O‘ng va chap qo‘l barmoqlari uchlarini mos holda birlashtirish – diqqatni jamlash, masalaga jiddiy yondashish.
Oyoqlarni, shuningdek, qo‘llarni ko‘krak oldida chaltishtirish yoki o‘ng va chap qo‘l barmoqlarini bir-biriga bog‘lash – suhbatdoshga nisbatan yopiqlik, ehtiyotkorlik.
Qo‘l kaftlarini bir-biriga ishqash, oyoq tovonlarini ko‘targan holda qimirlatib turish – asabiylik, bezovtalik, norozilik.
Yelkaga qoqib qo‘yish – ruhiy yaqinlik, dalda berish.
Qo‘lni mahkam siqish – do‘stlik, hamkorlikni ifodalash.
Qo‘l uchida salomlashish – yoqtirmaslik, yomon ko‘rish, jirkanish.
Boshni silab qo‘yish – erkalatish, yoqtirish.
Labni yalash – yolg‘on gapirish, qo‘rquv.
Labni tishlash – hijolat bo‘lish, uyalish.
M.Snayderning “Muloqot jarayonida o‘z-o‘zini nazorat qilish” nomli testi asosida tinglovchilarning kommunikativlik kompetentligiga egaliklarini aniqlash.
“Muloqot jarayonida o‘z-o‘zini nazorat qilish” (M. Snayder testi)
Ko‘rsatma: quyida berilgan holatlarni diqqat bilan qayta o‘rganib chiqing. Ularning har biriga bo‘lgan mulohazalaringizni “to‘g‘ri” (T) yoki “noto‘g‘ri” (NT) mazmundagi javoblar bilan belgilang va maqbul variantlarni doira ichiga oling.
-
Holatlar
|
1
|
0
|
Menimcha, boshqalarning xatti-xarakatlariga taqlid qilish juda
qiyin
|
NT
|
T
|
Boshqalar e’tiborini tortish yoki ularni kuldirish uchun jinnilik
qilishim mumkin
|
T
|
NT
|
Mendan yomon aktyor chiqmagan bo‘lardi
|
T
|
NT
|
Mening holatim boshqalarga, garchi unday bo‘lmasa-da, nima haqidadir
chuqur qayg‘urayotgandek taassurot qoldiradi
|
T
|
NT
|
Men do‘stlar davrasida kamdan kam e’tibor markazida bo‘laman
|
NT
|
T
|
Turli xil insonlar bilan muloqotda men o‘zimni turlicha tutaman
|
T
|
NT
|
Men faqat o‘zim qattiq ishongan yoki yaxshi bilgan narsalar to‘g‘risida
|
NT
|
T
| -
baxslashishim mumkin
|
|
|
Ishda va atrofgilar bilan muloqotda men o‘zimni ular xohlaganday
tutaman yoki shunday bo‘lishga xarakat qilaman
|
T
|
NT
|
Men o‘zim yoqtirmaydigan kishilar bilan ham do‘stona munosabatda bo‘la
olaman
|
T
|
NT
|
Men qanday bo‘lsam shundayman
|
T
|
NT
|
Natijalarni hisoblash: 1) birinchi ustunda doiraga olingan harflarni hisoblab chiqing (ularning har biri 1 ballga teng), natija Sizning yakuniy ballingizdir; 2) to‘plangan ballar tahliliga kirishing.
Ballar miqdori quyidagilarni anglatadi:
0-3 ball – Siz kirishimli emassiz, aksincha, cho‘rstkesarsiz va bundan faxrlanasiz. Siz biror kimsa yoki biror narsaga moslasha olmaysiz. Biroq, muloqot jarayonida muloyim va ochiqko‘ngilsiz. Ko‘pchilik Sizni shuning uchun yaxshi ko‘radi. Ayrimlar sizni “qo‘rs” inson deb biladilar. Bu o‘quvchilar bilan ishlashda noqulayliklar tug‘dirishi mumkin,
4-6 ball – Siz o‘rtacha darajada muloqot qilish layoqatiga egasiz. Muloqot chog‘ida yetarlicha samimiy bo‘la olasiz va aytadigan so‘zlaringizni obdon o‘ylaysiz. Odatda muloqot jarayonida Siz uchun muammolar tug‘ilmaydi.
7-10 ball – Sizda muloqotni yuqori darajada nazorat qila olasiz va “Butun dunyo – teatr, insonlar esa – aktyorlar” degan fikrga to‘la qo‘shilasiz. Vaziyat o‘zgarishini xotirjamlik qabul qilasiz va atrofdagilarga ko‘rsatadigan ta’siringizni yaxshi his qilasiz. Ba’zan jo‘rttaga shunday qilasiz. Siz o‘zingizni qachon va qayerda qanday tutishni juda yaxshi bilasiz. Kasbiy muloqot siz uchun muammo emas, ammo gap chuqur munosabatlar haqida ketganda, Siz o‘zingizni odatiy niqoblaringizsiz noqulay sezasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |