Respublikasi oliy va o'rta maxsus


Asosiy vositalar kirimiga doir



Download 5,65 Mb.
bet90/287
Sana21.07.2022
Hajmi5,65 Mb.
#834915
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   287
Bog'liq
Аудит УМК 19.09.2019

Asosiy vositalar kirimiga doir muomalalarni hujjatlashtirish, schyotlarda aks ettirishning to’g’riligini tekshirish.

Asosiy vositalar kirimini hisobga olishning to’g’riligini tekshirishdan maqsad sotib olingan asosiy vositalar hisobda to’g'ri aks ettirilganligini va foydalanishga topshirilgan ob’ektlarning real qiymatini ifodalashini tasdiqlashdan iborat.
Tekshiruvning ushbu bosqichida quyidagi amallarni bajarish zarur:

    • sotib olingan asosiy vositalar ob'ekt1arining ro’yxatini (miqdori va qiymati ko'rsatilgan holda) olish, olingan ma'1umotlarni 0110-0190 schyotlarning debet oborotlari bilan taqqoslash;

    • yangidan sotib olingan asosiy vositalar ob'ektlarining jismonan mavjudligi va dastlabki hujjatlarini tekshirish;

    • foydalanishga topshirilgan asosiy vositalar ob’ektlarining qiymati buxgalteriya hisobi schyotlarida tegishli tarzda aks ettirilganligini aniqlash;

    • soliq qonunchiligining tegishli qoidalariga rioya qilinganligini aniqlash;

    • hisobot davri davomida asosiy vositalar katta miqdorda kirim qilingan hollarda eski qurilmalar qiymati hisobdan o’chirilganligini.

Asosiy vositalar kirimini auditorlik tekshiruvidan o'tkazishni boshlashda dastlabki hujjatlar, ularning belgilangan qoidalarga muvofiq rasmiylashtirilganligi nuqtai nazaridan shaklan tekshiruvdan o'tkazilishi zarur.
Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish (korxona ichidagi harakati) dalolatnomalaridagi ma'lumot1arga asosan 0110-0190schyotlar debeti bo'yicha kirimiga olingan asosiy vositaning manbai aniqlanadi: Ustav kapitaliga hissa sifatida (4610 schyot krediti) kapital qo’yilmalar tarkibida puli to'lanib sotib olingan yoki qurib bitkazilganda (0810, 0820 va 0890 schyotlarning krediti), asosiy podaga qabul qilingan mollar qiymati (0840 schyot krediti), tekinga olingan asosiy vositalar qo'shilgan kapital tarkibiga kirimga olinganda (8530 schyotning krediti) va h. k.
So'ngra ko'rsati1gan muomalalarni buxgalteriya hisobining schyotlarida aks ettirilish tartibi tekshiriladi.
Tekinga olingan asosiy vositalar ob'ektlarini hisobga olish bo'yicha muomalalarni aks ettirish tartibi O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq komitetining tegishli me'yoriy hujjatlarida belgilangan.
2003 yil 1 yanvardan iqtisodning nodavlat sektoridagi korxonalar uchun bepul (tekin) olingan asosiy vositalar qiymatiga korxona qo’shilgan kapitali (8530-schyot krediti) ko’paytirilib kirimga olinadi. (Dt 0110-0190, Kt 8530) va ular qiymati soliqqa tortiladigan bazaga qo’shiladi. Auditor soliqqa tortiladigan foydaning miqdorini aniqlash hisob-kitobi bilan tanishishi va bepul olingan mulklar qiymati soliqqa tortish maqsadida soliqqa tortiladigan foydaga qo’shilganligiga ishonch hosil qilishi lozim.
Auditor yana shuni nazarda tutish kerakki, O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi va O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq komitetining 1995 yil 5 sentyabrdagi 92/72 son xatiga muvofiq ustav kapitali 100 foiz davlat mulkidan iborat bo'1gan korxonalar va tashkilotlarning ichki tizimida o'zaro bir - biriga o'tkazishi natijasida tekinga olingan asosiy vositalar qo’shimcha daromad deb hisoblanmaydi va natijada ularning qiymati foyda (daromad) so1ig'i bazasiga qo'shilib, soliqqa tortilmaydi.
Bulardan tashqari, auditor inventarizatsiya o’tkazish natijasida asosiy vositalar tarkibida hisobda turgan inventar va xo’jalik ashyolari aniqlanib, ularni inventar va xo’jalik ashyolari (1080 schyot) qatoriga o'tkazilganining to’g’ri1igini ham tekshirishi zarur. Bundan dastlabki qiymatiga (Debet 1080 schyot va kredit 0110-0199 schyot), hisoblangan eskirish summasiga provodkalar to’g’ri tuzilganligiga alohida e'tibor berish zarur.
Puli to'1anib sotib olingan, zamonaviylashtirilgan va texnikaviy jihozlangan asosiy vositalar bo'yicha korxona bir vaqtning o'zida kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni ta'minlash maqsadida ularning moliyalashtirish manbalarini sof foyda, o'tgan yildagi taqsimlanmagan foyda, zahira kapitalini aks ettirish lozim.
Auditor korxonada sotib olingan avtomobillarining to’g’ri rasmiylashtirilganligi, transport vositalarini sotib olganlik uchun to'1anadigan soliqning aniq hisoblanganligi va o'z vaqtida byudjetga o’tkazib berilganligini, to'1angan soliq summasining sotib olingan avtomobil dastlabki qiymatiga qo'shi1ganligini tekshirishi lozim. Agar dastlabki hujjat shubha uyg'otsa, ushbu muomalani amalga oshirish uchun javobgar shaxslardan yozma ravishda tushuntirish xati olinadi va qarama - qarshi tekshiruv o'tkaziladi.
Korxona tomonidan transport vositalari sotib olinganlik uchun to'1angan soliq to’g’risida soliq nazoratiga o'z vaqtida ma'1umotnoma berilganligiga ishonch hosil qilish lozim.
Agar korxonada asosiy vositalarni jismoniy shaxslardan sotib olish hollari uchrasa, auditor bunga alohida e'tibor berishi lozim. Bunday muomalalar yozma ravishda tuzilgan, oldi-sotdi shartnomasi bilan sotuvchining pasport ma'lumot1ari ko'rsati1ib rasmiylashtiriladi. Jismoniy shaxsdan, unga shaxsiy mulk huquqi bo’yicha tegishli bo'1gan vositalar (uy, dala hovli, avtomobil, garaj va boshqa mulklar) sotib olinganda, unga to’lanadigan summadan belgilangan tartibda byudjetga daromad so1ig'i ushlash kerak. Shu bilan birga ushbu jismoniy shaxsga to'1anishi lozim bo'lgan summani o'z vaqtida to'1ash uchun bankdan xo'jalik kassasiga pu1 olinganligi va kassadan o'z vaqtida va to'1iq berilganligi ham tekshirilishi zarur.
Korxona sotuvchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi-sharifi va doimiy yashash joyini
ko'rsatib, oldi - sottining summasi va ushlangan soliq summasi haqida soliq inspektsiyasiga xabar qilishi lozim. Agar jismoniy shaxs tadbirkor sifatida ro’yxatga olingan bo'lsa, (litsenziyasi bo’lsa) undan asosiy vosita sotib olinganda daromad solig'i ushlanmaydi.
Ishlab chiqarishga mo'ljallangan asosiy vositalarni sotib olish va ularning dastlabki

Download 5,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish