XODIMLARNING SHAXSIY GIGIYENIYASIGA SANITARIYA TALABLARI
Umumiy ovqatlanish korxonalariga ishga kiruvchilar albatta tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari kerak. Gigiyena tayyor- garligi bo‘yicha kurs o‘tib, zachyot topshirishlari lozim. Tibbiyot ko‘rigi natijalarini va sanitariya minimumi bo‘yi- cha zachyot topshirganlik haqida hujjat berilmasa, ishga qo‘yilmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash va- zirligining «Mehnatkashlarni ishga kirishdan oldin va dav- riy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tizimini takomilashtirish to‘g‘risida»gi 2000- yil 6- iyun 300- sonli qarori bilan bu ishlar amalga oshiriladi.
Umumiy ovqatlanish korxonalari xodimlari quyidagi shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishlari kerak:
Ishga toza kiyim va poyafzalda kelish.
Ustki kiyimlar, bosh kiyim, ortiqcha narsalarni kiyim yechish joyida qoldirish.
Tirnoqlar toza olingan bo‘lishi.
Ishga tushish oldidan qo‘lni sovunlab toza yuvish, top- toza sanitar kiyimini kiyish, sochlarni bosh kiyim ostiga yoki maxsus to‘r ichiga olish.
Hojatxonaga kirish oldidan sanitar kiyimlarni maxsus belgilangan joyda yechib qoldirish, hojatdan chiqgach, qo‘lni sovunda, yaxshisi dezinfeksiya sovunida tozalab yuvish.
Shamollash alomatlari yoki ichak disfunksiyasi sezilsa, shuningdek, kesilgan, kuygan, yiringlagan joylar bo‘lsa, ma’muriyatga ma’lum qilish va tibbiyot muassasalariga murojaat qilib davolash.
Xodim oila a’zolari orasida ichak infeksiyasi bilan og‘riyotganlar bo‘lsa, tezda xabar berish.
Umumiy ovqatlanish korxonalarida quyidagilar qat’iyan taqiqlanadi:
taom, kulinar va qandolat mahsulotlari tayyorlashda zargarlik buyumlarini taqish, tirnoqlarni lak bilan bo‘yash, kiyimlarni to‘g‘nog‘ich bilan qadash;
ishchi joyida ovqatlanish, chekish, faqat belgilangan joydagina ovqatlanish va chekish mumkin.
7 1
Har kuni smena ishi boshlanishidan oldin sovuq, issiq, qandolat va boshqa sexlarda sex boshlig‘i yoki tibbiy xodim ishga kelganlarning hammasini ko‘zdan kechiradi. Badanning ko‘rinadigan qismida kesilgan, kuygan, yiringlagan joylari bo‘lsa, bu xodimlar sexlarga ishga qo‘yilmaydi, boshqaciga o‘tkaziladi.
Tekshirishnatijalarinibelgilanganshakldagi jurnalga yoziladi, har bir korxona, muassasada birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun dori-darmonlar solingan aptechka bo‘lishi shart.
O‘rta-maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlari, oliy o‘quv yurt- lari talabalari amaliyot mashg‘ulotlarini o‘tkazishdan oldin tibbiyot tekshiruvidan o‘tadilar va sanitariya minimumi bo‘yicha zachyot topshiradilar.
Chilangarlar, elektr montyorlar, ishlab chiqarishda band bo‘lgan boshqa ishchilar sexlarda ishlaganda toza sanitar kiyimida bo‘lishlari lozim. Ish anjomlari qopqog‘i yopiq qutilarda bo‘lishi, ish jarayonida xomashyo, chala tayyor mahsulotlar va tayyor taomlarga zarar yetmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |