7-MAVZU: O’ZBEKISTONDA PENSIYA TURI VA BERILISHI TARTIBI
«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq, «Pensiyalarni to’lashga xarajatlarni koplash tartibi to’g’risida»gi Nizomni tasdiqlash haqida»gi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 23 dekabrdagi 357-son qarori tasdiqlandi. «Pensiyalarni to’lashga xarajatlarni qoplash tartibi to’g’risida»gi Nizom: – xodimlarning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog’liq holda mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi oqibatida tayinlangan boquvchisini yo’qotganlik va nogironlik pensiyalarini; – Qonunning 12-moddasi «b» — «j» bandlariga muvofiq tayinlangan pensiyalarni; – Qonunning 14-moddasiga (yoshga doir pensiyalarni muddatidan oldin tayinlash) asosan tayinlangan pensiyalarni to’lashga yo’naltirilgan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi mablag’larini qoplash tartibini belgilaydi. Korxonalar va tashkilotlar tomonidan pensiyalarni to’lashga xarajatlarni qoplashga to’lov ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda: xodimlarning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog’liq holda mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida tayinlangan boquvchisini yo’qotganlik pensiyalari bo’yicha 2016 yil 1 212 yanvardan boshlab, Qonunning 12-moddasi «v» — «j» bandlariga muvofiq tayinlangan pensiyalar bo’yicha 2016 yil 1 yanvargacha amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida» O’zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida» 1993 yil 3 sentyabrdagi 939-XII-son qarorining 3-bandiga muvofiq tashkilotlar xodim «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida»gi Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshiga etguniga qadar mazkur Qonun 12-moddasining «b» bandiga muvofiq tayinlangan pensiyalar bo’yicha pensiyalar to’loviga xarajatlarni qoplaydigan to’lovni 100 foiz miqdorida, lekin minimal miqdordan kam bo’lmagan miqdorda Pensiya jamg’armasiga o’tkazadi. Nizomda mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi oqibatida tayinlangan boquvchisini yo’qotganlik va nogironlik pensiyalarini to’lashga xarajatlarni qoplash tartibi belgilandi. Pensionerning yashash joyi bo’yicha Pensiya jamg’armasining tuman (shahar) bo’limi har oyda keyingi oyning 1-sanasiga qadar tashkilotga mehnat vazifalarini bajarish bilan bog’liq holda mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi oqibatida tayinlangan boquvchisini yo’qotganlik va nogironlik pensiyalarini to’lashga xarajatlarni qoplash to’g’risida regress talabnomani yuboradi. Tashkilotlar har oyda mehnat vazifalarini bajarish bilan bog’liq holda olingan mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi oqibatida tayinlangan boquvchisini yo’qotganlik va nogironlik pensiyalari to’langan oydan keyingi oyning 10-sanasigacha mazkur xarajatlarni qoplovchi to’lovni Pensiya jamg’armasiga o’tkazadilar.Pensionerning yashash joyi bo’yicha Pensiya jamg’armasining tuman (shahar) bo’limi har oyda oyning 10-sanasigacha tashkilot soliq hisobiga qo’yilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga mazkur Nizomning 3-bandida ko’rsatilgan Pensiya jamg’armasi tuman (shahar) bo’limining xarajatlari bo’yicha qarzdorligi summasi to’g’risidagi ma’lumotlarni taqdim etadi. Pensionerning hisobga turgan joyi bo’yicha Pensiya jamg’armasi tuman (shahar) bo’limlari mazkur Nizomning 3-bandida ko’rsatilgan pensiyalarni to’lashga sarflangan mablag’larning, ular tashkilotlar tomonidan o’z vaqtida to’lanmagan taqdirda, qonun hujjatlariga muvofiq regress da’vo arizalari bo’yicha 213 tashkilotlardan undirilishini ta’minlaydilar. Xodim mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi oqibatida mehnat qobiliyatini har xil ish beruvchilarda yo’qotgan taqdirda har bir ish beruvchi mablag’larni birdamlik tartibida qoplaydi. Agar mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi oqibatida mehnat qobiliyatini yo’qotish darajasini birlamchi aniqlashda (birinchi ish beruvchida) nogironlik guruhi belgilanmagan bo’lib, keyinchalik esa yangi olingan mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida mehnat qobiliyatini yo’qotish darajasi nogironlik guruhini belgilash bilan birga oshirilgan bo’lsa, pensiyalarni to’lashga sarflangan Pensiya jamg’armasi xarajatlarini qoplash nogironlik guruhi qaysi ish beruvchi davrida belgilangan bo’lsa, shu ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladi. «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining Qonunning 12-moddasiga asosan tayinlangan pensiyalarni to’lashga xarajatlarni qoplash quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Tashkilotlar Pensiya jamg’armasining xarajatlarini qoplashga zarur bo’lgan summalarning minimal miqdorini har yili 15 yanvargacha o’tkazadilar. Tashkilotlar tomonidan xodim Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshiga etguniga qadar mazkur Qonun 12-moddasining «b» bandiga muvofiq tayinlangan pensiyalarni to’lashga ketgan oldingi yil uchun Pensiya jamg’armasining haqiqiy xarajatlarini to’liq qoplash, Pensiya jamg’armasiga o’tkazilgan qoplashga zarur bo’lgan summalarning minimal miqdorini chegirib qolgan holda, hisobot yilining 1 fevraligacha amalga oshiriladi. «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining Qonunning 12-moddasiga muvofiq tayinlangan pensiyalarni to’lashga xarajatlarni qoplash uchun zarur summalarning minimal miqdori quyidagi tartibda aniqlanadi. Nazarda tutilgan ish joylariga ega bo’lgan tashkilotlar ana shunday ish o’rinlarining ro’yxatini, kasblar, lavozimlar nomini, mazkur ish joylarida ishlovchi ishchilarning yillik o’rtacha sonini, ish o’rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o’tkazish natijalarini hisobga olgan holda aniqlaydilar. Ushbu ish joylaridan 214 mazkur yil davomida imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqadigan xodimlarning soni ularning yillik o’rtacha sonining 3 foizi miqdorida qabul qilinadi. Qonunga muvofiq ularga tegishli pensiya miqdorini aniqlash uchun ko’rsatib o’tilgan kasblarda ishlagan xodimlarning o’rtacha oylik ish haqi oldingi yil ma’lumotlari bo’yicha hisoblab chiqariladi. Pensiya miqdori ko’rsatib o’tilgan o’rtacha oylik ish hajmining 60 foiziga teng bo’ladi. Pensioner hisobda turgan joy bo’yicha Pensiya jamg’armasining tuman (shahar) bo’limlari har yili 1 yanvarga qadar imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiya oluvchi erkaklar 60 yoshga to’lgunga qadar va ayollar 55 yoshga to’lgunga qadar bo’lgan ro’yxatini oldingi yil uchun amalga oshirilgan xarajatlarni va tashkilotlar nomini (soliq to’lovchining identifikatsiyalash raqamini) ko’rsatgan holda to’langan pensiyalar summalarini qoplash uchun tashkilot soliq hisobiga qo’yilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga etkazadilar. Pensioner hisobda turgan joy bo’yicha Pensiya jamg’armasining tuman (shahar) bo’limlari mazkur Nizomda ko’rsatilgan pensiyalarni to’lashga ketgan mablag’larni, ular tashkilotlar tomonidan o’z vaqtida to’lanmagan taqdirda, qonun hujjatlariga muvofiq regress da’vo arizalari bo’yicha tashkilotlardan undirishlari mumkin. Tashkilot tugatilayotganda tugatish komissiyasi (tugatuvchi) majburiy tartibda Qonunda nazarda tutilgan ish o’rinlari bo’yicha eng kamida minimal talab qilingan maxsus ish stajiga ega bo’lgan shaxslarga ular Qonunda nazarda