Asosiy vositalar va NMA qiymati amortizatsiyani hisoblash yo’li bilan so’ndiriladi. Amortizatsiyalanadigan qiymat butun foydali xizmat muddati mobaynida sub’ekt xarajatlariga amortizatsiya ajratmalari ko’rinishida muntazam taqsimlanadi.
Asosiy vositalar bo’yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash mazkur ob’ekt asosiy vositalar tarkibiga qabul qilingan oydan keyingi oyning dastlabki sanasidan boshlanadi hamda mazkur ob’ektning amortizatsiyalanadigan qiymati to’liq so’ndirilgunga yoxud ushbu ob’ekt balansdan hisobdan chiqarilgunga qadar amalga oshiriladi.
Asosiy vositalar bo’yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash mazkur ob’ektning amortizatsiyalanadigan qiymati to’liq so’ndirilgan yoki bu ob’ekt balansdan hisobdan chiqarilgan oydan keyingi oyning dastlabki sanasida to’xtatiladi.
Asosiy vositalarni foydali ishlatish muddati davomida amortizatsiya ajratmalarini hisoblash to’xtatilmaydi, asosiy vositalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda konservatsiyalashga o’tkazilgan holatlar, shuningdek ularni butkul to’xtatish sharti bilan ob’ektni qurib bitkazish, to’liq jihozlash, qayda qurish, zamonaviylashtirish, texnik qayda qurollantirish davri bundan mustasno.
Asosiy vositalar bo’yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash hisobot davridagi korxona faoliyati natijalaridan qat’i nazar amalga oshiriladi va u daxldor bo’lgan hisobot davridagi buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
Asosiy vositalar bo’yicha hisoblangan amortizatsiya summalari buxgalteriya hisobida tegishli summalarni alohida hisobvaraqda jamlash yo’li bilan aks ettiriladi.
Er uchastkalariga amortizatsiya hisoblanmaydi. Shuningdek quyidagi asosiy vositalar bo’yicha ham amortizatsiya hisoblanmaydi:
mahsuldor qoramollar;
kutubxona fondlari;
v) hokimiyatlarga bo’ysunadigan obodonlashtirish inshootlari;
g) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda konservatsiyalashga o’tkazilgan fondlar; d) muzey qimmatliklari;
e) arxitektura va san’at yodgorliklari;
j) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llari;
z) to’liq amortizatsiyalangan asosiy vositalar. Amortizatsiyaquyidagiusullarniqo’llashyo’libilan hisoblanadi: a) amortizatsiyani teng maromli (to’g’ri chiziqli) hisoblash.
b) amortizatsiyani bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblash (ishlab
chiqarish usuli).
Asosiy vositalardan intensiv foydalanilganda, shuningdek ilmiy-texnikaviy jarayonning katta ta’sirida asosiy vositalar amortizatsiyasi quyidagi usullarda hisoblanadigan jadallashtirilgan amortizatsiya yo’li bilan ifodalanadi:
ikki karra amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli;