4.Auditorlikhisobot(xulosasi)iningelementlari XAS-700 “Moliyaviy hisobotlar bo’yicha auditorlik xulosalari”da shunday deyiladi: “Auditor moliyaviy hisobotlar haqidagi fikrlarini bildirish uchun asos sifatida olingan auditorlik dallillarni tahlil qilishi va xulosalarni baholashi lozim”. Auditorlik xulosasi umumiy moliyaviy hisobotlar haqida aniq bildirilgan yozma fikrni ifodalashi kerak.
Auditorlik xulosalari ushbu bo'limda batafsilroq muhokama qilinadigan quyidagi asosiy elementlarni o'z ichiga olishi kerak:
Auditorlik hisoboti (xulosasi) mazkur hisobot (xulosa) mustaqil auditorning hisoboti (xulosasi) hisoblanishini aniq ko'rsatadigan nomga ega bo'lishi lozim.
Adresat (oluvchi)
Auditorlik hisoboti (xulosasi) kelishuv shartlariga muvofiq tegishli adresat ko'rsati1gan holda tuzilishi lozim. Xulosa qoidaga ko'ra kompaniyaning yoki aktsionerlarning yoxud kuzatuv kengashiga yo direktorlar kengashiga yuboriladi. Nederlandiyaga o'xshash ayrim mamlakatlarda auditorlik hisobotlari umuman ko'rib chiqilmaydi, chunki hisobotlar (anonim holda) butunlay jamoatchilikka mo'1jallangan.
Kirish paragraf
Auditorlik hisoboti (xulosasi)ning kirish paragrafida:
Audit qaysi tadbirkorlik sub’ektining moliyaviy hisobotlari bo'yicha o’tkazilganligini qayd etish;
Mazkur moliyaviy hisobotlar bo'yicha audit o’tkazilganini qayd etish;
(v) Moliyaviy hisobotlar tarkibiga kiruvchi har bir hisobot nomini qayd etish;
(g) Hisob siyosati asosiy qoidalarining qisqacha tavsifga va boshqa sharhlovchi izohlarga havola etish; va
Moliyaviy hisobotlarni hosil qiluvchi har bir moliyaviy hisobotda aks ettirilgan sana yoki davr aniq ko'rsatilishi lozim.
Tadbirkor1ik sub’ekti rahbariyatining moliyaviy hisobotlarni tayyorlash uchun javobgarligi
Masalan, “Biz AVS kompaniyasining 31dekabr 2013 yil holatiga ilova qilingan buxgalteriya balansi, shuningdek, tugayotgan yil uchun daromadlar va pul mab1ag'1ari harakati haqidagi tegishli hisobotlar auditini o’tkazdik. Ushbu moliyaviy hisobotlar bo’yicha javobgarlik Kompaniya rahbariyati zimmasida. Bizning majburiyatlarimiz, o’tkazilgan auditimiz asosida ushbu moliyaviy hisobot ishonchliligi haqida o'z fikrlarimizni bildirish hisoblanadi”.
Shuningdek, xulosada tadbirkorlik sub’ekti rahbariyatining moliyaviy hisobotlarni tayyorlash uchun javobgarligi ham aks etadi. Auditorlik hisoboti (xulosasi)ning mazkur qismida tadbirkorlik sub’ektida moliyaviy hisobotlarni tayyorlash uchun javobgar bo'1gan shaxslarning majburiyatlari tavsiflanadi. Auditorlik hisoboti (xulosasi)da faqat “tadbirkorlik sub'ekti rahbariyati”ga havola etish kerak emas, muayyan yurisdiktsiyaning me'yoriy-huquqiy bazasi kontekstiga mos keladigan atama ishlatilishi lozim. Ayrim yurisdiktsiyalarda tegishli havola boshqaruv yuklatilgan shaxslarga qaratilishi mumkin. Auditorlik hisoboti (xulosasi) “Tadbirkorlik sub’ekti [yoki boshqa mos keladigan atama] rahbariyatining moliyaviy hisobotlarni tayyorlash uchun javobgarligi” degan sarlavhali qismni o'z ichiga olishi lozim.
Auditorlik hisoboti (xulosasi)da tadbirkorlik sub'ekti rahbariyatining moliyaviy hisobotlarni tayyorlash uchun javobgarligi tavsiflanishi lozim. Tavsif tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati moliyaviy hisobotlarni moliyaviy hisobotlar taqdim etish uchun qo'11aniladigan asosiga muvofiq tayyorlash va tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati firibgarlik yoki xato tufayli yuzaga kelgan muhim buzib ko'rsatishlar mavjud bo'1magan moliyaviy hisobotlarni tayyorlash uchun zarur deb hisoblagan ichki nazorat tizimini ta'minlash uchun javobgar bo’lishi to’g'risida tushuntirishni o'z ichiga olishi lozim.
Agar moliyaviy hisobotlar haqqoniy taqdim etish asosiga muvofiq tayyorlangan bo'1sa, auditorlik hisoboti (xulosasi)da tadbirkorlik sub’ekti rahbariyatining moliyaviy hisobotlarni tayyorlash uchun javobgarligi tavsifi, vaziyatga qarab, “mazkur moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va haqqoniy taqdim etish” yoki “to’g'ri va haqqoniy tasavvur beradigan moliyaviy hisobotlarni tayyorlash”ga havola etishi lozim.
Auditorning javobgarligi. Auditorlik hisoboti (xulosasi) “Auditorning javobgarligi” degan sarlavhali qismni ham o'z ichiga olishi lozim. Auditorlik hisoboti (xulosasi)da auditorning javobgarligi u moliyaviy hisobotlar bo’yicha o'zi o’tkazgan audit asosida o'z fikrini bildirishidan iborat ekanligi ko’rsatib o’tilishi lozim.
Qayd etish qismi. Auditining ushbu holatda zarur deb hisoblanuvchi auditorlik protseduralarini bajarish qobilyatiga taalluqli. Qayd etish xatboshisi o'zida auditor tekshiruv davomida qilgan ishlarni haqiqiy tasdig'ini ko’rsatadi. Bu o’quvchiga audit o'rnati1gan standartlar yoki bunday majburiyatlar uchun amaliyotlarga mos o'tkazi1ganligiga ishonch tug’diradi.
Qayd etish xatboshisi, audit moliyaviy hisobotlarda jiddiy xatoliklar yo’qligiga etarlicha ishonch hosil qilish uchun o'tkazilgani va o'tkazi1gan audit o'z fikrini bildirishi uchun etarlicha asos berishini isbotlash uchun rejalashtirilgan va o’tkazilganligi haqidagi bayonnomani o'z ichiga olishi zarur. Bunday iboralardan yoki shunga o’xshash rasmiyatchiliklardan foydalanish audit ishonchliligining yuqori darajasini ta'min1ashini bildiradi, lekin bu kafolat hisoblanmaydi.
Hisobotda auditda mamlakatda o'rnati1ga auditning xalqaro standartlariga (MSA) suyangan holda o’tkazilganligi borasida foydalanilgan standartlar ko'rsati1ishi kerak. Masalan, agar kompaniya AQSh fond birjalarida savdo qilsa, audit bo'yicha auditning umum qabul qilingan standartlari, AQShda umum qabul qilingan standartlar yoki AICPA o'rnati1gan standartlarga nisbatan havolalar bo'1ishini talab qiladi.
Fikrning mazmuni aks etgan xatboshi. Auditorlik hisoboti (xulosasi) “Fikr” degan sarlavhali qism bo'1ib, unda haqqoniy taqdim etish asosiga muvofiq tayyorlangan moliyaviy hisobotlar bo'yicha modifikatsiyalanmagan fikr bildirishda auditorning fikrida (agar qonunchilik yoki me'yoriy hujjatlarda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'1sa) teng (ekvivalent) deb baholanadigan quyidagi iboralardan biri qo'1lani1ishi lozim:
Moliyaviy hisobotlar barcha muhim jihatlarda, [moliyaviy hisobotlarni taqdim etish uchun qo'1laniladigan asos]ga muvofiq haqqoniy taqdim etadi; yoki
Moliyaviy hisobotlar ... [moliyaviy hisobotlarni taqdim etish uchun qo'11aniladigan asos]ga muvofiq to’g’ri va haqqoniy tasavvur beradi. Muvofiqlik asosi talablariga binoan tayyorlangan moliyaviy hisobotlar bo’yicha modifikatsiyalanmagan fikr bildirishda auditorning fikrida moliyaviy hisobotlar barcha muhim jihatlarda [moliyaviy hisobotlarni taqdim etish uchun qo'llani1adigan asos]ga muvofiq tayyorlangani ko'rsatilishi lozim.
Xulosa sanasi. Xulosaga sana qo'yi1ishi lozim. Auditor xulosaga audit tugagan kun sanasini qo'yishi kerak (qoidaga ko'ra, topshiriqning oxirgi kuni). Bu o’quvchilarga hodisalarni moliyaviy hisobotga ta'sir1arini ko’rib chiqishdava hodisalar yoki bitimlar natijasi bo’yicha auditorga bu sanagacha nimalar ro'y berganligi haqida axborot beradi. Auditorlik xulosalari rahbariyat tomonidan tayyorlangan va taqdim etilgan moliyaviy hisobotni tekshirish natijasi hisoblanadi, auditor xulosasiga rahbariyat tomonidan moliyaviy hisobot imzolangan yoki tasdiqlangan sanadan avvalgi sanani qo’yishi kerak emas.
Auditorning manzili
Hisobotda auditorning ofisi joylashgan va u mijozlarga xizmat ko’rsatadigan aniq joy, shahar aytilishi kerak. Auditning umum qabul qilingan standartlari ham auditor auditorlik xulosasi berilgan shahar yoki shtatni (auditor AQShdan tashqarida bo'lsa, shahar va mamlakatni) qo'shishni talab qiladi. Eslatma: ayrim mamlakatlarda tekshiruv haqidagi hisobotda auditorning aniq manzili ko'rsatish shart emas.
Imzo
Hisobot auditorlik firmasi nomidan yoki auditorning shaxsan nomidan yoki vaziyatga ko'ra, ikkalasining nomidan imzolanishi lozim. Auditor hisoboti, odatda, firma nomidan imzolanadi, chunki firma audit uchun javobgarlikni o'z zimmasiga oladi. Eslatma: Ayrim mamlakatlarda (masalan AQSh, Buyuk Britaniya, Nederlandiya) hozirda auditorlarning shaxsiy imzosi talab qilinmaydi. Ularni havola sifatida qo'shib qo’yilishi etarli.