisman tugatilgan va ular qayda baholangan holatlarda yo’l qo’yiladi.
Qurib bitkazish, qo’shimcha jihozlash, zamonaviylashtirish ishlariga asosiy vositalarning texnologik yoki xizmat maqsadining o’zgarishi, og’irlikning oshishi va sifatni yanada yaxshilashga doir boshqa sifatlar tufayli yuzaga kelgan ishlar kiritiladi.
Rekonstruktsiya qilish ishlariga ishlab chiqarishni takomillashtirish va uning texnikiqtisodiy ko’rsatkichlarini oshirish bilan bog’liq bo’lgan hamda ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, mahsulot (ishlar, xizmatlar) sifatini yaxshilash va nomenklaturasini o’zgartirish maqsadlarida asosiy vositalarni rekonstruktsiya qilish loyihasi bo’yicha amalga oshiriladigan mavjud asosiy vositalarni qayda qurish kiradi.
Texnik qayda qurollantirishga ilg’or texnika va texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, ma’nan va jismonan eskirgan uskunalarni zamonaviylashtirish va ularni yangilari, unumdorligi yanada yuqori bo’lganlari bilan almashtirish asosida asosiy vositalar va ularning ayrim qismlarining texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini oshirish bo’yicha chora-tadbirlar majmuasi kiradi.
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarilishi
Asosiy vositalar va NMA qiymati chiqib ketishda balansdan chiqarilishi lozim. Asosiy vositalar qiymati korxona balansidan quyidagilar natijasida chiqariladi:
81
ayirboshlanganda; bepul o’tkazilganda;
ustav sarmoyasiga ta’sischi qo’yilmasi sifatida berilganda; moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi bo’yicha berilganda; kamomad yoki yo’qotishlar aniqlanganda;
ta’sischi ta’sischilar tarkibidan chiqqanda;
nodavlat notijorat tashkilot mulkini shakllantirishda mulkiy badal sifatida berilganda.
Asosiy vositalar qisman tugatilgan holatda uning boshlang’ich (tiklash) qiymati va jamlangan amortizatsiyasi tegishincha ob’ektning tugatilgan qismining boshlang’ich (tiklash) qiymati va jamlangan amortizatsiyasi summasiga kamaytiriladi.
Asosiy vositalarning chiqarilishidan moliyaviy natija (foyda va zarar) asosiy vositalarni chiqarishdan tushgan daromaddan ularning qoldiq (balans) qiymati, asosiy vositalarning chiqarilishi bilan bog’liq bilvosita soliqlar va xarajatlarni ayirish orqali aniqlanadi.
Asosiy vositalarning chiqib ketishidan olinadigan moliyaviy natijani (foydani yoki zararni) aniqlashda asosiy vositalarning ilgarigi qayda baholashlardagi ortgan summasining ushbu asosiy vositalar qiymatining ilgarigi qayda baholashlardagi kamayishi summasidan ortgan qismi asosiy vositalarning chiqib ketishidan olingan daromad tarkibiga kiritiladi va bir vaqtning o’zida "Uzoq muddatli aktivlarni qayda baholash bo’yicha tuzatishlar" hisobvarag’i bo’yicha rezerv kapital kamayadi.