Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari5 yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish tartibini belgilaydi. Tashkilotlar o’rtasidagi hisob-kitoblar, shuningdek fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bog’liq holda ular ishtirokidagi hisob- kitoblar naqd pulsiz tartibda amalga oshiriladi. Ko’rsatib o’tilgan shaxslar o’rtasidagi hisob-kitoblar, agar qonunda boshqacha tartib belgilab qo’yilgan bo’lmasa, naqd
5 O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2015 yil 22 iyunda 2687-son bilan ro’yxatga olingan
pulda ham amalga oshirilishi mumkin.
Tashkilotlarning xorijiy valyutadagi kassa operatsiyalari O’zbekiston Respublikasi hududida xorijiy valyuta bilan kassa operatsiyalarini yuritish tartibiga6 muvofiq amalga oshiriladi.
Tashkilotlar bankdan olgan naqd pullarni qaysi maqsad uchun olgan bo’lsalar, undan faqat o’sha maqsadda foydalanishlari shart.
Kassa operatsiyalari birlamchi hisob hujjatlari (kassa kirim orderi va kassa chiqim orderi) asosida rasmiylashtiriladi.
Tashkilotlar kassasiga naqd pullar buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxsning imzosi qo’yilgan Kassa kirim orderibo’yicha qabul qilinadi.
Hujjat quyidagi xo’jalik operatsiyalarni aks ettiradi:
xaridorlardan to’lov;
chakana savdo tushumini qabul qilish;
hisobdor shaxs tomonidan foydalanilmagan pul mablag’ini topshirganda;
xodim tomonidan pul mablag’i qaydarganda;
mol etkazib beruvchi tomonidan pul mablag’larini qaydarganda;
6 O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1999 yil 22 yanvarda 611-son bilan ro’yxatga olingan
45
Tashkilotlar kassasidan naqd pullar buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxsning imzosi qo’yilgan Kassa chiqim orderibo’yicha chiqim qilinadi.
Hujjat quyidagi xo’jalik operatsiyalarni aks ettiradi:
-
Kassa kitobi hisobot shakli bo’lib, unda barcha naqd pul mablag’larning harakati aks ettiriladi.
Foydalanuvchi hisobot shaklini kassa kitobi va kassir hisobotini pechat qilishi mumkin.
Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga binoan kassir bu ishlarni har kun amalga oshirishi lozim va quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
Kun oxirida kassir yakunlangan kun uchun kassa kitobi hisobot shaklining ikki varog’ini (kassa kitobi va kassir hisoboti) pechat qiladi. Ular bir-biriga mos
keladi.
Barcha dastlabki hujjatlar ilova qilingan holda, kassir ikkala varog’ini bosh buxgalterga taqdim etadi, va u esa, ikkala varoqqa imzo qo’yadi va kassirga kassa kitobini qaydarib beradi.
Kassir hisobot davrida to’plangan kassa kitobi varog’ini jamlaydi va tikadi.