tutilgan pensiya yoshiga etgunga qadar bo’lgan muddatga pensiyalar to’lash uchun ketadigan mablag’larni, ajratmani amalga oshirish kunida belgilangan pensiya miqdorida kapitallashtirilishni hisobga olgan holda ajratadilar. Pensiya miqdori aniqlangan o’rtacha oylik ish haqining 60 foiziga teng bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 23 dekabrdagi «Pensiyalarni to’lashga xarajatlarni koplash tartibi to’g’risida»gi Nizomni tasdiqlash haqida»gi 357-son qaror ishsiz maqomiga ega bo’lgan shaxslarga muddatidan oldin tayinlangan yoshga doir pensiyalar to’lashga xarajatlarni qoplash tartibini belgilaydi. Pensiya jamg’armasining tuman (shahar) bo’limlari har oyda Qonunga muvofiq muddatidan oldin yoshga doir pensiyalar tayinlangan 215 shaxslarning ro’yxatini, amalga oshirilgan xarajatlarni ko’rsatgan holda, Mehnat vazirligining Bandlikka ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tegishli tuman (shahar) markazlari etkazadilar. Bandlikka ko’maklashish markazlari har oyda pensiya to’langan oydan keyingi oyning 15-sanasigacha Pensiya jamg’armasiga xarajatlarni qoplovchi mablag’larni ishsiz Qonunda belgilangan pensiya yoshiga etguniga qadar o’tkazadilar. Pensioner hisobda turgan joy bo’yicha Pensiya jamg’armasining tuman (shahar) bo’limi mazkur Nizomda ko’rsatilgan Pensiya jamg’armasi tuman (shahar) bo’limi amalga oshirgan xarajatlar bo’yicha Bandlikka ko’maklashish markazlarining qarzdorligi summalari haqidagi ma’lumotlarni davlat soliq xizmati organiga har oyda oyning 15- sanasigacha taqdim etadilar. Pensioner hisobda turgan joy bo’yicha Pensiya jamg’armasining tuman (shahar) bo’limlari pensiyalarni to’lashga ketgan mablag’larni Bandlikka ko’maklashish markazlaridan, ular tomonidan o’z vaqtida to’lanmagan taqdirda, qonun hujjatlariga muvofiq regress da’vo arizalari bo’yicha undirishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi moliya vazirining «Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni to’ldirish qoidalari to’g’risidagi yo’riqnomani tasdiqlash haqida»gi 2011 yil 14 oktyabrdagi 63-son buyrug’i tasdiqlandi. Pensionerning va ijtimoiy nafaqa oluvchining pensiyaga oid hujjatlar yig’majildi shuningdek pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa to’lovlarni tayinlashga taalluqli hujjatlar mazkur Yo’riqnomaga muvofiq Pensiya jamg’armasi bo’limi tomonidan rasmiylashtiriladi. Pensiya yig’majildi, pensiya, ijtimoiy nafaqalar va boshqa to’lovlarni tayinlashga taalluqli hujjatlarni rasmiylashtirish, shuningdek arizalarni ro’yxatga olish uchun Pensiya jamg’armasi bo’limi tomonidan mazkur Yo’riqnomaga muvofiq ro’yxatga olish kitoblari yuritiladi. Mazkur kitoblarda ro’yxat yil boshida birinchi raqam bilan ochiladi, yil davomida qatorlar to’lib qolganda va yangi kitoblar ochilganda raqamlash davom ettiriladi, yil yakunida esa kitob so’nggi raqam bilan yakunlanadi, bunda ro’yxatning yakunlovchi varag’i Pensiya jamg’armasi bo’limi boshlig’i va Pensiya jamg’armasi bo’limi pensiya va nafaqalar tayinlash guruhi 216 rahbari tomonidan imzolanadi hamda Pensiya jamg’armasi bo’limi muhri bilan tasdiqlanadi. Kitobning yopilishi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi hududiy boshqarmasining mas’ul xodimi tomonidan tasdiqlanadi,so’nggi varag’iga imzo qo’yiladi va Pensiya jamg’armasi bo’limining arxiviga saqlash uchun topshiriladi. Pensiya yig’majildining to’g’ri rasmiylashtirilishi pensiya tayinlash guruhiga yuklanadi. Pensiya yig’majildini rasmiylashtirish va yuritish yagona tartibiga amal qilinishi ustidan nazoratni olib borish pensiya tayinlash guruhi rahbariga, umumiy nazorat esa Pensiya jamg’armasi bo’limining boshlig’iga yuklanadi.
