Respublikasi oliy va o'rta maxsus



Download 5,65 Mb.
bet85/287
Sana21.07.2022
Hajmi5,65 Mb.
#834915
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   287
Bog'liq
Аудит УМК 19.09.2019

5. Auditorlik xulosasining turlari tavsifi
705 sonli AXSda modifikatsiyalangan fikming uch shakli, xususan, qo’shimcha izohlar bilan fikr, salbiy fikr va fikr bildirishdan bosh tortish belgilanadi. Vaziyatga mos keladigan modifikatsiyalangan fikr shaklini aniqlash quyidagilarga bog'liq bo’ladi:

  1. Fikrni modifikatsiyalashni talab qilgan masalaning xususiyatiga, ya'ni moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko'rsatishlar bor-yo'qligiga yoki, etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish mumkin bo'1magan holda, moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko’rsatishlar bo'1ishi mumkinligi yoki mumkin emasligiga; va

  2. Mazkur masalaning moliyaviy hisobotlarga ta'siri keng qamrovliligi yoki uning ta'sir ko'rsatish ehtimoli to’g’risida auditorning mulohazasiga

Auditorning maqsadi quyidagi hollarda talab etiladigan moliyaviy hisobotlar bo’yicha modifikatsiyalangan fikrni tegishli ravishda aniq ifodalashdan iborat:

  • Olingan auditorlik dalillari asosida auditor moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko'rsatishlar mavjud degan xulosaga kelgan bo’lsa;

  • Auditor unga moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko'rsatish1ar mavjud emas degan xulosaga kelish imkonini beradigan etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega bo'lmasa.

Auditorlik fikrini modifikatsiyalash shaklini aniqlash
Qo’shimcha izohlar bilan fikr bildirish
Auditor quyidagi hollarda fikrni qo’shimcha izohlar bilan ifodalashi lozim:

  • Etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olgach, auditor buzib ko'rsatishlar alohida- alohida yoki jamuljam holda moliyaviy hisobotlar uchun muhim hisoblanadi, lekin ular keng

qamrovli emas, degan xulosaga kelgan bo'lsa;

  • Auditor o'ziga fikr hosil qilish imkonini beradigan etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega bo'1masa, biroq u topilmagan buzib ko'rsatishlar (agar ular mavjud bo’lsa) moliyaviy hisobotlarga ko’rsatishi mumkin bo'lgan ta'siri muhim bo'lishi mumkin, lekin keng qamrovli bo'lishi mumkin emas, degan xulosaga kelgan bo'1sa.

Salbiy fikr bildirish
Auditor, agar u etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olgach, buzib ko'rsatish1ar alohida- alohida yoki jamuljam holda moliyaviy hisobotlar uchun ham muhim, ham keng qamrovli hisoblanadi, degan xulosaga kelgan bo’lsa, salbiy fikr bildirishi lozim.
Fikr bildirishdan bosh tortish
Auditor, agar u o'ziga fikr hosil qilish imkonini beradigan etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega bo'lmasa va topilmagan buzib ko'rsatish1ar (agar ular mavjud bo'lsa) moliyaviy hisobotlarga ko'rsatishi mumkin bo'lgan ta'siri ham muhim, ham keng qamrovli bo'lishi mumkin, degan xulosaga kelgan bo'lsa, fikr bildirishdan bosh tortishi lozim. Shuningdek, agar auditor (ko'p sonli noaniqliklardan iborat bo'1gan kamdan-kam hollarda) noaniqlikning har bir jihati xususida etarlicha tegishli dalillar olinganiga qaramay, noaniqlik jihatlarining potentsial o'zaro aloqasi va ular jamuljam holda moliyaviy hisobotlarga ta'sir ko’rsatishi mumkinligi tufayli moliyaviy hisobotlar bo’yicha fikrni hosil qilish mumkin emas, degan xulosaga kelgan bo'1sa ham, fikr bildirishdan bosh tortishi lozim.
Auditor kelishuvni qabul qilganidan keyin tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati tomonidan cheklashlar belgilangani tufayli etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish mumkin emasligi oqibatlari
Agar auditor kelishuvni qabul qilganidan keyin tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati audit ko'lamiga cheklashlar belgilaganidan xabar topgan bo'lsa va ular auditor fikriga ko'ra, moliyaviy hisobotlar bo'yicha qo’shimcha izohlar bilan fikr bildirish yoki fikr bildirishdan bosh tortishni talab qilishi mumkin bo'1sa, auditor tadbirkorlik sub'ekti rahbariyatidan cheklashni olib tashlashni so’rashi lozim.
Bordiyu, tadbirkorlik sub'ekti rahbariyati ko’rsatilgan cheklashni olib tashlashdan bosh tortgan bo'1sa, auditor, boshqaruv yuklatilgan shaxslarning barchasi tadbirkorlik sub’ektining rahbariyati bo'lib ham ishlaydigan hollarni istisno qilganda, bu haqda boshqaruv yuklatilgan shaxslarni 260 sonli AXSga muvofiq xabardor qilishi 7 va etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish uchun muqobil tartib-taomillarni bajarish mumkinligi yoki mumkin emasligini hal etishi lozim.
Agar auditor etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega bo'1masa, u buning oqibatlarini quyidagicha aniqlashi mumkin: birinchidan, auditor topilmagan buzib ko'rsatishlar (agar ular mavjud bo'1sa) moliyaviy hisobotlarga ko’rsatishi mumkin bo'1gan ta'sir muhim bo’lishi mumkin, lekin keng qamrovli bo'lishi mumkin emas, degan xulosaga kelgan bo’lsa, auditor qo'shimcha izohlar bilan fikr bildirishi lozim, ikkinchidan, topilmagan buzib ko’rsatishlar (agar ular mavjud bo'1sa) moliyaviy hisobotlarga ko’rsatishi mumkin bo'1gan ta'siri shu darajada ham muhim, ham keng qamrovli bo'lishi mumkinki, qo'shimcha izohlar bilan fikr bildirish vaziyatning jiddiyligini ko’rsatish uchun etarli bo'1mas1igi mumkin, degan xulosaga kelgan bo'1sa auditni o’tkazishdan bosh tortishi yoki moliyaviy hisobotlar bo’yicha fikr bildirishdan bosh tortishi kerak.
Agar auditor, yuqorida nazarda tutilgandek, auditni o'tkazishdan bosh tortayotgan bo'lsa, bunday qilishdan oldin auditor auditni o’tkazish jarayonida aniqlangan, fikrni modifikatsiyalash
talab etilishiga sabab bo’lgan har qanday masalalar to’g’risida boshqaruv yuklatilgan shaxslarni xabardor qilishi maqsadga muvofiq.

Download 5,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish