Mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalarida har xil tozalash ishlarini bajarishda zarur bo‘lgan kompetensiyalarni shakllantirish, Housekeeping hodimi ish faoliyati ko‘nikmalari va texnologiyalarni
o‘zlashtirish.
O‘zlashtirish(o‘qitish)natijalari
ma’muriy-xo‘jalik hodimlarining kasbiy standartlari va lavozim vazifalarini amalga oshirish;
Housekeeping hodimining tozalash ishlari xavfsizligini ta’minlash;
Housekeeping hodimi ishini sanitariya-gigiyena talablari asosida tashkil etish;
ish jarayonida ishlatiladigan tozalash asbob-uskunalari materiallari bilan ishlash;
mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalarida xonalar fondini tozalashni tashkil etish ;
mehmonlarga xizmat ko‘rsatish jarayonida mehmondo‘stlik va
xizmat ko‘rsatish standartlariga rioya qilish.
Bilimlar
mehmonxona va boshqa turdagi joylashtirish vositasining xizmat ko‘rsatish standarti, lavozim vazifalari va professional standartlari;
mehmonxona va boshqa turdagi joylashtirish vositalari xizmatlarini ko‘rsatish nizomi va qoidalari;
mehmonxona va boshqa turdagi joylashtirish vositalarini
iste’molchilar/mijozlarni bilan kasbiy kompetensiya doirasida xorijiy tillarda muloqot qilish qoidalari;
shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish qoidalari;
mehmonxona va boshqa turdagi joylashtirish vositalaring sanitariya normalari va qoidalari va me’yorlariga muvofiq xonaning xolatiga qarab, xonalar fondini tozalash jarayonini tashkil qilish qoidalari, texnologiyalari va usullari;
kalitlardan foydalanish qoidalari;
ish jarayonida ishlatiladigan tozalash asbob-uskunalar, materiallar va ularning maqsadi;
ishda ishlatiladigan tozalash vositalari, materiallar va uskuna va asboblarini saralash va foydalanish qoidalari;
tozalash vositalarini, materiallarni, asbob-uskunalar va qurilmalarni ishlatish va saqlash qoidalari;
sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq yuvish va tozalash vositalarini hamda xonalarni tozalash qurilmalarini ishlatish texnologiyasi;
yuvish va zararsizlantirish vositalarining konsentratsiyasi va xavfsiz foydalanish qoidalari;
xonani dezinfeksiya qilish qoidalari;
xonada o‘zini tutishning asosiy qoidalari;
xavfsizlik talablariga muvofiq elektr jihozlaridan foydalanish qoidalari;
xonani tozalagandan keyin o‘z ishini qayta tekshirish;
mehmon jo‘nab ketgach, xonani tekshirish jarayoni;
mehnat muhofazasi, ishlab chiqarish sanitariyasi, mehmonxona va boshqa turdagi joylashtirish vositalarining xavfsizligi va yong‘in xavfsizligi talablari;
terrorizmga qarshi kurash va mehmonlar xavfsizligi qoidalari.