Pensiya jamg’armasi bo’limining har bir xodimi, o’z vakolati doirasida o’ziga biriktirilgan hudud bo’yicha qonun hujjatlariga muvofiq hujjatlarni to’g’ri va o’z vaqtida rasmiylashtirilishiga doir ishlarning bajarilishini ta’minlash bo’yicha javobgar hisoblanadi. Pensiya tayinlash guruhi inspektori o’z lavozimidan ozod qilinganda, boshqa lavozimga o’tkazilganda yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa holatlarda, pensiya yig’majildlarni va boshqa hujjatlarni qabul qilish va topshirish ishlari Pensiya jamg’armasi bo’limi boshlig’ining buyrug’i asosida pensiya tayinlash guruhi rahbari, inspektori, arxivarius va yuriskonsultdan tashkil topgan ishchi guruhi tomonidan amalga oshiriladi. Pensiya yig’majildlari va boshqa hujjatlarni qabul qilish va topshirish ishlari ishchi guruh tomonidan tasdiqlangan dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning pensiya yig’majildlari belgilangan tartibga muvofiq rasmiylashtiriladi. 218 Inspektor pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa to’lovlarni tayinlash uchun taqdim etilgan hujjatlar asosida kompyuter bazasiga ma’lumotlarni kiritadi. Iish staji, o’rtacha ish haqi, pensiya, ijtimoiy nafaqa yoki boshqa to’lovlar miqdorini hisoblaydi, hisob-kitoblarni chop etadi. Pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa to’lovlarni tayinlash yoki tayinlashni rad etish to’g’risida komissiya qarori loyihasini tayyorlaydi. Pensiya yig’majildida mavjud hujjatlar belgilangan tartibda tikiladi va pensiya tayinlash guruhi rahbariga ko’rib chiqish uchun taqdim etiladi. Pensiya tayinlash guruhi rahbari barcha zarur ma’lumotlarni (pasport ma’lumotlari, pensiya, ijtimoiy nafaqa yoki boshqa to’lovlar turi, ish staji, o’rtacha ish haqi, ustama miqdori, pensiya miqdorini oshirish va boshqalarni hisoblash), shuningdek pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa to’lovlarni tayinlash muddatini kompyuter bazasiga to’g’ri kiritilganligini tekshiradi, shundan so’ng pensiya yig’majildini ko’rib chiqish uchun komissiyaga kiritadi. Komissiya Pensiya jamg’armasi bo’limiga pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa to’lovlarni tayinlash to’g’risidagi ariza barcha hujjatlar bilan kelib tushgandan so’ng, o’n kun muddat ichida pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa to’lovlarni tayinlash yoki tayinlashni rad etish, taqdim etilgan hujjatlarning asosliligini tekshirish to’g’risida tegishli qarorni qabul qiladi. Taqdim etilgan hujjatlarning asosliligini tekshirish komissiya tomonidan tekshirish lozimligi to’g’risida qaror qabul qilingandan so’ng amalga oshiriladi. Pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa to’lovlarni tayinlash uchun taqdim etilgan hujjatlarning asosliligini tekshirish, tekshirish sanasi ko’rsatilgan holda dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Tekshirish tashkilot yoki arxiv vakili ishtirokida o’tkazilishi lozim, bunda tekshirish natijasi bo’yicha dalolatnoma Pensiya jamg’armasi bo’limi xodimi, tashkilot yoki arxiv vakili tomonidan imzolanadi, shundan so’ng tashkilot yoki arxiv muhri bilan tasdiqlanadi. Pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa to’lovlarni tayinlash uchun taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish ishlari amalga oshirilgandan so’ng, komissiya pensiya, ijtimoiy nafaqa yoki boshqa to’lovlarni tayinlash yoki tayinlashni rad etish to’g’risida qaror qabul qiladi. Pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa to’lovlarni tayinlash bo’yicha komissiya 219 qarorining mazmuni tegishliligi bo’yicha pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa to’lovlarni tayinlash bo’yicha arizalarni qayd etish kitoblariga yoziladi.
Inspektor pensiya yig’majildi asosida belgilangan shaklda pensiya guvohnomasini yozib beradi. Pensiya guvohnomasi blanki qat’iy hisobda turuvchi hujjat hisoblanadi va Pensiya jamg’armasi bo’limi boshlig’i tomonidan tayinlangan mas’ul shaxsda saqlanadi. Pensiya guvohnomasini olish uchun shaxs Pensiya jamg’armasi bo’limiga ikkita fotosurat taqdim etadi, shundan bittasi guvohnomaga, ikkinchisi esa pensiya yig’majildi oldi qismining ichki tomoniga elimlanadi. Pensiya guvohnomasining berilishi pensionerlar (nafaqa oluvchilar)ga berilgan guvohnomalarni ro’yxatga olish kitobida qayd etiladi. Pensiya guvohnomasi yo’qolgan taqdirda guvohnomaning dublikati beriladi. Dublikatga yo’qolgan pensiya guvohnomasining raqami beriladi, dublikatning qayd etish raqami esa pensionerlar (nafaqa oluvchilar)ga berilgan guvohnomalarni ro’yxatga olish kitobiga kiritiladi. Pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa to’lovlarni olganligi to’g’risidagi ma’lumotnoma pensionerlar (nafaqa oluvchilar)ga berilgan ma’lumotnomalarni ro’yxatga olish kitobiga shaxsning ma’lumotnoma olganligi to’g’risidagi imzo qo’yilishi orqali beriladi. Jamg’arib boriladigan pensiya to’lovlarini olish huquqi to’g’risida guvohnoma berilishi jamg’arib boriladigan pensiya to’lovlarini olish huquqi to’g’risida berilgan guvohnomani ro’yxatga olish kitobida qayd etish bilan rasmiylashtiriladi. Ishlovchi pensionerga f-25 topshiriqnomasi berilishi ishlovchi pensionerlarga beriladigan topshiriqnomalarni (f-25) ro’yxatga olish kitobida ro’yxatga olish bilan rasmiylashtiriladi. Pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa to’lovlarni olish uchun taqdim etilgan ishonchnoma pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa to’lovlarni ishonchnomalar orqali olishni ro’yxatga olish kitobida qayd etiladi. Pensioner (nafaqa oluvchi) vafot etgandan so’ng uning pensiya yig’majildi
Davlat maqsadli jamg’armalari har qanday ijtimoiy mexanizmning ajralmas elementidir. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va yangilash sharoitida mamlakatning farovonligini belgilovchi asosiy omil sifatida davlat moliyasi va davlat maqsadli jamg’armalari pul aylanmasining barqarorligi belgilab olindi. Moliyaviy resurslar davlat miqyosida va korxona darajasida etarli darajada mavjudligi jamiyatni yanada barqaror rivojlanishida, iqtisodiy qiyinchiliklar va inqirozlardan xalos etuvchi manba sifatida ham namoyon bo’ladi. Hozirgi kunda mamlakat moliya tizimi oldiga qo’yilgan muhim vazifalardan biri – davlat maqsadli pul fondlarining faoliyatidan samarali foydalanish hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida: «Soliq-byudjet siyosatiga qat’iy amal qilish, davlatning ijtimoiy majburiyatlarini bajarish, ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar hajmi, yirik investitsiya loyihalari va mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlashni moliyalashtirish – ushbu eng muhim vazifalarni amalga oshirish, avvalo, Moliya vazirligi va shaxsan vazirning faoliyati samaradorligi bilan belgilanadi» 102 . Albatta, davlatning ijtimoiy majburiyatlarini bajarish bevosita pensiyalarning pensionerlarga o’z vaqtida va to’liq hajmda to’lanish masalasini ham ifoda etadi.
Shu bilan birga, pensiyalarning pensionerlarga o’z vaqtida va to’liq hajmda to’lanishi, avvalo, Pensiya jamg’armasining moliyaviy barqarorligiga bog’liq bo’ladi. Bir vaqtning o’zida, byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining moliyaviy barqarorligi unga to’lanadigan to’lovlarning o’z vaqtida va to’liq miqdorda amalga oshirilishiga hamda pensiya ta’minoti boshqaruvining samarali tashkil etilishiga bog’liq. Davlat pensiya fondlari barqarorligini ta’minlash makroiqtisodiy nuqtai nazardan ham katta ahamiyatga ega bo’lib, bu borada AQShlik olim Jun Pengning quyidagi fikrlari ahamiyatlidir: “…pensiya ta’minoti boshqaruvi, nafaqat, pensiya ta’minotining moliyaviy barqarorligiga, balki butun davlat sektorining moliyaviy barqarorligiga ta’sir ko’rsatadi, shu sababli pensiya ta’minoti boshqaruvi davlat pensiya tizimiga pensiya badalini to’lovchi va kelgusida undan hukumat tomonidan kafolatlangan pensiya to’lovlarini oluvchi har bir shaxsga dahldor bo’lishi lozim” 103 . Davlat byudjetining asosiy vazifasi iqtisodiyotni moliyaviy vositalar yordamida samarali rivojlantirish va umumdavlat miqyosidagi ijtimoiy vazifalarni hal qilish uchun sharoit yaratishdan iborat bo’ldi. Davlat maqsadli jamg’armalari tarkibida salmoqli o’rinni Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’arma egallaydi. Keyingi yillarda Pensiya jamg’armasining daromadlari va xarajatlari tarkibida jiddiy o’zgarishlar sodir bo’ldi. Masalan, 1994 yil byudjetdan ajratilgan transfert to’lovlari Pensiya jamg’armasining daromadlarini 21,3 % ini qoplagan bo’lsa, 2000 yilga kelib 3,5% ini tashkil etdi. 2000 yilda byudjetidan moliyalashtiriladigan sohalardagi minimal ish haqi, pensiya miqdori, ijtimoiy to’lovlar va nafaqalar miqdorini oshirilishi Pensiya jamg’armasining moliyaviy ahvolini qiyinlashtirdi va 2000 yil Pensiya jamg’armasining taqchilligini qoplash uchun Davlat byudjetidan 7,9 mlrd. so’m mablag’ ajratildi. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tarkibidagi Pensiya jamg’armasining 2007 yilgi xarajatlari 1840,5 mlrd. so’mni, daromadlari esa 1881,6 mlrd. so’mni tashkil etdi. “Yagona ijtimoiy to’lov, badallar, ajratmalardan 1640,4 mlrd. so’m mablag’ tushdi» 104 . Byudjetdan tashqari Pensiya fondiga Respublika byudjetidan 2005 yilda 28564,0 mln so’m, 2006 yilda 50000,0 mln so’m, 2007 yilda 45000,0 mln so’m, 2008 yilda 65000,0 mln so’m, 2009 yilda 230000,0 mln so’m dotatsiya ajratildi. «O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xuzuridagi Pensiya jamg’armasining 2009 yilgi daromadlari 4293,9 mlrd. so’mni (byudjetdan dotatsiya 230,0 mlrd.so’m), xarajatlari esa 4063,9 mlrd. so’m miqdorida qabul qilindi» 105