Nomenklatura ma’lumotlar bazasidan foydalaniladi.
Material va yarim tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarishga berishda menyu Ishlab chiqarish-Talabnoma-yukxati hujjati bilan rasmiylashtiriladi. Hujjatning yuqorgi qismida qaysi ombor chiqarilayotgan bo’lsa, o’sha ombor ko’rsatilishi shart.
Materiallar zakladkasida ishlab chiqarishga berilayotgan materiallar va yarim tayyor mahsulotlarning nomi, miqdori va qaysi schyotlardan hisobdan chiqarilayotganligi ko’rsatiladi.
Uzasbo programmasida bu jarayoni xarajat schyotlari zakladkasida xarajatlar hisobining schyoti va analitik hisob ob’ektlari orqali aks ettiriladi.Tovar- moddiy zaxiralar haqidagi ma’lumotlar dasturiy majmuaga tovar-moddiy zaxiralarning analitik hisobini yuritishda foydalaniladigan M-44-son shakldagi tovar- moddiy zaxiralar bo’yicha “Aylanma qaydnoma”, 296-son shakldagi Moddiy qimmatliklarning miqdor-qiymat hisobi daftari (kartochkasi), Moddiy javobgar shaxslar haqidagi ma’lumot va boshqa hujjatlardan foydalangan holda kiritiladi.
Bu quyidagicha bajariladi:
Dasturiy majmuadagi tovar-moddiy zaxiralar ma’lumotnomasini to’ldirish uchun “Ma’lumotnomalar” – “Spravochniki” oynasidan “Foydalanuvchilar ma’lumotnomalari” – “Spravochniki polzovatelya” bo’limi, so’ng “Tovar- moddiy zaxiralar” – “Tovarno-materialnie zapasi” qatori tanlab ochiladi.
“Dobavit” tugmachasini (1) bosib, “TMZ” ma’lumotlarini dasturga kiritish oynasi ochiladi. Oynadagi kataklarga so’ralgan ma’lumotlar yozib yoki uchta nuqtali (...) belgi tugmachani bosish bilan paydo bo’ladigan ma’lumotlardan “Tanlov” – “Vibrat” tugmachasi yordamida olib to’ldiriladi. Tovar-moddiy
85
zaxiralarning to’liq nomi “Naimenovanie” katakchasiga (2) yoziladi, o’lchov birligi
“Edinitsa izmireniya” katakchasini ochib, o’lchov birligi (3) tanlab olinadi.
Tovar-moddiy zaxiralarning turiga qarab “Tip TMZ” tanlab olinadi.
“Nomer” katakchasiga tartib raqam yoziladi. “Statya” katakchasiga tovar- moddiy zaxiralarni kirim qilish xarajatlar moddasi tanlab olinadi.
Tovar-moddiy zaxiralar haqidagi barcha birlamchi buxgalteriya ma’lumotlari dasturga kiritilib bo’lgandan so’ng, tekshirish uchun “Proverit“ tugmachasi bosiladi.
Agar oynadagi katakchalardan birortasi to’ldirilmagan bo’lsa, aynan shu katak to’ldirilmaganligi haqida ogohlantiruvchi yozuv paydo bo’ladi. Barcha ma’lumotlar to’la va to’liq kiritilgan bo’lsa, ogohlantiruvchi yozuv chiqmaydi. Shundan keyin ma’lumotlarni dastur xotirasida saqlash uchun “Soxranit” tugmachasi bosib, “Tovar-moddiy zaxiralar”-“TMZ” oynasidan chiqiladi. Dasturga kiritilgan ma’lumotlarga o’zgartirish kiritish lozim bo’lsa, “Tahrir qilmoq”- “Redaktirovat” tugmachasi tanlab olinib, o’zgartirish kiritish mumkin. Dasturga kiritilgan tovar- moddiy zaxiralar haqidagi ma’lumotlar ro’yhatidan kerakli tovar-moddiy zaxirani tez topish uchun “TMZ ma’lumotnomasi” - “Spravochnik TMZ” oynasidagi “Nomer” va “Naimenovanie” katakchalariga kerakli ma’lumotlar yozilib, “Qidiruv”-“Poisk” tugmachasi bosilsa, dastur kerakli ma’lumotni avtomatik ravishda tezda topib beradi. Ma’lumotlarni dasturdan butunlay o’chirish uchun “Udalit” tugmachasidan foydalaniladi12.
Do'stlaringiz bilan baham: |