Toshkent– 2021 O‘quv dasturi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti Mehmonxonaxo‘jaligimutaxassisi kasbi bo‘yicha O‘quv metodik birlashmasining 2021 yil 23-avgustdagi 4-sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan.
Tuzuvchilar:
B.I.Mammetova
“Turizmni rivojlantirish instituti” bo‘lim boshlig‘i
“Turizmni rivojlantirish instituti” bo‘lim boshlig‘i
O‘quv dasturi umumiy talablari
Dasturnomi
Xauskiping (Housekeeping) hodimi ish texnologiyasi
Ajratilgansoat
60
Mavzularsoni
9
Dasturningmaqsadi
Mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalarida har xil tozalash ishlarini bajarishda zarur bo‘lgan kompetensiyalarni shakllantirish, Housekeeping hodimi ish ko‘nikmalari va texnologiyalarni
o‘zlashtirish.
O‘zlashtirish(o‘qitish)natijalari
ma’muriy-xo‘jalik hodimlarining kasbiy standartlari va lavozim vazifalarini amalga oshirish;
Housekeeping hodimining tozalash ishlari xavfsizligini ta’minlash;
Housekeeping hodimi ishini sanitariya-gigiyena talablari asosida tashkil etish;
mehmonxona va boshqa turdagi joylashtirish vositalaring sanitariya normalari va qoidalari va me’yorlariga muvofiq xonaning holatiga qarab, xonalar fondini tozalash jarayonini tashkil qilish qoidalari, texnologiyalari va usullari;
kalitlardan foydalanish qoidalari;
ish jarayonida ishlatiladigan tozalash asbob-uskunalar,materiallar va ularning maqsadi;
ishda ishlatiladigan tozalash vositalari, materiallar va uskuna asboblarini saralash va foydalanish qoidalari;
tozalash vositalarini, materiallarni, asbob-uskunalar va qurilmalarni ishlatish va saqlash qoidalari;
sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq yuvish va tozalash vositalarini hamda xonalarni tozalash qurilmalarini ishlatish texnologiyasi;
yuvish va zararsizlantirish vositalarining konsentratsiyasi va xavfsiz foydalanish qoidalari;
xavfsizlik talablariga muvofiq elektr jihozlaridan foydalanish qoidalari;
xonani tozalagandan keyin o‘z ishini qayta tekshirish;
mehmon jo‘nab ketgach, xonani tekshirish jarayoni;
mehnat muhofazasi, ishlab chiqarish sanitariyasi, mehmonxona va boshqa turdagi joylashtirish vositalarining xavfsizligi va yong‘in xavfsizligi talablari;
terrorizmga qarshi kurash va mehmonlar xavfsizligi qoidalari;
Ko‘nikmalar
mehmonxona va boshqa turdagi joylashtirish vositasilarining tasdiqlangan tartiblari va standartlarga muvofiq xonaning holatiga xonalar fondini tozalashni amalga oshirish;
xonani mehmonxona va boshqa turdagi joylashtirish vositalari standartlariga muvofiq jihozlash;
yotoq choyshablar va sochiqlar, sanitariya-gigiyena vositalari va boshqa sarf materiallarini tanlash va taxlash;
sanitariya normalari va qoidalari algoritmi/ko‘rsatmalariga muvofiq konsentratsiyalarda yuvish va zararsizlantiruvchi eritmalardan foydalanish;
elektr jihozlari, orgtexnika, maishiy texnika va xona jihozlarining ish holatini tekshirish;
sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq yuvish va tozalash vositalarini hamda xonalarni tozalash asbob-uskuna va qurilmalarini saqlanishini ta’minlash;
vaziyatga mos keladiagn kiyim va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish;
barcha dog‘larni hamda matraslarni bug‘generatori bilan nam tozalash ishlarini olib borish;
xonadagi gilam qoplamalari, mebellarni tozalash uchun kir yuvish vositalaridan foydalanish;
yuvish vositalarini tanlab, derazalar, vitrajlar, vintelyatsiya panjaralar hamda radiatorlarni tozalash;
xonalar fondidagi devorlar, shiftlardan chang va kirlarni olib tashlash;
mehmonlar ketgandan keyin xona fondi hujjatlarini yuritish.