Foydalanish uchun adabiyotlar:
Innovasion ta’lim texnologiyalari / Muslimov N.A., Usmonboyeva M.H., Sayfurov D.M., To‘rayev A.B. – T.: “Sano standart” nashriyoti, 2015. – 150 b.
Yo‘ldoshev J.Gʻ., Usmonov S. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar. – T.: O‘qituvchi, 2004.
Ro‘ziyeva D., Usmonboyeva M., Holiqova Z. Interfaol metodlar: mohiyati va qo‘llanilishi / Met.qo‘ll. – T.: Nizomiy nomli DTPU, 2013. – 115 b.
Tolipov O‘., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tadbiqiy asoslari – T.: 2006. – 260 b.
MAVZU: SHAXSGA YO‘NALTIRILGAN TA’LIM TURLARI VA INNOVASION TA’LIM SHAKL, METOD VA VOSITALAR.
Reja:
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarining turlari.
Ta’limning innovasion shakllari.
Ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan innovasion metodlar.
Ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan innovasion vositalar.
Vebinar texnologiyalar va ularni ta’lim jarayonida qo‘llash. 6 O‘quv loyihalarini ishlab chiqish.
Talabalar portfoliolarini shakllantirish va amaliyotga tatbiq etish.
Tayanch tushunchalar: shaxs, ta’lim, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim va uning turlari, ta’limning innovasion shakllari, innovasion metodlar, innovasion vositalar, o‘quv loyihalari, portfolio, talabalar portfoliosi.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarining turlari. Globallashuv sharoitida ta’lim shaxsni har tomonlama voyaga yetkazish, unda komillik va malakali mutaxassisga xos sifatlarni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Bugungi tezkor davr talabalarni ham qisqa muddatda va asosli ma’lumotlar bilan qurollantirish, ular tomonidan turli fan asoslarini puxta o‘zlashtirilishi uchun zarur shart- sharoitlarni yaratishni taqozo etmoqda.
Zamonaviy sharoitda ta’lim jarayonining barcha imkoniyatlariga ko‘ra shaxsni rivojlantirish, ijtimoiylashtirish va unda mustaqil, tanqidiy, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalashga yo‘naltirilishi talab qilinmoqda. O‘zida ana shu imkoniyatlarni namoyon eta olgan ta’lim shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim deb nomlanadi.
Bu ta’lim o‘qitish muhitining talaba imkoniyatlariga moslashtirilishini nazarda tutadi. Unga ko‘ra ta’lim muhiti, pedagogik shart-sharoitlar, ta’lim hamda tarbiya jarayonini to‘laligicha talabaning shaxsiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, qobiliyatini rivojlantirish, shaxs sifatida kamolotga yetishini ta’minlash, tafakkuri va dunyoqarashini boyitishni nazarda tutadi.
Bu turdagi ta’lim talabalarda mustaqillik, tashabbuskorlik, javobgarlik kabi sifatlar, shuningdek, mustaqil, ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalashga xizmat qiladi. Bu turdagi ta’limni tashkil etishda pedagoglardan har bir talaba imkon qadar individual yondashishni, uning shaxsini hurmat qilishni, unga ishonch bildirish taqozo etiladi. Qolaversa, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim o‘qitish jarayonining ishtirokchilari pedagog-talaba yoki talaba-talaba, talaba-talabalar guruhi, talaba-talabalar jamoasi tarzida o‘zaro hamkorlikda bilim olish, shaxs sifatida kamol toptirish uchun qulay pedagogik sharoitni yaratish zaruriyatini ifodalaydi.
Pedagog ta’lim jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim turlaridan foydalanar ekan, bir qator shartlarga qat’iy rioya etishi kerak. Ushbu talablar quyidagilaran iborat:
har bir talabani alohida, o‘ziga xos shaxs sifatida ko‘ra olishi;
talabani hurmat qilishi;
talabaning ruhiy holatini to‘g‘ri baholay olishi;
talabaning xohish-istak, qiziqishlarini inobatga olishi;
har bir talabaga tolerant munosabatda bo‘lishi;
talabaning kuchi, imkoniyati va intilishlariga ishonch bildirishi;
har bir talaba uchun qulay ta’lim muhitini yaratishi;
talabalarning mustaqil yoki kichik guruhlarga erkin ishlashlari uchun imkoniyat yaratish;
talabalarni o‘z faoliyatlarini mustaqil nazorat qilish, faoliyati samaradorligini aniqlash, yutuqlarning omillari va yo‘l
qo‘yilgan xatolarning oqibatlarini tahlil qilish o‘rgatish;
ta’lim jarayonida hech bir talabaga tazyiq o‘tkazmaslik;
alohida talabaning kamchiliklarini bo‘rttirib ko‘rsatmaslik;
bordi-yu, talaba tomonidan bilimlarni o‘zlashtira olmaslik, ta’lim jarayonida o‘zini odobsiz tutish holati qayd etilsa, u holda
qat’iy xulosa chiqarmasdan, buning sabablarini aniqlash;
aniqlangan sabablar asosida talabaning sha’ni, g‘ururiga ziyon etkazmagan holda u tomonidan bilimlarni o‘zlashtira
olmaslik, o‘zini odobsiz tutish kabi holatlarni bartaraf etish;
ta’lim jarayonida har bir talaba uchun “muvaffaqiyat muhiti”ni yarata olish;
har bir talabaga ta’lim olisha muvaffaqiyatga erisha olishiga yordam berish;
talabaning qobiliyatini o‘stirish, shaxs sifatida rivojlanishiga yordam berish;
talabaning shaxsini emas, balki uning aniq xatti-harakatlarini baholashi;
pedagog sifatida har bir talabaning hurmati va ishonchini qozona olishi
zarur
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim talabani ta’lim tizimiga moslashtirishni emas, aksincha, uning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda har tomonlama rivojlanishi, shaxs sifatida kamolotga yetishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishni nazarda tutadi. Bu turagi ta’lim talabalarni o‘z-o‘zini rivojlantirishga, mustaqil bilim olishga, o‘zining ichki imkoniyatlari, qobiliyatlarini to‘la namoyon eta olishi, bilish faolligini oshirish uchun zarur sharoitni vujudga keltirishi zarur. Talabalar shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida o‘quv materialini o‘zlashtirishga ijodiy, tanqidiy yonashishni, yangi g‘oyalarni ilgari surish, ularni asoslash, o‘z fikrini himoya qilish, muammoli vaziyatlarda samarali yechimni topish ko‘nikma, malakalarini o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Pedagog tomonidan ta’lim jarayonida innovasion xarakterga ega turli faol metodlarning qo‘llanilishi talabalarni rivojlantirish, qobiliyatlarini yanada o‘stirishga xizmat qiladi. Xususan:
- muammoli izlanish;
- kichik tadqiqotlarni olib borish;
- debat;
- bahs-munozara;
- evristik suhbat;
- kichik guruhlarda ishlash va b.
Mashg‘ulotlarini tashkil etishda pedagoglar o‘quv axborotlarining talabalar bilim, ko‘nikma, malaka va tajribalariga tayangan holda ularni qiziqtira oladigan, fikrlashga, ijodiy yondashishga undaydigan imkoniyatga ega bo‘lishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratishlari zarur.
Ta’lim jarayonida pedagoglar tomonidan:
turli shakl, myetod, vosita va texnologiyalardan samarali, maqsadli foydalanish;
o‘quv topshiriqlarini bajarishda talabalarga usullarni mustaqil tanlash imkonini berish;
talabani juftlikda, kichik guruhda va jamoada ishlashini ta’minlash;
mashg‘ulotlarning loyihalashtirilishiga e’tiborning qaratilishi nafaqat o‘qitish sifatini yaxshilayi, samaradorligini oshiradi,
Eng muhimi pedagoglar o‘quv mashg‘ulotlarining nafaqat axborot berish, balki rivojlantirish xarakteriga ega bo‘lishlariga e’tiborni qaratishlari zarur. Shuningdek, muhokama qilinayotgan masala, muammo, o‘rganilayotgan mavzu yuzasidan talabalarning mustaqil fikr bildirishlari (noto‘g‘ri bo‘lsa-da, fikr bilirishlari)ga imkon berish, nima bo‘lganda ham ularni o‘ylashga, fikrlashga undash shaxsga yo‘natirilgan ta’limga xos muhim belgilardan biri sanaladi.
Ta’lim jarayonida quyidagilardan foydalanish shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning yana bir belgisidir:
- ijodiy topshiriqlar;
- kreativ yondashishni taqozo etuvchi vazifalar;
- muammoli vaziyatlar;
- rolli va ishbilarmonlik o‘yinlari;
- bahs-munozara, debat;
- musobaqa ko‘rinishidagi bellashuvlar
Ayni vaqtda shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning quyidagi turlari farqlanmoqda (10-rasm):
Do'stlaringiz bilan baham: |