Rezьba profili asbob kesuvchi qismining shakliga bog’liq. Ko’pincha tsilindrsimon uchburchakli rezьbalar qo’llaniladi (2-rasm, a). Uni mahkamlash detallariga (gayka, bolt, shpilьka, vint va b.) kesiladi.
Konussimon uchburchakli rezьba detallarni jips biriktirish imkonini beradi. Bunday rezьbalar konusli tiqinlarda, ba’zan moyquygichlarda uchraydi.
To’g’ri burchakli rezьbaning profili to’g’ri burchak shakliga ega (2-rasm, b). Uni tayyorlash texnologiyasi murakkab va mustahkamligi chegaralangan. SHuning uchun undan kamdan-kam foydalaniladi.
Trapetseidal tasmali rezьbaning kesimi trapetsiya ko’rinishida bo’lib, profil burchagi 30 ga teng (2-rasm, v). Bunday rezьbaning ishqalanish koeffitsienti kam, uni katta kuchlanishdagi harakatlarni uzatish uchun metall kesish dastgohi, domkrat va presslarda qo’llaniladi. Trapetseidal rezьbalarning asosiy elementlari standartlashtirilgan.
Tirak rezьbalari asosan o’q bo’yicha bir tomonga yo’nalgan katta kuch bilan yuklangan vintlarda, masalan, domkrat, iskanja va boshqalarning vintlarida ishlatiladi (2-rasm, g). Uning profili mustahkam, profil burchagi 30.
|
Yumaloq rezьbalar ikki yoyning uchinchi aylana yoyi bilan tugashuvidan hosil bo’lgan aylanasimon profilga ega, profil burchagi 30 (2-rasm, d). Mashinasozlikda bunday rezьbalar kam ishlatiladi. Ular uncha katta bo’lmagan bosim ostida ishlash uchun mo’ljallangan bo’lib, suv-gaz quvurlarida va ularni biriktiruvchi elementlar-fitinglarda ishlatiladi. Bir kirimli rezьbalarning vint chiziqlari kichik ko’tarilish burchagiga ega bo’lgani uchun ular katta ishqalanishga duch keladi. Bundan tashqari, ularning foydali ish koeffitsienti ko’p kirimli rezbaga
qaraganda bir muncha kam.
|
Ko’p kirimli rezьbalarda ko’tarilish burchagi bir kirimliga nisbatan katta.
Mashinasozlikda uch xil-metrik, dyuymli va quvur rezьbalar ishlatiladi.
|
Metrik rezьbaning uchlari tekis kesilgan uchburchak profilli bo’lib, burchagi 60 ga teng; rezьbaning diametri va qadami millimetrlarda ifodalanadi (3-rasm, a). Ular normal (tashqi diametrlar uchi 1-68 mm) va mayda (tashqi diametrlar uchun 1-60 mm) qadamli turlarga bo’linadi. Normal qadamli merik rezьbani, masalan, M20 (raqam- rezьbaning tashqi diametri), mayda qadamli rezьbani M20X1,5 (birinchi son-tashqi
diametr, ikkinchi son-rezьba qadami) tarzda belgilanadi.
|
Metrik rezьbalar. Asosan, mahkamlash detallariga xos (bolt, gayka, shpilьka, vint), mayda qadamligi esa kichik kuchlanishlar va nozik sozlash ishlarida qo’llaniladi.
Dyuymli rezьbaning profili tekis kesilgan uchburchak bo’lib, burchagi 55 ga teng (3- rasm, b, g). Rezьbaning hamma o’lchamlari dyuymlar, qadami bir dyuymga to’g’ri kelgan o’ramlar soni bilan ifodalanadi.
Hozirda dyuymli rezьbalar ishlab chiqarilmaydi, ishlab chiqarilsa ham ularni xorijdan
keltirilgan mashina va mexanizmlardagina foydalanish mumkin.
Har qanday rezьba o’zining quyidagi asosiy elementlari: profili, profilning burchagi va balandligi; qadami; rezьbaning tashqi, o’rta va ichki diametrlari bilan farqlanadi.
Dyuymli rezьbalarning 316 dan 4 gacha bo’lgan diametrlari standartlashtirilgan. Rezьba profilini vint yoki gaykaning o’qi bo’ylab kesilganda ko’rish mumkin. Uning chiviqqa bir marta to’liq o’ralishini rezьba ipi yoki o’ram deb ataladi.
|
Rezьba qadami orasida hosil bo’lgan burchak-profil burchagidir. Metrik rezьbada bu burchak 60, dyuymli rezьbada 55 ni tashkil qiladi.
Profil asosi bilan uning uchigacha bo’lgan oraliqni rezьbaning balandligi yoki chuqurligi (N1) deb ataladi. Yonma-yon joylashgan ikki o’ramning rezьba o’qi bo’ylab o’lchangan uzunligi rezьbaning qadami deb ataladi.
Metrik rezьbalarda qadam millimetrlarda, dyuymli rezьbalarda esa bir dyuymga to’g’ri kelgan rezьba «ip»lari soni
bilan ifodalanadi.
|
Rezьbaning tashqi diametri (d) rezьbali sirtga tutashgan rezьba kesilmagan tsilindrsimon chiviq diametridir. Boltlarda tashqi diametr rezьba profilining uchidan, gayka esa chuqurchadan o’lchanadi.
Rezьbaning ichki diametri (d1) deb tsilindrning rezьbali sirti diametriga aytiladi. Boltlarda ichki diametrlar rezьba chuqurchasidan, gaykalarda esa rezьba profilining uchidan o’lchanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |